Tarixiy taraqqiyot konsepsiyasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
108-113 (4)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali http://tadqiqotlar.uz/ 14-son_1-to’plam_May-2023 109 to'g'risidagi» savollarga ajratishni taklif qildi: «Tarixchilar - birinchi xil (ichki) savollarga javob beradilar, faylasuflar - ikkinchi («tarix to‘g‘risida»gi) savollarga javob beradilar». P. Gardiner ikkinchi xil savollarga quyidagilarni kiritdi: Tarixiy dalillarni qay tarzda bilamiz? «Tarix fanmi?», «Tarixiy bilim obyektivmi?», «Tarixiy nazariyalarning tabiati qanday?», «Tarix qonunlari mavjudmi?». Yevropada «Tarix falsafasi» faxrli o'rinni egallaydi. AQSHda oliy maktablardagi barcha jamiyatshunos o'qituvchilar falsafa fanlari doktori unvoniga ega. AQSH, Angliya, Germaniya va Fransiya tarixining nazariy masalalari bo^icha yuzlab nomdagi kitoblar mavjud. Ayniqsa, tarixiy bilimning mazmuni, chegaralari va imkoniyatlari bo'yicha munozaralar sezilarli o‘rin tutadi. Tarix fani XIX asrdan mustaqil fan sifatida yashab kelayotgan bo’lsada, uning nazariyasi hozirgacha to’la ishlab chiqilmagan va muntazam munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda. Ilmy – falsafiy adabiyotda haligacha bu muammo yakuniy xulosasini topgani yo’q. Bizning fikrimizcha bu munozara yana davom etaveradi. Tarix fanining nazariyasini atroflicha ilmiy – nazariy va falsafiy jhatdan atroflicha ishlab chiqilishi tarix fanidan ilmiy tadqiqotlarni olib borish jarayonida ijobiy natijalarga erishish uchun mustahkam zamin bo’ladi. Bu to’g’risida tadqiqotchi Borisnyov “Изучение теоретических проблем исторической науки, бесспорно, приобретает сейчас все более важное значение в практике подготовки кадров историков высшей квалификации.” 1 Ushbu tadqiqotchining bu fikriga qo’shilish mumkin, chunki tabiiyki, tarixiy tadqiqotlarning subyekti tarix fanidan yuqori saviyada ilmiy- nazariy bilimga ega bo’lishi shart. Qaysiki, tarix nazariyasida bo’shliq va mo’rtlikning mavjud bo’lishi tadqiqotchini ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga ta’sir qilishi ehtimoldan holi bo’lmaydi. Bizning fikrimizcha, tarix nazariyasi bo’yicha mavjud bo’lgan muammolar nazariyachilarning diqqat markazlarida bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Tarix nazariyasini tarixiy – falsafiy jihatdan tadqiq qilish uchun hozirgacha mavjud bo’lgan nazariyalarni qiyosiy tahlilini amalga oshirib, ulardagi umumiy tomonlarini hisobga olish o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq va tahlil qilish bo’lg’usi tadqiqotchi uchun ijobiy ahamiyatga ega bo’ladi. Novikovning bu to’g’risidagi fikri diqqatga sazovor: “Теоретическое знание трансформирует результаты, полученные на стадии эмпирического познания, в более глубокие обобщения, вскрывая сущности явлений первого, второго и т.д. порядков, закономерности возникновения, развития и изменения изучаемого объекта.” 2 Demak, nazariy bilimning sifat jihatdan yuqori darajada bo’lishi ilmiy tadqiqotni chuqur Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling