Tarixning antik falsafasi


Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri


Download 100.5 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1505376
1   2   3   4   5
Bog'liq
TARIXNING ANTIK FALSAFASI

Avgustin va uning talimotida xristian dining tasiri
Avgustin shimoliy Afrikada joylashgan Numidiya viloyatining Tagosta shahrida rimlik amaldor oilasida tug`ilgan. Otasi majusiy bо`lib, onasi xristianlikni qabul qilgan. U lotin tilini puxta egallaydi. Avgustin adabiy merosini 100 ga yaqin kitob, 500 vaznasi – xat 200 noma tashkil qiladi. Uning tarkibidan “Akademiklarga qarshi” (386), “Baxtli hayot xaqida” (386), “tartib haqida” (386) “Monologlar” (387) “ Jon manguligi haqida” (387-389) “О`qituvchi haqida” (388-389), “tо`g`ri din haqida” (390), “Erkin iroda haqida”(388-395), “Tavba” (401), “Tazarru” “ilohiy shahar haqida” (413-426) kabi asarlar joy olgan. Avgustin xristian iloxiyotchilaridan biri sifatida G`arbiy Yevropa о`rta asr manaviy – diniy hayotiga katta tasir kо`rsatdi. U antik falsafaga yangicha talqin berdi. XIII asrga qadar ijtimoiy tafakkurning asosi hisoblangan diniy- falsafiy talimotni ishlab chiqdi. Shuningdek xristian tarix falsafasiga asos soldi. Avgustin falsafasi xristian diniy talimoti va qadimgi talimotlarni taqqoslash mahsulidir. Avgustin uchun aniq davr falsafiy doktarinalaridan Platon talimotini asosan neoplatonchilar talqini orqali о`rgangan. Avgustin talimoti о`rta asr tafakkurini belgilochi manaviy omilga aylanib, butun G`arbiy Yevropa xristianlik talimotiga katta tasir kо`rsatadi. О`rta asr patristika vakillaridan birortasi Avgustin darajasiga kо`tarila olmagan. U uning izdoshlari diniy falsafada xudoni va ilohiy muhabbatni anglash inson ruxining asosiy maqsadi, yagona hayot qadriyati, deb bilganlar. U sanatga madaniyat va tabbiy fanlarga nixoyatda xam etibor bergan. Avgustin о`z falsafasining xristian asosiga katta axamiyat bilan qaragan uning falsafasi Geotsentrik ruhda, yani xudo falsafiy tafakkur markazidir. Xudo birlamchi va boshlang`ich prinsipdan kelib chiqib, u jon tanadan iroda va sezgi aqldan ustun, deb takidlaydi. Xudo bilish sababchisi hamdir, xudo inson ruhiga tafakkuriga nur kiritadi, odamlarga haqiqatni tanishda yordam beradi. Xudoga intilish inson uchun tabbiy va faqat u tufayli kishi baxtga erishishi mumkin. Shunday qilib, Avgustin falsafada ilohiyot uchun katta yо`l ochib beradi.
Avgustinning butun falsafasi yagona mutlaq va mukammal xudo haqidagi talimotda mujassamlashgan. Dunyo ilohiy yaratish kabi ahamiyatga ega emas, u faqat sharpadir, xudosiz hech narsa qilish ham, hech narsa bilish ham mumkin emas.
Avgustin talimotiga, xudoning erkin faoliyatining mahsuli bо`lgan olam aqli yaratilgan xudo uni о`z shaxsiy g`oyasi bilan yaratgan. Xristian platonizmi – Platonning g`oyalar haqidagi talimotning Avgustinga talqini (varianti)dir. Avgustin talimotiga, xudoga real dunyoning ideal timsoli yashiringan. Avgustin falsafasida yaxshilik va yomonlik ular о`rtasida farq masalasi muhim masalalaridan biri edi. Uningcha bir tomondan yani xudo tomonidan yaratilgan dunyo yaxshilik bо`lmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan yomonlikning mavjudligi shubhasizdir. Shuning uchun Avgustin takidlaydiki yomonlik tabiatiga xos emas, u erkin ijodning mahsulidir. Xudo dunyoni yaxshilik manbai qilib yaratgan lekin yovuz iroda zaharlangan. Bundan о`z navbatida boshqa bir xulosa chiqariladi. Yomonlik yaxshilikka mutlaq ravishda qarama – qarshi emas, u faqat yaxshilikning noqis tomoni, Mutlaq yomonlik yо`q, mutlaq yaxshilik bor. Avgustin dunyoda yomonlik mavjudligini inkor qilmaydi, lekin uni faqat yaxshiligi yо`qligidan deb hisoblaydi. Yaxshilik va yomonlik masalasi Avgustin axloqiy talimotida ham muhim о`rinni egallaydi. Uningcha yomonlik odamlardan kelib chiqadi, xudo mexribonligining mahsulidir. Inson yomonlik uchun javob beradi, yaxshilik uchun emas.
Avgustin asarlarida ikki – iloxiy va dunyoviy shaharlar mohiyatining tahlili.
Avgustinning yirik apologetik asarlaridan biri “Ilohiy saltanat haqida” risolasidir. 410 – yilda Alarix tomonidan Rimning xonavayron qilinishidan vahimaga tushgan odamlar, bu falokat rimliklarning eski dinlaridan voz kechib, xristianlikni qabul qilganliklari uchun yuz berdi, deb hisobladilar. Avgustin о`z dо`sti Markellinning iltimosi bilan bunday qarashlarga zarba bermoqchi bо`ldi. U takidlaydiki, davlatning ravnaqi eski kо`pxudolik dini tufayli bо`lmagan, chunki rimliklar xristianlikni qabul qilganlarida ham mag`lubiyatlar uchun abadiy farovonlikka erishish uchun Rim xudolariga sig`inishi zarur bо`lmagan. Avgustin fikricha mushriklar xudolari hayotda ham manaviyatda ham xech qanday yordam berolmaydi. Xristianlik esa rimliklar foydalangan xamma moddiy boyliklarni berishi mumkin.
Avgustining bu asarida tarix falsafasi о`ziga xos ishlab chiqilgan. Unda Avgustin ikki ilohiy va dunyoviy shahar mohiyatini tashkil qiladi. “xudo shahri” xudoga muxabbat bilan о`zaro birlashgan odamlardan iborat. Dunyovi shaharda о`z – о`ziga muhabbat qо`ygan о`z sharafi va forovonligiga intiluvchi jonzotlar yashaydi. Shunday qilib bu shaharlar muhabbatning turlari bilan bir – biridan farqlanuvchilariga bо`lingan. Shaharlar xaqida gapirganda, Avgustin Rim imperiyasini nazarda tutmaydi. Uning qarashlari universal xarakterda bо`lib, о`sha paytda keng tarqalgan. Tarix qaytarilishlar (sikl) bilan rivojlanadi degan qarashlarga qarshi qaratilgan edi. Avgustin ikki shahar о`sishi va ravnaqini tahlil qiladi hamda ularning taqdiri haqida bashorat qiladi. Qiyomatdan keyin ilohiy shahar axolisi umumiy baxtga erishadi, dunyoviy shahar axolisi esa abadiy jazoga lekin Avgustin takidlaydiki, bu shaharlar о`rtasidagi ikki xil holat vaqtga, zaruriy emas va u xudo irodasi bilan tugatiladi. Avgustin fikricha, yunon tarixchilari ham insoniyat rivojiga bо`lgan qarashlarida buni anglab yetmaganlar. Xudo tarix ustida hukmronlik qiladi, unga bо`ysunmaydi (keyinchalik buni Gegel ham aytgan edi) Tarix qaytariqlar bilan emas, tо`g`ri chiziq bо`ylab rivojlanadi. Xudo yaratganga qadar о`z ongida malum vaqtda amalga oshirgan rejaga ega bо`lgan. Bu rejada ikki shahar о`rtasida kurash mavjudligi kо`zda tutilgan, oqibatda bu reja tarixiy rivojlanish chegarasidan tashqarida g`ayritabbiy kuchning aralashuvida amalga oshadi Avgustin tarixda hamma odamlarning “umumiyligi” va “Yakka”ligini kо`radi. Masalan Geradot fors urushida faqat yunonlar va forslar о`rtasidagi kurashni kо`rgan bо`lsa, Avgustin butun inson irqining yagonaligini takidlaydi. Bundan tashqari uning fikricha taraqqiyot faqat axloqiy va manaviy jabxada bо`ladi. Bu kurashning eng chо`qqisi gunoh natijasida vujudga kelgan. Ikki shahar о`rtasidagi kurashni ilohiy shahar g`alabasi foydasiga tugatish bо`ladi. Shunday qilib, Avgustin fikricha tarixning sо`nggi maqsadi undan tashqarida, abadiy xudo hokimligidadir umuman olganda Avgustin о`rta asrlar manaviy hayotiga juda katta tasir kо`rsatgan mutafakkirlardan biri edi. U “cherkov otasi” nomiga nisbatan kо`proq faylasuf sifatida mashhur bо`lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar rо`yxati:




  1. Download 100.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling