Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet46/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72

 

30. Bunga Allohning O'zigina Haq (iloh) ekani, ular (mushriklar) Uni qo'yib iltijo qilayotgan (butlar)i 

esa botil narsa ekani va Allohning O'zigina eng yuksak va oliy zot ekani sababdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

276


 

31. Sizlarga Allohning mo''jizalaridan ko'rsatish uchun kemalar Uning marhamati bilan dengizda 

(suzib) yurganini ko'rmadingizmi?! Albatta, bunda barcha (qiyinchiliklarga) sabr qiluvchi va 

(ne'matlarga) shukr qiluvchilar uchun alomatlar bordir.  

 

32. Qachonki, (kofirlarni) tog'lardek to'lqin(lar) o'rab olsa, ular chin ixlos bilan Allohga duo iltijo 

qilurlar. Bas, qachonki, (Alloh) ularga najot berib, quruqlikka (chiqarsa), u holda ulardan 

(ayrimlarigina) to'g'ri yo'l tutuvchidir. Oyatlarimizni faqat barcha xoin va noshukr kimsalargina inkor 

qilurlar.  

 

33. Ey, insonlar, Parvardigoringizdan qo'rqingiz va yana shunday bir Kundan qo'rqingizkim, (u kunda) 

biror ota o'z bolasi tomonidan (gunohni) o'ta olmas va bola ham otasi tomonidan biror narsani o'ta 

oluvchi bo'lmas. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin va 

sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo'ymasin! 

 

34. Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U 

(xohlagancha) yomg'ir yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish 

qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

277


SAJDA SURASI     

 

Suraning 15-oyatida sajda oyati kelgani uchun unga shu nom berilgan.  



 

Surada dunyoning foniyligi, oxiratning esa boqiy ekanligi, qiyomat kuni qayta tirilishning haq ekanligi, o'sha 

kuni har bir inson dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon ishlari uchun hisobot berishi, xuddi shu shiddatli kun 

uchun tayyorlanish zarurligi uqtiriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Alif, Lom, Mim.  



 

2. Bu Kitobning (Qur'onning) nozil qilinishi, shubhasiz, (barcha) olamlarning Parvardigori 

(tomoni)dandir.  

 

3. Balki: "Uni (Muhammadning o'zi) to'qib olgan", - derlar?! Yo'q, U (ya'ni, Qur'on) sizdan ilgari biror 

ogohlantiruvchi kelmagan qavmni ogohlantirishingiz uchun Rabbingiz (tomoni)dan (nozil qilingan) 

Haqiqatdir, shoyad, ular hidoyat topsalar.  

 

4. Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi bor narsani olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra 

mustaviy bo'lgan zotdir. Sizlar uchun Undan o'zga biror do'st va oqlovchi yo'qdir. Axir eslatma 

olmaysizlarmi?! 

 

5. U osmondan yergacha bo'lgan barcha ishni tadbirini ko'rar (boshqarar), so'ngra (bu ishlarning 

barchasi) sizlarning hisobingizcha ming yilga teng keladigan (bir) Kunda (ya'ni, qiyomatda) Uning 

O'ziga ko'tarilur.  

 

6. Ana o'sha g'oyib va hozirni biluvchi, qudratli va mehribon

 

7. barcha narsani chiroyli qilib yaratgan Zotdir. Insonni yaratishni esa loydan boshladi.  

 

8. So'ngra uning naslini haqir bir suvdan iborat nutfadan paydo qildi.  

 

9. So'ngra uni tiklab, ichiga O'z (mulkidagi) ruhidan kiritdi. Sizlar uchun quloq, ko'z, dillarni paydo 

qildi. Shukrni esa kam qilursizlar.  

 

10. Ular (kofirlar): "Bizlar yer (osti)da gumdon bo'lib ketgach, haqiqatan ham yana yangitdan 

yaralurmizmi?" - dedilar. Yo'q, ular Parvardigorlari muloqotini inkor qiluvchidirlar! 

 

11. Ayting: "Sizlarga vakil qilingan o'lim farishtasi jonlaringizni olur, so'ngra Rabbingizga 

qaytarilursizlar".  

 

12. Agar Siz u jinoyatchilarni (qiyomat kunida) Parvardigorlari huzurida boshlari egik holda turib: 



"Parvardigoro, ko'rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga) qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi 

bizlar, albatta, ishonuvchidirmiz", - (deyishlarini) ko'rsangiz edi! 

 

13. Agar Biz xohlasak, albatta, har bir jonga o'z hidoyatini ato etgan bo'lur edik, lekin Men tomondan 

bu so'z muqarrar bo'lgandir: "Men jahannamni barcha (kufrdagi) jin va odamlar bilan to'ldirurman".  

 

14. Bas, (ey, kofirlar,) ushbu kuningizdagi muloqotni unutib qo'yganingiz sababli (azobni) totingiz! 

Darvoqe, Biz ham (bugun) sizlarni "unutdik". Qilmishlaringiz sababli mangu azobni totingiz! 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

278


15. Bizning oyatlarimizga faqat u (oyat)lar zikr qilinganda sajda qilgan hollarida yiqiladigan va kibr 

qilmagan hollarida hamd bilan Parvardigorlariga tasbeh aytadigan zotlargina imon keltirurlar. (Sajda 

oyati)  

 

16. Ularning yonboshlari o'rindiqlardan ajrab turar (oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo'rquv va 

umidvorlik bilan duo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilurlar.  

 

17.  Bas, ularning qilib o'tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo'yilgan ko'zlar quvonchini (oxirat 

ne'matlarini) hech kim bilmas.  

 

18. Axir, mo'min kishi bilan fosiq (itoatsiz) kimsa teng bo'lurmi?! (Yo'q), barobar bo'lmaslar! 

 

19. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari 

manzil bo'lur.  

 

20. Fosiq bo'lgan kimsalarning maskanlari esa do'zaxdir. Har qachon undan chiqmoqchi bo'lsalar, yana 

unga qaytarilurlar va ularga: "O'zlaringiz inkor etgan do'zax azobini totingiz!" - deyilur.  

 

21. Albatta, Biz ular (itoatsizlikdan) qaytishlari uchun ularga katta azobdan ilgari yaqin azobni (dunyo 



azobini) tottirurmiz.  

 

22. Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilinganidan so'ng, ulardan yuz o'girgan kimsadan kim ham 

zolimroqdir?! Albatta, Biz (unday) jinoyatchilardan intiqom oluvchidirmiz.  

 

23. Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik, Bas, (ey, Muhammad,) Siz uning (Tavrotga) ro'baro' 

bo'lganidan shubhada bo'lmang. Biz (Tavrotni) Isroil avlodi uchun hidoyat (manbai) qildik.  

 

24. Ular sabr qilishgach, Biz ulardan hidoyat qiladigan peshvolarni chiqardik. Ular oyatlarimizga puxta 

ishonar edilar.  

 

25. (Ey, Muhammad,) albatta, Rabbingizning O'zi qiyomat kunida (odamlar) o'zaro ixtilof qilgan 

narsalari haqida ajrim qilur.  

 

26. Axir, ularga (mushriklarga) Biz ulardan ilgari qancha avlodlarni halok qilganimiz va o'zlari 

o'shalarning maskanlarida yurganlari ma'lum emasmi?! Albatta, bunda alomatlar bor! Axir, ular 

eshitmaydilarmi?! 

 

27. Axir, ular quruq yerga suv haydab, uning vositasida ularning chorvalari ham, o'zlari ham yeydigan 

ekinlarni chiqarishimizni bilmadilarmi?! Axir, (buni) ko'rmaydilarmi?! 

 

28. Ular (musulmonlarga): "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, qachon mana shu fath (g'alaba) ro'y berur?" - 

derlar.  

 

29. (Ey, Muhammad,) ayting: "Fath kunida kofir bo'lgan kimsalarga imon keltirishlari foyda bermay 

qolur va ularga (tavba uchun) muhlat ham berilmas".  

 

30. Bas, ulardan yuz o'giring va (ne bo'lishini) kuting! Zero, ular ham kutuvchidirlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

279


AHZOB SURASI 

 

Ahzob - firqalar, guruhlar. Birligi "hizb".  



 

Surada Islom shariatidagi qonun-qoidalar, xususan "zihor", "tabanniy", satri avrat, mahram va nomahramlar, 

nikoh, taloq kabi masalalarga doir shar'iy hukmlar bayon etiladi. Surada, shuningdek, turli imonsiz hizblarning 

musulmonlarga qarshi qilgan hujumlari va bunday sinov qiyinchiliklardan chin imon-e'tiqodli kishilarning 

qanday muvaffaqiyatli o'tganliklari haqida ham oyatlar berilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, Payg'ambar, Allohdan qo'rqing! Kofirlar va munofiqlarga itoat etmang! Albatta, Alloh bilimli va 

hikmatli zotdir.  

 

2. Rabbingiz (tomoni)dan Sizga vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing! Albatta, Alloh sizlar qilayotgan 

amallardan ogohdir.  

 

3. Allohga tavakkul qiling! Allohni O'zi yetarli vakil (homiy)dir.  

 

4. Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (Shuningdek), sizlar "zihor"* qiladigan 

xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. 

Bu sizlarning og'izlaringizdagi so'zingizdir*. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O'zi yo'lga boshlar.  

 

Izoh(a): Shariatda nikoh, taloq kabi oilaviy munosabatlar qatorida zihor degan narsa ham bor. Bu ko'proq 



arab xalqida joriy etilgan yaramas odatlardan biri edi. Zihorda er o'z xotiniga: "Sen menga onamning badani 

kabi haromsan" - kabi so'zlarni aytishi bilan qattiq gunohkor bo'ladi, lekin xotini o'z onasiga aylanib qolmaydi. 

Bu gunohni yuvish uchun er ma'lum miqdorda kafforat (jarima) to'lash zarurligi qayd etiladi.  

 

Izoh(b): Oyatdagi ikkinchi masala asrandi bola haqida. Boqib olingan asrandi bola hech qachon o'zi tuqqan 

bolalaridek mahram bo'laolmasligi, nikoh va meros masalalarida ularning huquqi begonalar huquqi bilan 

barobar bo'lishi haqida ko'rsatmalar berilgan. Bu bilan bola asrab olish va uni tarbiya qilib voyaga yetkazish 

savobi inkor etilayotgani yo'q. Masalan, bir oilada asrandi o'g'il voyaga yetsa, shu oiladagi "singil" ga 

uylanishi mumkin va aksincha ham. Surada Muhammad (a. s.) asrab olgan Zayd ibn Horisa voqeasi batafsil 

bayon etiladi.  

 

5. Ularni (asrandi farzandlarni) o'z otalari (ismi) bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. 



Bas, agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va 

do'stlaringizdir. Qilgan xatolaringiz sababli sizlarga gunoh yo'qdir, lekin ko'ngillaringiz (bilan) qasd 

qilingan narsadagina (gunohkor bo'lursizlar). Alloh kechirimli va mehribon zotdir.  

 

6. Payg'ambar mo'minlarga o'zlaridan ham haqliroqdir, uning ayollari esa ularning onalaridir. 

Allohning Kitobida qarindoshlar (merosxo'rlikda) bir-birlariga (qarindosh bo'lmagan) mo'minlardan va 

muhojirlardan ko'ra haqliroqdirlar. Magar sizlar (diniy) do'stlaringizga (meros berishlik bilan) 

yaxshilik qilmog'ingiz (mumkin). Bu, Kitobda (Lavhul-Mahfuzda) bitiklidir.  

 

7. Eslang, Biz (barcha) payg'ambarlardan va Sizdan, Nuhdan, Ibrohim, Muso va Iso ibn Maryamdan 



qat'iy ahd olgandik.  

 

8. Bu rostgo'ylardan (qiyomatda) sodiqliklari haqida so'rash uchun edi. (Alloh) kofirlar uchun alamli 

azob tayorlab qo'ygandir.  

 

9. Ey, imon keltirganlar, sizlarga (qarshi) qo'shinlar kelgan paytida Biz ularning ustiga shamol va sizlar 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

280


ko'rmagan qo'shinlar (farishtalar)ni yuborganimizni - Allohning sizlarga bergan ne'matini eslanglar! 

Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchi zotdir.  

 

10. O'shanda ular sizlarning ustingizdan ham, sizlardan quyi (tomon)dan ham (bostirib) kelgan edilar. 

O'shanda ko'zlar tinib, yuraklar bo'g'izga tiqilib qolgan va sizlar Alloh haqida (turli) gumonlar qila 

boshlagan edingizlar.  

 

11. Ana o'sha joyda mo'minlar imtihon qilindilar va (dahshatdan) qattiq larzaga tushdilar.  

 

12. O'shanda munofiqlar va dillarida illat bo'lgan (e'tiqodlari zaif) kimsalar: "Alloh va Uning 

payg'ambari bizlarga faqat yolg'on va'da qilgan ekanlar", - deya boshladilar.  

 

13. O'shanda ulardan bir toifasi dedi: "Ey, Yasrib (Madina) ahli, sizlar uchun (bu qadar ko'p sonli 

yovga qarshi) turish imkoni yo'qdir, bas, (o'z uylaringizga) qaytib ketinglar". Ulardan yana bir guruhi 

esa: "Uylarimiz ochiq-sochiq", - deb Payg'ambardan izn so'radilar. Holbuki, (uylari) ochiq-sochiq emas 

edi. Ular faqat (jangdan) qochishnigina istardilar.  

 

14. Agar ularning (munofiqlarning) ustiga (Madinaning turli) tomonlaridan kirilsa, so'ngra ulardan 

fitna talab qilinsa, albatta, ular ko'p (ikkilanib) turmasdan unga (fitnaga) kelgan bo'lur edilar.  

 

15. Holbuki, ular ilgari ortga chekinmaslari haqida Alloh bilan ahdlashgan, Allohga berilgan ahd esa 

(qiyomat kunida) so'raluvchidir.  

 

16. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar sizlar o'lishdan yo o'ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga 



sira foyda bermas, demak, sizlar hayotdan juda oz foydalanursizlar".  

 

17. Ayting: "Agar Alloh sizlarga yomonlikni iroda etsa, sizlarni kim undan asray olur yoki U sizlarga 

marhamatni iroda qilsa (kim uni to'sa olur)?!" Ular o'zlariga Allohdan o'zga do'st ham, yordamchi ham 

topa olmaslar.  

 

18. Alloh sizlarning orangizdagi (jihodga) to'sqinlik qiladigan va o'z do'stlariga: "Biz tomonga 

o'tinglar", - deydigan kimsalarni aniq bilur. Ular jangga kamdan-kam kelurlar.  

 

19. (Bu) sizlarga nisbatan baxilliklaridir. Bas, qachonki, (yov tomonidan) xavf kelsa, siz ularni o'lim 

o'rab behush bo'lgan kimsa kabi ko'zlari o'ynab, siz tomonga qarayotganlarini ko'rasiz. Bas, qachonki, 

xavf ketsa, ular yaxshilik (o'ljalar) ustida ochko'zlik qilib, sizlarni o'tkir tillar bilan ranjiturlar. Ular 

imon keltirmaganlar, bas, (shu sababli) Alloh ularning amallarini behuda ketkazdi. Bu Allohga osondir.  

 

20. Ular (munofiqlar) u firqalarni (yovni) ketmagan deb o'ylaydilar va agar u firqalar (qaytib) kelib 

qolsalar, ko'chmanchi badaviylar orasida bo'lib, sizlardan xabar so'rab turishni istaydilar. Agarda ular 

sizlarning orangizda bo'lganlarida ham kamdan-kam jang qilgan bo'lur edilar.  

 

Izoh: Ya'ni munofiqlarning qo'rqoqliklari fosh qilinmoqda. Mazkur oyatlarda hijratning 5-yili kechgan Xandaq 



jangi to'g'risida so'z yuritiladi. Makka va Madina mushriklaridan iborat turli firqalar Madinaga musulmonlar 

ustiga bostirib kirmoqchi bo'lganida, Salmoni Forisiy nomli sahobiy maslahati bilan Madina tevaragiga 

xandaq kovlangani va yov qo'shinlari unga qulab halok bo'lgani to'g'risida Islom tarixida keng ma'lumotlar 

mavjud. 

  

21. (Ey, imon keltirganlar,) sizlar uchun - Alloh va oxirat kunidan umidvor bo'lgan hamda Allohni ko'p 



yod qilgan kishilar uchun Allohning payg'ambarida go'zal namuna bordir.  

 

22. Mo'minlar firqalarni (yovni) ko'rgan vaqtlarida: "Bu Alloh va payg'ambari bizlarga va'da qilgan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

281


narsadir (imtihondir). Alloh va payg'ambarining so'zi rostdir", - dedilar va (bu) ularning imon va 

itoatlarini yanada ziyoda qildi. 

 

23. Mo'minlar orasida Allohga bergan ahdiga sodiq kishilar bordir. Bas, ulardan o'z ahdiga vafo qilgani 



(shahid bo'lgani) va ulardan (shahid bo'lishni) kutayotgani bordir. Ular (ahdu paymonlarini) 

o'zgartirganlari yo'q.  

 

24. Alloh (ahdiga) sodiq kishilarni sadoqatlari sababli mukofotlash uchun, munofiqlarni esa, agar 

xohlasa, azobga giriftor etish yoki tavbalarini qabul qilish uchun (mazkur sinovni o'tkazdi). Alloh 

mag'firatli va mehribon zotdir.  

 

25. Alloh kofirlarni darg'azab hollarida qaytardi. Ular biror yaxshilik (foyda)ga erishmadilar. Alloh 

mo'minlarga jang to'g'risida kifoya qildi (mo'minlarni jangsiz g'olib qildi). Alloh kuchli va qudratli 

zotdir.  

 

26. U (firqalarga) yordam bergan, ahli kitobdan iborat kimsalarni (Alloh) o'z qal'alaridan tushirdi va 

dillariga qo'rquv soldi. (Ulardan) bir guruhni o'ldirursizlar, bir guruhni asir olursizlar.  

 

27. Sizlarni ularning yerlariga, maskanlariga, mol-mulklariga va oyoqlaringiz yetmagan yerlariga voris 

qildi. Alloh har narsaga qodir zotdir.  

 

28. Ey, Payg'ambar, xotinlaringizga ayting: "Agar sizlar dunyo hayotini va uning zebu ziynatlarini 

istaydigan bo'lsangizlar, u holda kelinglar, men sizlarni (o'sha narsalar bilan) bahramand qilay va 

yaxshilab kuzatay (taloq qilay).  

 

29. Agar Allohni, Uning payg'ambarini va oxirat diyorini istaydigan bo'lsangizlar, u holda Alloh 

sizlarning orangizdagi chiroyli amal qiluvchilar uchun ulkan mukofot (jannat)ni tayyorlab qo'ygandir".  

 

30. Ey, Payg'ambar ayollari, sizlardan kim aniq fahsh ishini qilar ekan, uning uchun azob ikki barobar 

ziyoda qilinur. Bu Allohga osondir.  

 

 



YIGIRMA IKKINCHI JUZ’ 

************************* 

 

31. Sizlardan kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa va ezgu amal qilsa, Biz uning mukofotini ikki 

hissa qilib berurmiz va uning uchun farovon rizq (jannat)ni tayorlab qo'ygandirmiz.  

 

32. Ey, Payg'ambar ayollari, agar taqvodor bo'lsangizlar, (o'zga) ayollarning birortasi kabi 

emasdirsizlar. Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so'z qilmanglarki, aks holda qalbida buzuqlik 

bo'lgan kimsa ta'ma qilib qolur. Yaxshi (to'g'ri) so'zni so'zlangizlar!  

 

33. O'z uylaringizda qaror topinglar, (ko'chaga chiqqanlaringizda esa) ilgarigi johiliyat (davri) 

yasanishidek yasanmangizlar! Namozni mukammal ado etinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va 

Uning payg'ambariga itoat etinglar! Ey, (Payg'ambarning) xonadon ahli, Alloh sizlardan gunohni 

ketkazishni va sizlarni obdon poklashni istaydi, xolos.  

 

34. Uylaringizda Allohning tilovat qilinadigan oyatlari va hikmat (ya'ni, payg'ambar hadislari)ni zikr 

qilinglar! Albatta, Alloh lutfli va ogoh zotdir.  

 

35. Albatta, muslim va muslimalar, mo'min va mo'minalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, rostgo'y 

erkaklar va rostgo'y ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozu'li (kamtar) erkaklar va tavozu'li 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

282


ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, ro'za tutuvchi erkaklar va ro'za tutuvchi 

ayollar, avratlarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni 

ko'p zikr qiluvchi erkaklar va (Allohni ko'p) zikr qiluvchi ayollar - ular uchun Alloh mag'firat va ulug' 

mukofot (ya'ni, jannat)ni tayyorlab qo'ygandir. 

 

36. Alloh va Uning payg'ambarlari bir ishni hukm qilganda - hech bir mo’min va mo’minaga (uni 



bajarish yoki bajarmaslik) ishlarida ixtiyor bo'lishi mumkin emasdir. Kimki Alloh va Uning 

payg'ambariga itoatsizlik qilsa, bas, u aniq zalolat bilan yo'ldan ozibdi.  

 

37. (Ey, Muhammad,) eslang, Allohning va Sizning in'omingizga erishgan (Zayd ibn Horisa)ga: 

"Juftingni o'zingga saqlagin (taloq qilishga shoshmagin), Allohdan qo'rqqin", - deb, Alloh oshkor 

qiluvchi bo'lgan narsani ichingizda yashirgan edingiz va Allohdan qo'rqishga haqliroq bo'lgan 

holingizda, Siz odamlardan (ta'nalaridan) qo'rqqan edingiz. Bas, qachonki, Zayd undan (Zaynabdan) 

hojatini ado etgach (uni taloq qilgach), Biz Sizni unga uylantirdik. Toki mo’minlarga asrandi bolalari o'z 

xotinlaridan hojatlarini ado etishgach (taloq qilishgach), ularga (uylanishlarida tanglik bo'lmasligi 

uchun (shunday) qildik). Allohning amri esa bajariluvchidir.  


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling