Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet72/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

QORILAR ODOBI 

 

Kalomullohni diliga jo qilgan hofizi Qur'onlar oddiy musulmonlardan ma'naviyatlari yuksakligi jihatidan farq 



qilib turishlari lozim. Quyida ularga lozim bo'lgan ba'zi odoblarni bayon qilamiz: 

 

Qori odamning siyratu shamoillari, fe'lu atvorlari yuqori saviyada bo'lishi lozim.  



* * * 

Qur'oni karimda taqiqlangan ishlardan o'zini uzoq olib yurishi kerak.  

* * * 

Mutakabbir, zolim va johil kishilardan o'zini yuqori qo'yishi, oddiy va solih bandalarga nisbatan esa kamtarlik 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

482


izhor etishi talab etiladi.  

* * * 


Vaqorli, og'ir, sokin, sabr-bardoshli bo'lmog'i lozim.  

* * * 


Abdulloh ibn Masu'd (r. a. ) aytgan ekanlar: “Hofizi Qur'on doimo boshqalardan qandaydir xususiyatlari bilan 

ajralib turishi kerak. Masalan, tunda odamlar uxlaganda u Qur'on tilovati bilan bedor, kunduzi odamlar 

ovqatlanganda, u ro'zador, odamlar g'aflatda o'yin-kulgi bilan band, u esa oxirat tashvishi bilan g'amgin, 

odamlar turli bema'ni gaplar bilan mashg'ul, u esa tafakkur og'ushida sokit”.  

* * * 

Hasan ibn Ali (r. a. ) demishlar: “Sahobalar Qur'onni Allohdan kelgan maktub deb bilar, tunlari uni o'qib 



chiqib, kunduzi uni hayotga tatbiq etar edilar”.  

* * * 


Fuzayl ibn Iyozdan naql etilibdurki, hofizi Qur'on hojat so'rab hech kimning huzuriga, hech qanday amaldor 

oldiga bormasligi lozim. Zero, u islom tug'ini ko'tarib yuruvchi insondurki, unga chalg'ish ham, xayolini 

parishon qilish ham mumkin emas.  

* * * 


Hofizi Qur'on Allohning kalomini zinhor tirikchilik vositasi qilib olmasligi kerak. Hadisi sharifda voridkim: 

“Qur'onni o'qinglar, lekin, u tufayli rizq yemanglar, uning qiroatini tark etmanglar va unda g'uluvga ketib, og'ib 

ketmanglar”.  

IZOH: Bundan xatmi Qur'onlarda qorilarga ixtiyoriy ravishda beriladigan pul va buyumlarni olish joiz emas 

degan xulosa chiqarmaslik kerak. Balki, oldindan ma'lum miqdordagi summaga shartlashmagan, aksincha, 

qorilarga hadiya sifatida ixlos bilan berilgan ashyolar mubohdir, inshoallohu taolo. Shuningdek, Qur'on ta'limi 

uchun haq olishning joizligi yuqorida zikr etildi.  

* * * 

Qorilar Qur'onni muntazam, takror va takror o'qib turishlari lozim. Salafi solihlar ichida bir oyda, bir haftada, 



uch kunda, bir kechada bir bor xatmi Qur'on qiladiganlar bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan. Bir kechayu 

kunduzda sakkiz marta xatm qiluvchilar ham bo'lgan ekan. Har shom bilan xufton o'rtasida bir bor xatm 

qiluvchi bo'lganlardan Mujohid ibn Jubayr, Ali Azdiyni, bir rakaatda xatmi Qur'on qilganlardan Usmon ibn 

Affon, Tamim ad-Doriy, Said ibn Jubayrlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Lekin, salafi solihinlarning 

ko'pchiligi bir haftada bir xatm qilishni ma'qul ko'rganlar. Yana debdurlarki, ilmu fan bilan shug'ullanuvchi 

olimlar Qur'onni xatm qilishda vaqtni chegaralamaganlari yaxshi. Ular ilmiy ishlariga xalal yetkazmagan holda 

xatm muddatini o'zlari belgilashlari lozim.  

Mazkur zotlarga Alloh taolo g'ayri oddiy iqtidor ato etgani bois oz muddatda ko'p zikr va qiroat qila bilganlar. 

Lekin, oddiy qorilar uchun xatmi Qur'onga uch kundan kam vaqt ajratish joiz emas. Zero, hadisi sharifda: “Har 

kim Qur'oni karimni uch kundan kam vaqtda o'qib chiqqan bo'lsa, demak hech narsa tushunmabdi” – deganlar 

(Imom Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).  

* * * 


Qur'onning hammasini yoki ba'zisini yodlab, so'ngra esidan chiqarib, unutib yuborgan kishilarga nisbatan 

oxiratda qattiq uqubatlar bo'lishi hadisi shariflarda ta'kidlangan.  

 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

483


Tarjima va izoh muallifi: 

Abdulaziz Mansur 

 

Mas’ul muharrir: 



Hamidulla Karomatov 

 

TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI: 



Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov, 

Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek 

Hasanov. 

 

O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti 



Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi. 

 

 



 

 

 



TARJIMON HAQIDA 

 

Abdulaziz Mansur Dadajon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatining Mindon qishlog'ida 1944 yili 

tavallud topgan. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatning 

ko'zga ko'ringan ulamolari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.  

 

 1975 yilda Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi. 1980-1981 yillari Sudandagi 



«Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi. 1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul 

kotib lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasining fatvo 

bo'limi mudirligi vazifasida ishladi. 1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi 

Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 

millatlararo munosabatlar va din ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000 yilning may 

oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha 

prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.  

 

 Abdulaziz Mansur Toshkent va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari bilan 



muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng 

faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi 

nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan. 

Bundan tashqari Abdulaziz Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida mas'ul 

muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bu islomshunos olimning bajarib 

kelayotgan xizmatlari tahsinga loyiqdir.  



 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling