Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qdir1


Download 179.5 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1444093
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muhammad Solih Xo\'ja Toshkendiyning tarixi jadidayi toshkand refera

M U N D A R I J A :


Kirish…………………………………………………………………………


1.BOB.Muhammad Solihxo’ja va uning ’’Tarixi Jadidayi Toshkand’’asari
manba sifatida……………………………………………………………….
1.1 Muhammad Solihxo’janing “Tarixi Jadidayi Toshkand”asari va uning
umumiy mazmuni…………………………………………………………….
1.2.«Tarixi xulafoi Istanbo‘li» nomli asarda keltirilgan payg‘ambarlar va shohlar nasabnomasi haqida………………………………………………….
1.3 Muhammad Solihxo’janing “Tarixi Jadidayi Toshkand” asariga oid
manbalar………………………………………………………………………
2. BOB.Muhammad Solihxo’ja va uning ’’Tarixi Jadidayi Toshkand’’asarida
Toshkentning XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli……………………………
2.1 Muhammad Solihxo’janing’’Tarixi Jadidayi Toshkand’’asarida Toshkent
vohasi, aholisi, o’tmishi talqini…………………………………………………
2.2.«Tarixi jadidayi Toshkand»da Rossiya imperiyasi istilosi voqealari bayoni…………………………………………………………………………...
2.3.Muhammad Solihxo’ja va uning ’’Tarixi Jadidayi Toshkand’’asarida Toshkentning madaniy-ma’naviy hayoti to’g’risida……………………………
Xulosa ………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………..
Kirish

Biz milliy ma‘naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asossiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma‘naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta‘sir ko‘rsatadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin to‘tishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi‖.Ayniqsa bugungi rivojlangan XXI asrda milliy o‘zlikni anglash ayniqsa har bir xalq uchun eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Bunda ―milliy tarix‖ – asosiy qo’llanma bo‘lmog‘i kyerak deb o‘ylaymiz. Zyero, o‘zlikni anglash – o’z tarixini anglashdan boshlanadi.


Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘qdir1. O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va etnik tarixi G‘arb va Sharqning ko‘pab olimlari e‘tiborini tog‘tib kelgani bilan birga milliy qadriyatlar va an‘analarni o’zida mujassam qilgan ushbu tarix barkamol avlod tarbiyasida ham muxim ahamiyat kasb etishini ta‘kidlamoq zarur1.
Toshkent tarixining ma‘lum bir qismi o’tmishda yaratilgan tarixiy asarlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, ayni paytda mazkur manbalarning bir qismi hali ilmiy muomalaga kiritilmagan va ularni o‘rganish kun tartibidagi dolzarb mavzular qatorida turibdi. Muhammad Solihxo‘janing «Tarixi jadidayi Toshkand» asari ham hozirgacha to‘liq, o‘rganilmay kelayotgan Qo‘qon tarixnavisligiga mansub yirik tarixiy asardir. Mazko‘r asarning ilmiy qadr-qimmati shundaki, u bugungi kunda Toshkent tarixiga doir noyob tarixiy asarlardan biridir. Toshkent qadimdan O‘rta Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan shaharlardan biri bo‘lib, uning qadimgi va o‘rta asrlardagi tarixi arxeologik topilmalar hamda yozma manbalar asosida ancha yaxshi o‘rganilgan. Umuman olganda, Toshkent tarixi aks etgan yozma manbalar ikki ming yillik tarixga ega. Jumladan, mil. av. II asrga oid Xitoy manbalarida «Loyuni», «Yuni», «Chje-shi», «Shi» kabi nomlar bilan tilga olingan bo‘lsa, milodiy III asrga oid Xitoy solno-masida Shi hukmdorining Yaosha (daryosi) bo‘yidagi qarorgohi aylanasi 10 li (5 km) ekanligi qayd etiladi. Toshkent Sosoniylar (216-651) shahanshohi Shopur I (243-273) farmoni bilan 262 yilda yozil-gan «Zardusht ka‘basi»dagi bitiklarda hamda III —VII asrlar surdiy manbalarida va Turk hoqonligida zarb qilingan tangalardagi turkiy yozuvlarda «Choch» shaklida tilga olinadi. Toshkand degan nom birinchi bo‘libAbu Rayhon Beruniyning «Qonuni Ma‘sudiy» asarida, keyinroq Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lo‘g‘otit turk» asarida Shosh viloyatining poytaxti sifatida keltirilgan. Toshkentning keyingi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir ayrim ma‘lumotlar o‘sha davrlarda arab, fors va turkiy tillarda yaratilgan mahalliy manbalarda hamda O‘rta Osiyo xonliklarida va Toshkentda bo‘lgan sayohatchilarva o‘lka tadqiqotchilari asarlarida ham tadqiq etilmagan yoki to‘liq, ochib berilmaganligini ko‘rsatishimiz mumkin. Mazkur dissertatsiya ishida masalaning ana shu jihatlariga ham e‘tibor qaratilgan bo‘lib, u Muhammad Solihxo‘janing ―Tarixi jadidayi Toshkand asari va boshqa manbalardagi ma‘lumotlar asosida Toshkentning XIX asrdagi ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotini hamda o‘sha davrlardagi manzarasini tasavvur qilishimizga yordam beradi. Muhammad Solihxo‘ja hayoti va ijodi hamda uning «Tarixi jadidayi Toshkand» asari alohida tarixiy manba sifatida tadqiqetilmagan. Asar XIX asrning 40-yillarigacha fanga ma‘lum bo‘lmaganligi sababli O‘rta Osiyo tarixini yozma manbalar asosida o‘rganish qizg‘in pallaga kirgan XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi rus va Yevropa sharqshunoslari nazaridan chetda qolgan. Qo‘lyozma nusxalarining faqat Toshkentda mavjudligi ham uning keng doirada ilmiy muomalaga kiritilishini qiyinlashtirgan.

1.BOB.Muhammad Solihxo’ja va uning ’’Tarixi Jadidayi Toshkand’’asari



Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling