Tarixiy memoriy obidalarning geometrik tahlili reja


Download 260.45 Kb.
bet2/2
Sana26.09.2023
Hajmi260.45 Kb.
#1688014
1   2
Bog'liq
Tarixiy memoriy obidalarning geometrik tahlili

Pahlavon mahmud, Puryoyvaliy, Qitoli (1247, — 1326, Xiva) — shoir va mutafakkir. Futuvvat-juvonmardlik guruhining ulug peshvolaridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Postindoʻzlik, telpakdoʻzlik bilan shugʻullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga koʻra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan soʻng faqat ruboiy yozgan shoir P. M.dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi boʻlmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. P. M. shahar hunarmand kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-asrlar) tashkilotchisi, maʼnaviy rahnamosi boʻlgan. Koʻpchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shavqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf taʼlimotining nazariy gʻoyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari oʻzaro omuxta holda bayon qilingan. Unga koʻra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. P. M. moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularda „yor“, „doʻst“, „maʼshuqa“, „jonona“ kabi soʻzlar turli manolarda, soʻfiyona sheʼrlarida „xudo“ manosida keladi. P. M.ga nisbat beriladigan „Hazrati Paxlavon ruboiylari“ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
„Qomus ul-aʼlom“ (Sh. Somibek) va „Otashkadai Ozariy“ (L. Alibek) va „Haft-iqlim“ (A. Roziy) nomli asarlarda xabar berilishicha, P. M. „Kanz ul-haqoyiq“, („Haqiqatlar xa-zinasi“, 1303—04) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qoʻlyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida maʼlumotlar bor. Uning vasiyatiga koʻra, jasa-di oʻzining poʻstindoʻzlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi bilan maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari Toʻxtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

FOYDALANILG AN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Arxitekturaviy loyihalash asoslari. 0 ‘quv qo'llanma. TAQI: 2000.
2. Ахроров И, РемпельЛ. Резное штук Афрасиаба. 1971.
3. Bositxonov Z. Handasavjy naqshlaming yechimlari. Т., 2002.
Download 260.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling