Tarjima haqida
To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur"
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt
35. To jazo kuni (qiyomat)gacha senga la'nat bo'lur". 36. (U) dedi: "Ey, Rabbim, u holda menga (ular) qayta tiriladigan kungacha muhlat bergin". 37. (Alloh) dedi: "Bas, sen muhlat berilganlardansan Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 165
38. ma'lum vaqt (qiyomat) kunigacha". 39. (Iblis) aytdi: "Ey, Rabbim, qasamki, endi meni yo'ldan ozdirganing sababli, albatta, ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko'rsatib qo'yurman va albatta, ularning hammalarini yo'ldan ozdirurman. 40. Illo ularning orasidagi ixlosli bandalaringgina (bundan mustasnodirlar). 41. (Alloh) dedi: "Mening zimmamdagi To'g'ri yo'l shudir. 42. Mening bandalarim ustidan sen uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir, illo senga ergashgan gumrohlarnigina (yo'ldan ozdira olursan)". 43. Ularning barchalari uchun va'da qilingan joy jahannamdir. 44. Uning yetti darvozasi bo'lib, har bir darvoza uchun ularning bir to'dasi taqsimlangan.
qavatiga vaqtincha tushgan gunohkor mo'min-musulmonlar, ikkinchisiga Muhammad (a. s.) ga imon keltirmagan yahudiylar, uchinchisiga shu kabi nasroniylar, to'rtinchisiga sobiiynlar, beshinchisiga majuslar, oltinchisiga mushriklar, do'zaxning eng qa'ri sanalmish to'qqizinchisiga esa munofiqlar tushgaylar.
46. "U (yer)ga sog'-salomat, tinch-omon kiringlar" (deyilur). 47. Biz (jannatdagi) so'rilarda birodarona, bir-birlariga ro'baro' o'tirganlarning dillaridagi gina(- kuduratlar)ni chiqarib tashlaymiz. 48. U joyda ularga charchoq yetmas va ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar! 49. (Ey, Muhammad,) bandalarimga bildirib qo'yingki, albatta, Men O'zim kechirimli va rahmlidirman. 50. Shuningdek, Mening azobim eng alamli azobdir. 51. Yana ularga Ibrohimning mehmon(lar)i haqida xabar bering!
sizlardan qo'rqmoqdamiz (Kimsizlar o'zi)?" - dedi. 53. Ular dedilar: "Qo'rqmagin (biz farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o'g'il (ya'ni, Ishoqni) xushxabarini yetkazurmiz". 54. U dedi: "Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko'rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini berursizlar?" 55. Ular aytdilar: "Biz senga rostdan ham (farzand ko'rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan bo'lmagin!" 56. U dedi: "Parvardigorining rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo'lurlar". Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 166
57. (So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?" 58. Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz. 59. Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz. 60. Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz. 61. Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach, 62. U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz". 63. (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning azobini) keltirdik. 64. Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz. 65. Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!" 66. Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik. 67. Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo'lgan edilar. ) 68. (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar. 69. Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!" 70. Aytdilar: "Biz seni barcha olam (odamlarni himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!"
olaveringlar)". 72. (Ey, Muhammad,) umringizga qasamki, ular o'z "mastliklarida" tentirab yurar edilar. 73. Tong paytida (to'satdan) ularni dahshatli qichqiriq tutdi. 74. Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan (yasalgan) tosh yog'dirdik. 75. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun alomatlar bordir. 76. Darvoqe, u (shahar) doimiy yo'l ustidadir.
ko'rib, ibrat olsinlar.
78. Shubhasiz, o'rmon egalari (Shuayb qavmi) zolim (kofir) bo'lgan edilar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 167
79. Bas, (Biz) ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya'ni, Lut va Shuayb qavmlarining shaharlari) ikkisi ham aniq yo'l ustidadir. 80. Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud qavmi) ham payg'ambarlarni, (xususan, Solihni) yolg'onchiga chiqargan edilar. 81. Biz ularga O'z oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz o'giruvchi bo'ldilar. 82. (Ular) tog'lardan yo'nib, uy yasab tinchgina yurar edilar. 83. Bas, ularni tong pallasida dahshatli qichqiriq tutdi. 84. Ularga qilib yurgan narsalari (tosh qal'alari) foyda bermadi. 85. (Biz) osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) bilan yaratdik. Qiyomat ham, shaksiz, keluvchidir. Bas, (shunday ekan, siz johillarning aziyatlariga sabr qiling va ularni) chiroyli yuz o'girish bilan tark eting! 86. Albatta, Rabbingizning O'zigina yaratuvchi va biluvchidir. 87. Darhaqiqat, Biz Sizga yetti takrorlanuvchi (yetti oyatli "Fotiha" surasi)ni va Ulug' Qur'onni ato etdik. 88. Ko'zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya'ni, ularning boyliklariga) tikmang! Ularning (imonsizliklari) ustida g'amgin ham bo'lmang! Mo'minlar uchun qanotingizni quyi tuting (kamtar bo'ling)! 89. (Ularga) ayting: "Albatta, men (sizlarga Allohning azobidan) oshkora ogohlantiruvchiman".
91. qaysilariki, Qur'onni bo'lak-bo'lak qilib olgan edilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 168
99. (Shuningdek), to Sizga aniq narsa (- o'lim) kelgunicha Rabbingizga ibodat qilavering!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 169
NAHL SURASI
Surada asalarilarning namunali hayot tarzi haqida oyatlar mavjudligi uchun unga shu nom berilgan. Surada qiyomatni takror-takror eslatib, o'sha kunga puxta tayyorgarlik ko'rishga da'vat etiladi. Unda boshqa suralardagi kabi shirk, kufr, noshukurlik kabi illatlar qoralanib, imon, e'tiqod, shukr, solih amallarga tashviqot etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman! 1. Allohning amri (qiyomat) keldi. Bas, sizlar (ey, mushriklar), uni qistamay qo'ya qolinglar! (Alloh) ular keltirayotgan shirkdan pok va yuksakdir.
kuni ham islomda kelishi aniq va muddati yaqin narsalardan hisoblanadi. Muhammad (a. s.) bir hadislarida: "Men bilan qiyomat shu ikki barmog'imdek bir-biriga yaqin holda keldik", deganlar. Ya'ni, mening oxirgi payg'ambar bo'lib kelishimning o'zi qiyomat yaqinligidan darak beradi, demoqchilar. Lekin bu yaqinlik miqdorini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi. Biz uchun yuz yil ham uzoq ko'rinadi. Allohning nazdida esa necha ming yillar ham yaqin bo'lishi mumkin.
payg'ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o'zga iloh yo'q. Bas, (barchalaringiz) Mendangina qo'rqingiz!" 3. (U) osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratdi. (Mushriklar) keltirayotgan shirkdan U yuksakdir. 4. Insonni nutfa (bir tomchi modda)dan yaratdi. U esa, banogoh, ochiq "raqib"dir. 5. U yana sizlar uchun issiq (kiyim) va (turli) manfaatlar bo'lsin, deb, chorva mollarini ham yaratdi va ulardan sizlar yeysizlar ham. 6. Yana sizlar uchun ularda kechqurun (o'tloqdan) qaytayotgan va tongda (o'tloqqa) ketayotgan paytida go'zal manzara paydo bo'lur.
Albatta, Rabbingiz mehribon va rahmlidir. 8. U yana minishingiz uchun va ziynat sifatida otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi). Yana, sizlar (hali) bilmaydigan narsalarni ham yaratur. 9. To'g'ri yo'lni qasd etish (unga hidoyat etish) yolg'iz Alloh zimmasidadir. (Zotan, yo'llar) ichida qing'iri ham bordir. Agar (Alloh) xohlaganida, sizlarning barchangizni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan bo'lur edi. 10. U osmondan sizlar uchun ichimlik bo'lmish suvni yog'dirgan zotdir. (Hayvonlaringizni) boqadigan daraxtlar (o'simliklar) ham o'sha suvdan (ichar). 11. U sizlar uchun o'sha (suv) bilan (turli) ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undirur. Albatta, bu (ish)da tafakkur qiladigan qavm uchun alomat bordir. 12. U sizlar uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni bo'yin sundirib qo'ydi. Yulduzlar ham Uning amriga bo'yin sundirilgandir. Albatta, bunda anglaydigan qavm uchun alomatlar bordir. 13. Yana U sizlar uchun yerda yaratib qo'ygan rang-barang narsalarni ham (sizlarga bo'yin sundirdi). Albatta, bunda eslatma oladigan qavm uchun alomat bordir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 170
14. U yangi go'sht (baliq go'shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo'yin sundirib qo'ygan zotdir. Unda yana (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko'rasiz. Uning fazli (rizqi)dan talab etishingiz va (ne'matlariga) shukr qilishingiz uchun (shunday qildi)
daryolarni (oqizib qo'ydi) va to'g'ri yurishlaringiz uchun yo'llarni (paydo qildi). 16. (Yo'llarga) belgilar ham (qo'ydi). Yulduzlar bilan esa ular yo'l topurlar. 17. (Ey, mushriklar), axir (barcha mavjudotni) yaratadigan zot (Alloh) bilan (hech narsa) yarata olmaydigan (but-sanamlaringiz) barobarmi?! Bas, o'ylamaysizlarmi?! 18. Agar Allohning ne'mat(lar)ini sanasangizlar, sanog'iga yeta olmaysizlar. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir. 19. Alloh yashirgan narsalaringizni ham, oshkor qilgan narsalaringizni ham bilur. 20. (Mushriklarning) Allohni qo'yib, sig'inayotgan narsalari (ma'budalari) biror narsani yaratuvchi emasdir, balki o'zlari yaratiluvchidirlar. 21. (Ular) o'likdirlar, tirik emasdirlar. Ular (o'zlariga sig'inayotgan mushriklarning) qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar. 22. Ilohingiz yagona ilohdir. Bas, oxiratga imon keltirmaydiganlarning dillari (Uning yagona ekanligini) inkor qilur va ular mutakabbirdirlar. 23. Shubha yo'qki, Alloh ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilur. Albatta, U mutakabbirlarni sevmas. 24. Ularga: "Rabbingiz (Muhammadga) nimani nozil qildi?" - deyilsa, ular (masxara qilishib): "Avval o'tganlarning afsonalarini",- deydilar. 25. Ular (bu yolg'on so'zlarni) qiyomat kunida, o'zlarining barcha gunohlarini hamda o'zlari johilona yo'ldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham (bir qismi)ni bo'yinlariga olish uchun (aytgandirlar). Ogoh bo'lingizki, ular bo'yniga olgan narsa (gunohlar) juda yomondir. 26. Ulardan oldingi (kofir)lar ham (o'z payg'ambarlariga shunday) makrlarni qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr) binolarini poydevorlari bilan qo'porib tashladi, bas, tom o'zlarining ustiga quladi va ularga o'zlari sezmagan (kutmagan) tarafdan azob keldi.
yurgan Mening "sherik"larim qayerda qolishdi?!" (Shunda) ilm berilgan (payg'ambar va ulamo)lar derlar: "Darhaqiqat, bugun rasvolik va noxushlik kofirlargadir". 28. Ularni o'zlariga zulm qilgan hollarida farishtalar vafot etdirurlar. Shunda ular sulhga kelishib: "Bizlar biror yomonlik qilgan emasmiz" (derlar). Yo'q! Shaksiz, Alloh qilgan ishlaringizni biluvchidir. 29. Endi o'zlaringiz mangu qoladigan jahannam darvozalaridan kiringiz! Mutakabbirlarning joylari naqadar yomon! 30. Taqvoli bo'lganlarga: "Rabbingiz (O'z payg'ambariga) nimani nozil qildi?" - deyilganida, ular: Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 171
"Yaxshilikni", - derlar. Bu dunyoda chiroyli ish qilganlar uchun chiroyli mukofot bo'lur. Lekin, shubha yo'qki, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodorlarning diyorlari naqadar yaxshi! 31. Ular ostidan anhorlar oqib turadigan mangu jannatlarga kirurlar. Ular uchun u yerda xohlagan narsalari bordir. Taqvodorlarni Alloh mana shunday mukofotlar. 32. Ular (shirk va gunohdan) pok bo'lgan hollarida, farishtalar vafot etdira turib: "Sizlarga salom! Qilib o'tgan amallaringiz bilan jannatga kiringiz", - derlar. 33. (Kofirlar esa) faqat o'zlariga (o'lim) farishtalari kelishini yoki Rabbingizning amri (azobi) kelishini kutarlar. Ulardan oldin o'tgan (kofir)lar ham mana shunday qilgan edilar. Ularga Alloh zulm qilgani yo'q, balki ular o'zlariga zulm qiluvchi edilar. 34. Bas, qilgan yomonliklari o'zlariga yetdi va masxara qilgan narsalari o'zlarini tutdi.
narsaga sig'inmagan va Uning (hukmisiz) biror narsani harom qilmagan bo'lur edik", - deydilar. Ulardan oldin o'tgan (kofir)lar ham shunday qilgan edilar. Payg'ambarlar zimmasida faqat (Allohning vahiysini odamlarga) ochiq yetkazishlik (vazifasi) bordir. 36. Darvoqe, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroqlashinglar", (degan vahiy bilan) payg'ambar yuborganmiz. Shunda ular orasida Alloh hidoyat qilganlari ham, shuningdek, yo'ldan ozishligi qat'iy bo'lganlar ham bo'lgan. Bas, Yer yuzida sayr qilib, (payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ringlar! 37. (Ey, Muhammad,) agar Siz u (mushrik)larning hidoyat topishlariga qiziquvchan bo'lsangiz (bilingki), Alloh o'zi adashtiradigan kimsalarni sira hidoyat qilmas va ularga madad beruvchilar ham bo'lmas. 38. Ular zo'r berib: "Alloh o'lganlarni qayta tiriltirmaydi", - deb Alloh nomiga qasam ichdilar. Yo'q! (Albatta, tiriltirur!) Bu - Uning haqqoniy va'dasidir. Lekin, odamlarning aksariyati bilmaydilar. 39. Ularga o'zlari ixtilof qilayotgan narsalarini ajrim qilib berish uchun, hamda kofir bo'lganlar o'zlarining yolg'onchi ekanliklarini bilishlari uchun ham (qayta tiriltirur). 40. Biz biror narsani iroda qilsak, unga aytadigan so'zimiz: "Bo'l!" - deyishdir. Bas, (o'sha narsa) bo'lur. 41. Zulm qilinganlaridan so'ng, Alloh yo'lida hijrat qilganlarni, albatta, bu dunyoda ham go'zal (maqomlar)ga joylashtirurmiz. Oxirat mukofoti esa, yanada kattaroqdir. Qani, endi (buni odamlar) bilsalar edi! 42. Ular sabr qilgan va Parvardigorlarigagina tavakkul etganlardir.
ularga vahiy nozil etib turganmiz. Agar (bu haqda) bilmaydigan bo'lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni, Tavrot va Injilni biladiganlardan) so'rangizlar! 44. (Biz payg'ambarlarni) hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilingan (ahkomlar)ni bayon qilib berishingiz uchun va tafakkur qilsinlar, deb bu zikrni (Qur'onni) nozil qildik. 45. Yomonliklar makrini qilganlar o'zlarini yer yutishidan yoki sezmagan taraflaridan azob kelib qolishidan xotirjammilar?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 172
46. Yoki (safarda) aylanib yurganlarida ularni (ofat) tutgach, (hech kimni) ojiz qoldira olmasliklaridan (qo'rqmaydilarmi)?! 47. Yoki (qilmishlari oqibatidan) qo'rqib yurgan paytlarida, ularni (biror ofat) ushlab qolishidan (qo'rqmaydilarmi?!) Darhaqiqat, (yana ham) Rabbingiz mehribon va rahmlidir. 48. Axir, ular Alloh yaratgan barcha narsalarning soyalari o'ngu so'llariga, Allohga bo'yin sunib sajda Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling