Tarjima haqida
rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 460
ZALZALA SURASI
Zalzala-zilzila, yer qimirlashi. Bu surada qiyomatning qoyim bo'lishida Yerning junbushga kelib qimirlashi va tilga kirib gapirishi va nomai a'mol bitiklari tasvirlangan.
2. Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida 3. va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida 4. ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar.
guvohlik berishi o'ta dahshatli hodisadir Suraning davomida har bir banda dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon ishlari bitilgan nomai a'moli qo'liga berilgach, uni o'qib ko'rishi ta'kidlanadi. Bu oyatlardagi ilohiy hikmatlarni tafakkur bilan poyoniga yetish juda qiyin. Ba'zi ulug’ olimlarning yozishiga qaraganda, har bir inson oxiratda o'z nomasini o'qib ko'radi. Lekin boshqa odam buni o'qimaydi, bilmaydi ham. Aks holda ba'zi ishlaridan xijolat bo'lishga to'g’ri keladi. Alloh taolo o'sha joyda ham bandalarining noshoyista qilmishlarini hammaga fosh qilmay, o'zining rahmat va mag’firatini namoyon qilishidan bu yerda bashorat berilmoqda (Anisul-jalis).
6. O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar. 7. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar. 8. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 461
ODIYOT SURASI
Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.
11. ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 462
QORIA SURASI
Qoria - zarba beruvchi, ya'ni, qiyomat shiddati. Demak, sura qiyomat kuni nomlarining biri bilan ataladi. Unda mahshargohdagi odamlarning parvonalardek to'zib yurishlari, tog’u toshlar shunchalik og’ir jismlar bo'lishiga qaramay Allohning amri bilan to'zigan yung kabi to'zonga aylanishi kabi qiyomat hodisasi tasvirlanadi. Ana o'sha kuni kimning amal tarozisi og’ir kelsa - baxtli, yengil kelsa - baxtsiz bo'lishi va otashi do'zaxga mahkum etilishi ta'kidlanadi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 463
TAKOSUR SURASI
Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.
Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach hamda oxiratdagi jazoni muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.
2. Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz. 3. Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar. 4. Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar! 5. Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz). 6. Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar! 7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar! 8. So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq qilinursizlar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 464
ASR SURASI
Asr bilan Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-imon, solih amal, haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.
Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. Vallohu a'lam.
3. Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir- birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar). Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 465
HUMAZA SURASI
Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib, faqat boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.
2. Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan 3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir. 4. Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur! 5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?! 6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki, 7. (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur. 8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir. 9. (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 466
FIL SURASI
Fil - ma'lum hayvon.
Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
2. (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?! 3. Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi. 4. (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi. 5. (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.
mushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 467
QURAYSH SURASI
Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat qilishga buyuradi.
Yaman diyorlari o'ta qizib ketishini bilib, bu faslda salqinroq Shom diyoriga tijorat safarini uyushtirar, qishda kunlar biroz soviganda esa Yaman diyoriga safar qilar edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 468
MO'UN SURASI
Mo'un - ro'zg'or buyumlari va anjomlari.
Surada imonsiz bandalarning razil sifatlaridan ba'zilari sanab o'tiladi. Jumladan, oxirat jazosini inkor etish, yetim holidan xabar olmaslik, namozni unutish, riyokorlik qilish va ro'zg'or buyumlarini qizg'anish kabi nuqsonlar ibrat uchun bayon etiladi.
2. Bas, u yetimni jerkiydigan 3. va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir. Izoh: Bu sifat egalari Makkaning ashaddiy kofirlaridir. Os ibn Voil, Valid ibn Mug'ira kabilardir. Oyat ular sha'niga doir bo'lsa-da, uning hukmi umumiy bo'lib, har bir momin-musulmon bu kabi salbiy xususiyatlardan xoli bo'lishiga harakat qilish zarurdir. 4. Bas, shunday namozxonlar holiga voyki, 5. ular namozlarini "unutib" qo'yadilar, 6. riyokorlik qiladilar 7. va ro'zg'or buyumlarini (kishilardan) man etadilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 469
KAVSAR SURASI
Kavsar - Muhammad (a. s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a. s.)ga O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh taolo Muhammad (a. s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum ekanliklari eslatiladi.
Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi.
3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir.
necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a. s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 470
KOFIRUN SURASI
Kofirun - kofirlar demakdir Surada Payg'ambar (a. s.)ning Makkada yashagan davrlari, islomiy da'vatlarining dastlabki yillarida mushriklar Islom diniga kirishdan qochib, turli hiylalar ishlatishga o'tdilar. Shulardan biri Payg'ambar (a. s.) bilan kelishib olish. Ya'ni, ular islom dini ta'limotiga binoan Allohga ibodat qilishga bir shart bilan rozi bo'lmoqchi bo'ldilar. U ham bo'lsa, bir yil Muhammad (a. s.) ularning butlariga sig'inar emishlar, so'ngra bir yil ular Muhammad (a. s.)ning rabbiga sig'inar emishlar. Bu tutruqsiz taklifni qabul qilmasliklarini ta'kidlab, Alloh taolo O'z payg'ambariga amri ilohiy bilan buyurib, ularga bu kabi shirk aralashgan ibodatdan ko'ra hozircha har ikki taraf o'z dinida qolib, o'z dinida bo'lishining afzalligi aytilgan.
2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. 3. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. 4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. 5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. 6. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 471
NASR SURASI
Nasr - yordam.
Surada islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi.
islomga kirishi haqida bashorat bermoqda.
3. darhol, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan maqfirat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul qiluvchi zotdir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 472
MASAD SURASI
Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi.
Unda Payg'ambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.
qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi. Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 473
IXLOS SURASI
Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj, Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling