Tarixiy memoriy obidalarning geometrik tahlili reja


Download 260.45 Kb.
bet1/2
Sana26.09.2023
Hajmi260.45 Kb.
#1688014
  1   2
Bog'liq
Tarixiy memoriy obidalarning geometrik tahlili


Tarixiy memoriy obidalarning geometrik tahlili
REJA:

  1. Tarixiy obidala
  2. Ichon-Qal’a haqida ma’lumot

3. Pahlavon mahmud haqida ma’lumot
Tarixiy obidalar – ma'naviyatimiz ko'zgusi O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent, Qo'qon, Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.
Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.
Bugungi kunda mamlakatimizda etti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro'yxatiga kiritildi.
Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihat bo'lishga xizmat qilmoqda.
>Masjid 1920 yillargacha musulmonlarning eng sevimli maskaniga aylangan. Bu masjidda Buxoro madrasalarini tamomlab kelgan mudarrislar, ulamolar dars berganlar, namozxonlarga shariat va tariqat yo'llaridan sabok berganlar, ularni halollik va poklikka, tinchlik va osoyishtalikka da'vat etganlar. Birok, o'sha mustabid sovet tuzumi boshlangandan keyin mullalar, namozxonlar qatagon kilindi. Masjidlar yopib qo'yildi. Biri "quloq", biri "Xalq dushmani", biri "Ruxoniy", biri "Bosmachi", deb ayblangan xalqimiz masjidlarga borishdan uzoqlashdilar. Urush yillarida esa boshqa masjidlar kabi Oqmasjid xam omborxonaga aylantirildi. Sayyid ota qabrlari xam, masjid xam qarovsiz qolib, ko'rimsiz bir joyga aylanib qolgan edi. 1980 yillar atrofida xam namozxonlar kommunistik mafkura siyosatchilaridan qo'rqa-pisa masjidga kelib-ketar edilar. 1981 yil 1 sentyabrda tuman markazidagi Shayx Gadoy Selkin masjidining faoliyat ko'rsatishiga ruxsat berildi. Shu jumladan, Oqmasjidga xam.
Shundan so'ng din peshvolari, namozxonlar hashar uyushtirib, darhol obodonlashtrish ishlarini boshlab yuborishdi. 2003 yil 5 sentyabr kuni Oqmasjidning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Masjid yana faoliyat yurita boshladi.
Bugungi kunda Xatirchi tumanini o'zining mahobatli ko'rinishi bilan bezab turgan bu masjid kishilarni ezgulikka chorlab, namozxonlarga sharoit yaratib bermoqda.
O'tmishimizni avaylash, tarixiy obidalarni e'zozlash, asori-atiqalarni, qolaversa, xalqimizning buyuk o'tmishi, yashayotgan ijtimoiy hayoti va kelajagi bilan bevosita bog'liqdir. Bu xususiyatlar millatimiz va xalqimizning milliy qadriyati bo'lib, azaldan ularning qon-qoniga singib ketgan.
XII-XIV asr G’arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari, savdo-sotiqning rivojlanishi, fanlarning qayta uyg’onishiga tayyorgarlik ko’rish davri bo’lgan. Tabiatni fan sifatida o’rganishga va rivojlantirishga Forobiy (950), Abu Ali ibn Sino (980- 1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048) kabi allomalar katta xissa qo’shganlar. XII asr G’arbiy Yevropada Yevklid, Geron, Ptolemey, Galen, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlarning tabiatshunoslikka oid asarlari tarjima qilinib o’rganilgan. Shuning uchun bu asr "tarjima" asri deb atalgan. Chunonchi inson ongi taraqqiy etish natijasida fan-ma’daniyat shakllana bordi. Ishlab chiqarish, me’morchilik taraqqiy eta boshladi. Bular o’z o’rnida grafikaning asosiy turi hisoblangan chizmalarning mohiyatini orttira boshladi. Uy-joylar, qo’rg’onlar va boshqa inshootlarni qurish davrida birinchi chizmalar paydo bo’ldi. Dastlabki chizmalarda faqat bitta tasvir bo’lib, uni reja deb atashardi. Odatda, bu rejalarni to’g’ridan-to’g’ri qurilajak inshootlarning o’rniga, ya’ni yer sirtiga, haqiqiy kattaligi bilan bajariladi. Zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimiz, mutafakkir bobolarimizning ibratli hayoti va faoliyati, bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari bugun ham jahon ahlini hayratga solayotganini g’urur bilan ta’kidlash lozim. Masalan, Muhammad Muso al Xorazmiyning o’nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo’lib ilm-fan sohasiga joriy etgani va shu asosda aniq fanlar rivoji uchun o’z vaqtida mustahkam asos yaratgani umuminsoniy taraqqiyot rivojida qanday katta ahamiyatga ega bo’lganini barchamiz yaxshi bilamiz. Dizayn fani esa, XIX-asr badiiy madaniyatida favqulotda paydo bo’ldi. Chet elda XIX va XX-asrlar mobaynida shakllanib, u san’at to’lqinida, keyinchalik ilmiy-texnikada va bizning hayotimizga juda tez sur’atlar bilan yorib kirdi va loyihalash faoliyatida tahsirli va eng keng tarqalgan turlaridan biriga aylandi. O’zbekistonimizda shu vaqtga qadar «dizayn» tushunchasini nafis san’at asari, go’zal chizmalar, chiroyli geometrik shakllarda o’ymakorlik usulida jilo berib yasalgan xontaxtalar, badiiy naqshli, bezakli ustun, chiroyli o’ymakorli chovgun, go’zal kashtachi, mohir kulol, naqqosh kabilar bilan cheklanganlar. Dizayn tushunchasini xalqqa oson va yengil tushuntirish va uni anglatish uchun quyidagi termin va atamalardan foydalanganlar: “badiiy asar”, badiiy loyihalash jarayoni, “sanoat san’ati”, “texnik etsetika”. Muhandis dizaynerlar “rassomkontsruktor”, deyilgan.
Ichon-Qal’a haqida


“Xorazm noyob madaniyat, nafis san’at, yuksak ma’rifat, turmushning dono falsafasi va insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyot va sheriyat maskani, dunyoviy ilm o‘choqlaridan biri...
Xorazm vohasining tarixiy-madaniy merosi bevosita Xiva shahri bilan bog‘liqdir”.
Islom Karimov
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri, xalqaro sayyohlik markazlardan biri sanalgan Xiva bejiz ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Shahar hududida miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqli 122 dan ortiq arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalar saqlanib qolgan va ular Davlat muhofazasiga olingan.
Ayniqsa Xiva shahrining Ichan-Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri, me’moriy obidalari dunyoning eng qadimgi madaniy voha - Xorazmning tarixiy, madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘likdir.
Betakror Xiva shahri sharq xalqlarini qadimiy madaniyati beshigi bo‘lgan Xorazmning ko‘p asrlik me’moriy qurilish an’analarini meros qilib olgan Xorazm me’morlari san’ati va mehnatining ijodiy yakunidir.
Xiva shahri 1990 yil 12 dekabrda YuNESKOning Kanadada bo‘lib o‘tgan 14 sessiyasining maxsus qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Butun jahon merosi” sifatida ro‘yxatga olingan. 1997 yilda mamlakatimizning ikki azim va buyuk shahri Buxoro va Xivaning 2500 yillik yubileylari YuNESKO rahnamoligida dunyo miqyosida keng nishonlanishi bu shaharlarning butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolat beradi.
O‘zbekistonning eng ko‘hna muzeylaridan biri bo'lgan Xiva “Ichan-Qal’a” tarixiy me’moriy Davlat muzey-qo‘riqxonasi 26 ga maydonda joylashgan bo‘lib, “Ichan-Qal’a”ning ko‘hna devorlari bilan o‘ralgan.
Muzey – qo‘riqxona hududida 54 ta mangulikka daxldor tarixiy me’moriy obidalar, 360 xonadonda 2600 nafar aholi istiqomat qiladi.
Xiva Ichan-Qal’a tarixiy me’moriy Davlat muzey qo‘riqxona ekspozitsiyalari Ichan-Qal’a hududidagi tarixiy me’moriy obidalarda joylashgan.
1920 yil 27 aprelda Xiva Davlat muzey sifatida tashkil topgan. Bu dargoh 1924 yildan 1967 yilgacha Xorazm inqilobi tarixi muzeyi, 1967 yildan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xiva haqiqiy tarixiy me’moriy muzey–qo‘riqxona sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.
Muzey–qo‘riqxonaning 69 ta zalida joylashgan 14 ta mustaqil ekspozitsiya Xorazm va Xiva tarixining ma’lum bir davrlarini aks ettirib, uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini ochib beradi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Xiva shahrida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, “Ichan qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Shaharning eng pastki qatlamida topilgan ashyolar (sopol buyumlar va qalin paxsa devorlar) shundan dalolat beradi. Shahar devorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopol buyumlar va katta hajmdagi xom g‘ishtlar shaharni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi.


Download 260.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling