Tarixiy xotirasiz kelajak yo`Q


Download 1.1 Mb.
Sana03.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1149111
Bog'liq
Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q 1

TARIXIY XOTIRASIZ KELAJAK YO`Q

Reja:

  • 1. “Tarixiy xotirasiz – kelajak asarining yaratilishi, uning davrimiz uchun dolzarbligi”
  • 2. Shonli tariximizning yorqin davri Temuriylar davrining Turkiy xalqlar madaniyatiga ta`siri
  • 3. Turli davrlarda toptalgan turkiy qavmlarning ozodlik uchun harakatlari. Jadidlar.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o`zligini anglashga qiziqishi ortib bordi

Hozir O`zbekiston deb ataluvchi hudud, ya`ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.

  • Hozir O`zbekiston deb ataluvchi hudud, ya`ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
  • Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha ko`rku fayzini, mahobatini yo`qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me`morchilik va shaharsozlik san`ati yuksak bo`lganidan dalolat beradi

Ota-bobolarimizning asrlar davomida to`plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o`zida mujassam etgan bu nodir qo`lyozmalarni jiddiy o`rganish davri keldi.

Olimlarimiz tariximizning turli davrlariga doir risolalar yozishmoqda, tarixiy mavzuda yirik nasriy, nazmiy, sahna asarlari yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari ma`naviy qadriyatlarimizni keng targ`ib qilayotgani, suhbatlar, muloqotlarda fikrlar rang-barangligi paydo bo`layotgani diqqatga sazovor

O`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi, ma`naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo`q. O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur.

  • O`zbek xalqining tarixiy o`tmishi, o`zligi, ma`naviyati haqida gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda, yaxlit konsepsiya yo`q. O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbottalab bo`lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi zarur.

Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e`lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo`lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko`radi. O`z fikr-o`yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo`ladi.

  • Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e`lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli, ma`rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo`lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko`radi. O`z fikr-o`yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo`ladi.

XX asr boshidagi ma`rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O`sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni o`z haq-huquqlarini tanishga da`vat etganlari uchun birov maosh to`laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatta, yo`q! Ular o`t bilan o`ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo`ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da`vat etgan.

  • XX asr boshidagi ma`rifatchilik harakati haqida gapirgandim. O`sha harakatning namoyandalari boylik uchun, shon-shuhrat uchun maydonga chiqishdimi? Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvar Qori, Fitrat, Tavallolarga maktab ochganlari, xalqni o`z haq-huquqlarini tanishga da`vat etganlari uchun birov maosh to`laganmi? Birov ularga oylik berganmi? Albatta, yo`q! Ular o`t bilan o`ynashayotganlarini, istibdodga qarshi kurashayotganlari uchun ayovsiz jazolanishlarini oldindan yaxshi bilishgan. Bilaturib, ongli ravishda mana shu yo`ldan borganlar. Chunki, vijdonlari, iymonlari shunga da`vat etgan.

Kim bo`lishidan qat`i nazar, jamiyatning har bir a`zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo`ldan urish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.

  • Kim bo`lishidan qat`i nazar, jamiyatning har bir a`zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo`ldan urish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling