Tarixiy ma’lumotlar
Download 485.97 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilvosita
7.2-Metrologik o‘lchash Metrologiya -o„lchovlar, ularning yagona birlikda bo„lishini ta‟minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo„llari haqidagi fan; Demak metrologiya o„lchash haqidagi fan ekan. O„lchash deb berilgan kattalikni shartli ravishda birlik deb qabul qilingan boshqa bir kattalik bilan taqqoslab bilish jarayoniga aytiladi Q = U g bu erda Q – o„lchaniladigan kattalik, U – o„lchaniladigan kattalikda qancha birlik borligini ko„rsatadigan son g – o„lchov birligi O„lchanadigan kattalikni o„lchov birligi bilan taqqoslash uchun qo„llaniladigan asbob o„lchov asbobi deb ataladi. Texnologik jarayonlarning barcha parametrlari Xalqaro birliklar sistemasi SI ( 0 K, 0 S, M, kg / sek , m 2 / sek , n / m 2 , kg / sm 2 va boshq) bo„yicha o„zlarining birliklariga ega. O„lchov asboblarining tekshiruvi deb, uning ko„rsatmalarini o„lchovlardagi xatoliklarni aniqlash uchun ishlab chiqariladigan yanada aniqroq bo„lgan asbob ko„rsatmalari bilan solishtiriladi. O„lchaniladigan kattalikning qiymati sonini aniqlash uchun o„lchovlarning bevosita va bilvosita usullaridan foydalaniladi. Bevosita - o„lchovlar o„lchaniladigan kattalikni o„lchov asboblarining o„lchamlari yoki ko„rsatmalari (tarozi, xajm o„lchash schyotchiklari va bosh) bilan bevosita taqqoslashga asoslangan. Masalan: uzunlikni-metr bilan va bosimni – manometr bilan o„lchash usullari bevosita usul deyiladi. Bevosita o„lchovlarning quyidagi asosiy usullari mavjud: bevosita aniqlash usullari, kompensatsion (nol) va differensial (farqlash) usuli. Bevosita aniqlash usuli bilan o„lchaniladigan kattalikning miqdori to„g„ridan-to„g„ri asbobning chiqish kattaligiga aylanadi va asbob bevosita o„lchaniladigan kattalikning miqdorini ko„rsatadi. Kompensatsion (nol) usuli deb noma‟lum o„lchaniladigan kattalikni ma‟lum kattalik bilan solishtirishga aytiladi. O„lchaniladigan kattalikning miqdori tenglashtiriladigan (ma‟lum) kattalik qiymatiga teng muvozanatda bo„ladi. Bunday asboblar qatoriga potensiometrlar, kuchli kompensatsiyali asboblar va mayinli tarozilar kiradi. Differensial (farqlash) usuli shundan iboratki, asbob yordamida o„lchanadigan va qandaydir bir ma‟lum kattalik o„rtasidagi farq aniqlanadi. Undan so„ng o„lchanadigan kattalik ma‟lum kattalik qiymati va olingan farqni algebraik ko„paytirish yo„li bilan aniqlanadi. Bilvosita – bunday usul bilan noma‟lum kattalik Q bevosita emas, balki o„zi funksional bog„lanish bilan bog„langan boshqa bir yoki bir necha kattaliklarni (A,V,S, .......) to„g„ridan-to„g„ri o„lchash yo„li bilan aniqlanadi. Bunda o„lchanadigan kattalik quyidagi formula bo„yicha hisoblab chiqiladi Q=f (A,B,C,…) Masalan: bakdagi suyuqlik miqdori sathga ko„ra O„lchov asboblari deb o„lchanadigan kattalikni o„lchov birligi bilan bevosita yoki bilvosita taqqoslash uchun xizmat qiladigan qurilmaga aytiladi. Download 485.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling