O`qitishning suggestopedik konsepsiyasi
Yuksak eslab qolishga olib keluvchi, jonlantirish holatida hissiy ta'sir ko`rsatishga asoslanadi. U verbal va noverbal, suggetitsiya (ta'sir ko`rsatish) tashqi va ichki vositalaridan kompleks foydalanishni ko`zda tutadi. Konsepsiyani amalga oshirish o`qitishning alohida psixologik-pedagogik sharoitlarini ko`zda tutadi.
O`qituvchi uchun bu quyidagilarni bildiradi:
Yuksak obro`ni: mashhurlik, o`qishdagi muvaffaqiyatlari, yuksak sifatlari va boshqalar.
Infantilizatsiya – ishonchlilik vaziyati, bunda o`quvchi o`zini o`qituvchining o`rniga qo`yayotgandek bo`ladi.
Yangi materialni berishda ikki ko`rinishlik: mazmun, ma'no beruvchi har bir so`z zarur bo`lgan mos ohangda, imo-ishora, mimika bilan aytiladi.
O`quvchi uchun quyidagilar zarur:
O`qish masalalarini amalga oshirishga ishonchni yuzaga keltirish;
intellektning ulkan imkoniyatlari fikrini uqtirish psixologik qulay sharoitlari hisobiga doimiy ijobiy emotsional qo`llab turish, fanni o`rganishda muvaffaqiyatlarni namoyish qilish va boshqalar. XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.
Informatsion inqilob tushunchasi - Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o‘rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan.
Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to‘plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi. O‘z yozuviga ega bo‘lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari, Xitoy kabilarni keltirish mumkin. Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o‘tish alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |