Tarixning antik falsafasi
Download 100.5 Kb.
|
TARIXNING ANTIK FALSAFASI
Korneliy Tatsit
Korneliy Tatsit (taxminan 54-120 yillar) bu davr eng mashxur tarixchilardandir. Zodagon suvoriy oilasidan chiqqan Tatsit yoshligida Britaniyada harbiy xizmatda bо`lgan. U mashhur lashkarboshi Yuliy Agrikolaning yaqin dо`sti bо`lgan. Imperator Domitsian Agrikolani qatl qildirgandan keyin unga homiylik qilgan Tatsit imperatorning qaxridan kо`r qilib bir necha vaqtgacha surgunda yurgan. Domitsian xalok bо`lgandan keyingina Tatsit Rimga qaytganidan sо`ng u senator bо`lib olib, magistraturada buyuk lavozimni egallab kelgan. Uning abadiy faoliyati ham ana shu davrga mansubdir. Tatsit eramizning 68 yilidan to 96 yiligacha bо`lgan davrni ichiga olgan “tarixlar” ni, Avgustning о`limidan (eramizning 14 - yili) Neronning xalokatigacha (eramizning 68 – yili) bо`lgan davrning “Yilnomalar”ini, shuningdek “Germaniya” nomli kichikroq asarini yozgan. Tatsit bu sо`nggi asarida german qabilalarining va Rim imperiyasi tuprog`idan tashqari yashagan boshqa Yevropa qabilalari va elatlarining etnografiyasini mufassal bayon qilgan. Tatsit о`z asarlarida ayniqsa “ Yilnoma” larida Rimning о`tmish respublika davrini kо`klarga kо`tarib maqtagan bо`lsa, о`z zamonasining siyosiy tartibini Yuliy – Klavdiylar sulolasidan bо`lgan imperatorning о`zboshimchaligi va istebdodini qattiq qoralab yozgan. F.Engels Tatsitni eski Rim patritsiylari tafakkurining sо`nggi namoyandasi degan edi. Tatsit siyosiy voqealarning borishini bayon qilar ekan, u о`zining bayon qiladigan materiallarini asl hujjatlar asosida sinchiklab о`rganib chiqqan “Yilnoma” larida keltirilgannutqlar ham obidalardagi yozuvlar va arxeologiya malumotlari bilan tasdiqlanadi. Tatsit asarlarining bir qismigina zamonamizgacha saqlanib kelgan. “Tarixlar”ining uchdan bir qismigina saqlangan “Yilnomalar”ini kо`p qismi saqlanmagan, shunday bо`lsada, Tatsitning tarixiy asarlari eramizning I asridagi Rim imperiyasi tarixi tо`g`risidagi tasavvurimizning negizini tashkil etadi. Ilk Xristianlik tarixi falsafasi. Xristian dunyoqarashining tasiri. Rim imperiyasi parchalanib, uning о`rnida о`rta asr G`arbiy Yevropa sivilizatsiyasi yuzaga kelgunga qadar о`ziga xos о`tish davri sodir bо`ldi. О`tish davrida yangi sivilizatsiya manaviyati va mafkurasi asoslari shakllandi. Eski dunyoning majusiy manaviyati uning dunyoqarashi va tafakkur tarzi Rim imperiyasi tanazzulga uchragan vaqtda mavjud bо`lgan ijtimoiy mafkuraviy va axloqiy muxitga zid kelganligi uchun turli elatlar va etnik guruxlardan tashkil topgan fuqarolar va qullarning manaviy madaniyatining yani sivilizatsiya kurtaklari bо`lgan xristian manaviyati, dunyoqarashi va falsafasiga о`z о`rnini bо`shatib berishi davr taqozosi bо`lishi bilan birgalikda uning shakllanishiga majusiy madaniyat va manaviyat ananalari qattiq qarshilik kо`rsatadi. Rim imperatorlari bu kurashda ijtimoiy siyosiy va manaviy – tashkiliy taqib qilish usullarini qо`lladilar. Sharqdan kelgan dinlarning tarqalishi imperiyaning о`zida turli bidatchi diniy yо`nalishlarning faoliyat kо`rsatishi manaviy va mafkuraviy vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Mana shunday sharoitda xristianlik inson va jamiyatni manaviy poklikka, ruhiy kamolotga olib boradigan talimot ekanligini asoslash shu talimotni ximoya qilish, yani apologik (yun. Oro logia – biron narsani yoki kimsani himoya qilish) tadbir kо`rish ehtiyoji tug`ildi. II va III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keldi. Apologetika sо`zining lug`aviy manosi himoya qiluvchi demakdir. YAni xristian diniy aqidalarini turli xujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatining xristianlikka nisbatan dushmanligini bartaraf qilishga intilishi bilan birgalikda о`zlarining asarida xristianlik talimotini asrashga qolaversa, Rim saltanatini oqlab bо`lmasligini kо`rsatishga harakat qildilar. Afinada Misrlik oilada tug`ilgan Kliment xristian falsafasini ishlab chiqishga harakat qilgan apologetlardan biridir. U platonizm va stoitsizmni chuqur о`rgangan, xristianlikni qabul qilganidan keyin ham falsafaga nisbatan hurmatini saqlagan. Uning fikricha yunon falsafasini xristianlik bilan shunday sog`lomlashtirish kerakki, undaki har bir odam xristian falsafasini qimmatini kо`ra olsin va yana shuni takidlaydiki, falsafa xristianlikka, xususan ilohiyot ilmiga muqaddima bо`lishi mumkin, xolos. Falsafani xristian etiqodiga nisbatan muqaddima ekanligi, deydi. Kliment, Iso Masihning о`zi tomonidan belgilangan insonlarni qutqarish uchun tanada mujassamlanib kelguniga qodir Iso Masih yahudiylarga qonun va ellinlarga falsafa berdi. Shu bilan xristian olamini qutqaruv ishiga tayyorladi. Xristian diniy-falsafiy taraqqiyotining yanada rivojlanishi bosqichi III-V asrlarga tо`g`ri keldi. Bu davrda rivojlangan patristikada (patristikaning lug`aviy manosi “ota”ni anglatib, bu nom kо`pincha xurmat manosida harbiy yepiskoplarga berilgan) о`zgacha g`oyaviy va mafkuraviy vazifalar turgan edi. Patristika davrida xristian ilohiyotini tartiblashga xarakat qilgan cherkov otalari tomonidan ikki sobor Ilkiy (325 – yil) va xalkidan (451- yil) oralig`ida birinchi muxim asarlar yozildi. Sharqda ulardan biri Ioan Zlotust (347-407) dir. G`arbda esa cherkovning eng yirik otasi Avreliy Avgustin bо`lib, muqaddas (Blajenniy) deb nom olgan edi (354 – 430). Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling