Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qdir1


«Tarixi jadidayi Toshkand»da Rossiya imperiyasi istilosi voqealari bayoni


Download 179.5 Kb.
bet4/6
Sana08.05.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1444093
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhammad Solih Xo\'ja Toshkendiyning tarixi jadidayi toshkand refera

2.2.«Tarixi jadidayi Toshkand»da Rossiya imperiyasi istilosi voqealari bayoni
«Tarixi jadidayi Toshkand»da Rossiya imperiyasi istilosi voqealari bayoni chog‘ida Qo‘qon, Xiyobon, Kirilmos, Beshog‘och va ko‘kcha darvozalari eng
ko‘p tilga olingan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Xiyobon va Qirilmos darvozasidan istilochilarning piyoda askarlari,ko‘kcha darvozasidan esa otliq askarlari bostirib kirgan.qo‘qon (Xuqand) darvozasi «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida Amir Temur davriga mansub deb ko‘rsatilgan Qiyot darvozasining keyingi davrdagi nomi bo‘lib, u qadimda Parkent (Farkat) darvozasi deb ham atalgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu nom Istaxriy keltirgan ro‘yxatda «Fargad» ko‘rinishida qayd etilgan. Xiyobon darvozasi nomi esa, rus sayohatchilari va arxiv xujjatlarida Kamolon shaklida uchraydi. Ushbu darvoza Abu9 Ubaydulloh Toshkandiyning «Xulosat ul-ahvol» hamda Avaz Muhammad Attorning «Tarixi jahonnamoyi» asarlarida ham Rossiya imperiyasi istilosidan oldingi voqealar bayonida Kamolon nomi bilan yuritilgan. Qirilmos darvozasi esa Amir Temur davri uchun Qatag‘on darvozasi deb tilga olingan. XIX asrning 60-yillari voqealarida esa Quymas kenagas va Qirilmos shaklida eslatilgan. Bu darvoza rus manbalarida tilga olingan «Koymas» darvozasi bilan aynan bir. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, bu darvoza yaqinida Quymas yoki Qirilmos nomli tepalik bo‘lgan. Keyinchalik Toshkent ruslar tomonidan bosib olingach, M.G. Chernyayev bo‘yrug‘i bilan tepalik devor bilan o‘rab qo‘rg‘on qilib olingan va «Tuproqdurron» nomini olgan. Asarda XIV asrga mansub darvozalardan Turk darvozasi ham tilga olingan bo‘lib, u keyingi davrlarda Oqqo‘rg‘on mavzeyiga yaqin yerda joylashgani uchun «Oqqo‘rg‘ondarvozasi» yoki Xitoyga olib boruvchi savdo yo‘lida joylashgani bois «Xitoy darvozasi» deb ham atalgan. Lekin ushbu darvoza yaqinidagi Turk mahallasi o‘z nomini keyinchalik ham saqlab qolgan. Qo‘qonxoni Muhammad Alixonning Qoshg‘ar yurishidan qaytishida, Anhorning chap sohiliga u bilan birga kelgan qoshg‘arliklarning joylashishi natijasida bu yerda Qoshg‘ariyon (Koshg‘arliklar) mahallasi yuzaga kelgan1. Turk ,Oqqo‘rg‘on, Xitoy nomi bilan yuritilgan darvoza esa Qoshg‘ar yoki Qashqar nomlari bilan atala boshlagan. Dahalar, mahallalar va mavzelar. Mudofaa devorining ichki qismi, ya‘ni shahar hududi bir necha mahallalarni o‘z ichiga olgan to‘rt dahadan iborat bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, to‘rt«daha» yoki «rukn» dastlab Toshkentda yashab o‘tgan Abu Bakr Kaffol Shoshiy (903 — 976), shayx Zayniddin (1214-?), Shayx Xovand Tahur (vaf.1359), Zangiota (vaf.1258) nomlari bilan atalgan. Keyinchalik
dahalar Sebzor,Ko‘kcha, Shayxontaxur va Beshyog‘och deb yuritila boshlangan. Dahalar ular bo‘ylab ketgan kichik ko‘chalar orqali ajralib to‘rgan. Har bir daha bir necha mahalla va mavzelarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular XIX asr ikkinchi yarmidan keng ilmiy tadqiq qilina boshlagan. «Tarixi jadidayi Toshkand»da turli voqealar bayoni bilan bevosita bog‘liq holda Balandmasjid, Orqako‘cha, Qor'atosh, Mergancha, Qatog‘terak, Qiyot, Qoryog‘di (Qorbordi), Zanjirlik,Xo‘ja Rushnoyi, Xo‘jako‘cha, Parchabof, Sanchiqmon, Hofiz Ko‘hakiy, Kallaxona, Chig‘atoy, Kamolon, So‘zukota, Yalangqari,Oqmasjid, Koshg‘ariyon, Yangi shahar, Ganjtepa, Oxungo‘zar, Hastimom, Taxtapul, Sarfaros, Chuqurko‘prik, Devonbegi, Murodali, AshtaqShohnishin, Havzbor, Qorato‘t, Chexlbuloq mahallalari hamda shahar tashqarisidagi Parvizshohi, Darvishak qofqa, Shurtepa, Oltintepa, Okdurron, Kuvaidtepa, Mirobod, Minor, Jarboshi, Qorakamish, MinguriqChilduxtaron, Chinobod, Sandukdik qo‘rg‘on va boshqa mavzelar, ayrim mahallalarning guzarlari hamda ulardagi inshootlar eslab o‘tilgan. Mahallalarning qaysi davrdan boshlab paydo bo‘lgani haqida aniq fikr aytish qiyin. Lekin, ularning qadimdan, Toshkentning turli davrlardagi rivojlanish bosqinchlarida yo‘zaga kelgani va ko‘payib borgani haqiqatdir. Jumladan, Chorsu mahallasi XI asrdan, shahardagi Obinazir mahallasi esa 600 yildan buyon mavjud bo‘lgan. Yoki Darvozakent mahallasi Muhammad Olim Siddiqiyning 1624 yilda yozilgan «Lamahot min nafahot ul-quds» asarida tilga olinadi10

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling