Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 30.91 Kb.
bet7/8
Sana24.02.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1226492
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI

Al-Balxiy. O'rta asrlar O'rta Osiyo kartografiyasiga doir nodir yodgorliklardan biri balxlik geograf olim Abu Zayd Ahmad ibn Saxl al-Balxiyning (850 yilda tavallud topgan) „Islom atlasi" hisoblanadi. Sharqshunoslaming taxminlariga ko'ra, „Islom atlasi" somoniylar davlatining alohida viloyatlanning chizma tasvirlaridan tashkil topgan. Faqatgina X asrga kelib al-Istahriy va ibn Havqal tomonidan biroz zamonaviylashtirilgan.
Mahmud Qoshg'ariy. O'rta Osiyoning eng sharqida — Issiqko'l va Qoshg'arda yashagan, umrining ko'p yillarida „Rumdan Chingacha" — O'rta yer dengizi bo'ylaridan Xitoygacha bo'lgan mamlakatlarni kezgan, qabilalar va ularning tilini o'rgangan olim Mahmud Qoshg'ariy bo'lib, u „Devonu lug'otit turk" asariga doiraviy dunyo kartasini ilova qilgan.
Ushbu kartani chet el olimlaridan K.Miller va A.German, sho'rolar davrida I.Krachkovskiy, I.Umnyakov, S.Umurzakov va boshqalar o'rganganlar. H.Hasanov tadqiqotlari „Devonu lug'otit turk"ga ilova qilingan dunyo kartasining muallifi ham Qoshg'a-riyning o'zi ekanligini isbot etdi. Qoshg'ariy kartasi doira shaklida bo'lib, hozirgi yarimsharga to'g'ri keladi. Kartaning arabcha bosma nusxasining diametri 24 sm, o'zbekcha nusxasiniki 18 sm.
Najib Bakron. Xurosonlik olim Muhammad ibn Najib Bakron o'z davrining o'qimishli kishisi bo'lib, geografiya, astrologiya va kartalar tuzish san'atini puxta egallagan, tarix va tibbiyotdan xabardor olim sanalgan. 1209 yilda dunyo kartasini tuzib, unga „Jahonnoma" asarini ilova qilgan. „Jahonnoma"ni va kartani tuzishda Najib Bakron, asosan yozma manbalardan, chunonchi: Xurdodbeh, Istahriy, Nasriddin Tusiy kitoblaridan, Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xisravning asarlaridan foydalangan.
Afsuski, mualliming noyob kartasi yo'qolib ketgan. Hozir uning „Jahonnoma" nomli sharhi izohigina mavjuddir.
"Jahonnoma" matnida 600 tagacha joyning nomi tilga olingan, lekin kartaning o'zida bundan ham ko'proq bo'lsa kerak.
Banokatiy. XIV asr boshidagi ijodiy mehnati bilan shuhrat qozongan shoir, tarixchi va geograf olim Fahriddin Abu Sulaymon Banokatiy 1317 yilda umumiy tarix va geografiyadan asar yozib qoldirgan. Asarning to'liq nomi „Ravzat ulul al-bob fi tavorix al-akobir va ansob" („Ulug' kishilarning tarixi va nasabi bobida donishmandlar bog'i") deb atalib, ko'pincha „Tarixi Banokatiy" nomi bilan yuritiladi. Shu kitobning geografiyaga taalluqli 7-bobida Hindiston, Armaniston, Eron, Rum, Xitoy, mo'g'ul, arab va yahudiy yerlarining ta'rifi berilgan. Unda iqlimlar sxemasi ham berilgani bilan ahamiyatlidir.
Hofizi Abru (1362-1431 yillar) 1414 yilda Hirot hokimi Shohruhga arabcha yozilgan geografiya kitobini taqdim qilgan. Bu „Kitob al-masolikvaal-mamolik" („Yo'llar va mamlakatlar") kitobi edi.
Shohruh Hofizi Abruga bu kitobni fors tiliga tarjima qilishni buyurgan. Hofizi Abru tarjima jarayonida unga o'zining ko'rgan-bilganlarini va boshqa kitoblardan o'qiganlarini ham qo'shgan, shu tarzda yangi bir asar yaratgan va unga „Zubdat at-tavorix" („Tarixlar qaymog'i") deya nom bergan.
Hofizi Abruning bu asari ilmiy geografik asar bo'lib ajoyib kartografik merosning katta ahamiyati bilan alohida ajralib turadi. Asarda har bir geografik matnning oxiriga surat ilova qilingan („surat" so'zi qadimga lug'atlarda chizma, karta, sxema, tasvir deb tushuntirilgan).
Suratlar ichida eng qimmatlisi, shubhasiz, dunyo kartasidir. Dunyo kartasining muhim tomonlaridan biri gradus to'g'ri chizilganligidir. Kartaning o'lchami 34-45 santimetr bo'lib, kitoblarga ilova qilingan. Kartalar ichida bunchalik katta sharq kartasi kamdan kam uchraydi. Asarning Britaniya muzeyidagi nusxasida 46 ta nom, Toshkentdagi nusxasida esa 62 ta nom yozilgan.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling