Tarixiy ma’lumotlar


-O‘lchov asboblarining asosiy elementlari


Download 485.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.12.2022
Hajmi485.97 Kb.
#1038611
1   2   3   4   5
Bog'liq
o\'lchash

7.3-O‘lchov asboblarining asosiy elementlari 
O‘lchov asboblarining asosiy elementlari - sezgir element yordamida 
bevosita o„lchovni amalga oshiradigan o„lchov mexanizmi va hisoblagich 
qurilmadan (o„zi yozadigan va umumiy yig„indisini ko„rsatadigan) iborat. 
SHkaladagi belgilar graduirovka deb ataladi, miqdoriy belgilar esa 
shkalaning raqamlanishi deb ataladi. O„lchov birliklarida ifodalangan shkalaning 
eng kichik bo„linmasi – shkala bo„linish bahosi (qiymati) deb ataladi. SHkalaning 
boshlang„ich va oxirgi belgisini asbobning quyi va yuqori o„lchov chegarasi yoki 
shkala diapazoni belgilaydi. 
Bir korpusga ega asbob ko„pincha mahalliy asbob bo„ladi, bir necha 
korpusdan iborat asbob esa – ko„rsatgichni masofadan uzatadigan hisoblanadi. 
Ko„rsatgichni masofadan uzatadigan o„lchov qurilmasi birlamchi va ikkilamchi 
asbobdan iborat. Birlamchi asbobda komplektning qabul qilib oluvchi qismi 
o„lchov punktida o„rnatiladigan sezgir elementdan iborat. Ikkilamchi asbob 
birlamchi asbobdan qabul qilib hisoblagich qurilmaning tegishli bo„limiga 
o„tkazgan signalni qayta o„zgartirib, o„lchanadigan kattalikning ko„rsatgichini 
beradi. 


Masofadan 
o„lchashda birlamchi asboblar birlamchi o„zgartirgich 
(datchiklar) bilan ta‟minlanadilar, bu datchiklar o„lchanadigan kattalikni 
proporsional ravishda pnevmatik yoki elektr signaliga aylantirib beradilar. 
O‘lchov asboblarining sifati - o„lchovning aniqligi, sezgirligi va tezkorligi 
bilan xarakterlanadi. 
O‘lchov asbobining aniqligi uning ko„rsatmalarining ishonchligi bilan 
belgilanadi, ya‟ni o„lchov natijalari o„lchanadigan kattalikning amaldagi 
qiymatidan qanchalik farq qilishi bilan. 
Asbobning sezgirligi - deb uning o„lchanadigan kattalikdagi uncha katta 
bo„lmagan o„zgarishlariga nisbatan javob berish xususiyatiga aytiladi. Asbobning 
sezuvchanligini ko„rsatkich (strelka)ning chiziqli yoki burchakli, siljishining, 
o„lchanadigan kattalikda ushbu siljish tufaylshi sodir bo„lgan o„zgarishiga nisbati 
orqali ifodalash mumkin. 
S =
ΔA
Δl
ili, S =
ΔA
Δ

bu shuni anglatadiki, o„lchov asbobida o„lchanadigan kattalikning chetga 
og„ishi qanchalik kam qayd etilsa, uning sezuvchanligi shunchalik yuqori bo„ladi. 

Download 485.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling