Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet70/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72

rozi bo'lurlar. Bu (mukofot) Parvardigoridan qo'rqqan kishi uchundir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

460


ZALZALA SURASI 

    


Zalzala-zilzila, yer qimirlashi. Bu surada qiyomatning qoyim bo'lishida Yerning junbushga kelib qimirlashi va 

tilga kirib gapirishi va nomai a'mol bitiklari tasvirlangan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Qachonki, Yer o'zining (eng dahshatli) zilzilasi bilan qimirlaganida, 



 

2. Yer (o'z qa'ridagi konlaru murdalardan iborat) "yuk"larini (yuzaga) chiqarib tashlaganida 

 

3. va (qayta tirilishni inkor qiluvchi) inson (dahshatga tushib): "Unga ne bo'ldi ekan?" - deb qolganida 

 

4. ana o'sha kunda Yer o'z xabarlarini so'zlar. 

 

Izoh: Yerning xabarlari uning ustida yurgan bandalarning qilmishlaridir. Ular haqida yerning Alloh oldida 



guvohlik berishi o'ta dahshatli hodisadir Suraning davomida har bir banda dunyoda qilib o'tgan yaxshi-yomon 

ishlari bitilgan nomai a'moli qo'liga berilgach, uni o'qib ko'rishi ta'kidlanadi. Bu oyatlardagi ilohiy hikmatlarni 

tafakkur bilan poyoniga yetish juda qiyin. Ba'zi ulug’ olimlarning yozishiga qaraganda, har bir inson oxiratda 

o'z nomasini o'qib ko'radi. Lekin boshqa odam buni o'qimaydi, bilmaydi ham. Aks holda ba'zi ishlaridan xijolat 

bo'lishga to'g’ri keladi. Alloh taolo o'sha joyda ham bandalarining noshoyista qilmishlarini hammaga fosh 

qilmay, o'zining rahmat va mag’firatini namoyon qilishidan bu yerda bashorat berilmoqda (Anisul-jalis).  

 

5. (So'zlashga) Rabbingiz vahiy (ruxsat) qilganini aytur.  



 

6. O'sha Kuni odamlar, ularga (nomai) a'mollarini ko'rsatilishi uchun to'da-to'da bo'lib chiqib kelurlar.  

 

7. Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo'lsa, (Qiyomat kuni) uni ko'rar.  

 

8. Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan bo'lsa, uni ham ko'rar.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

461


ODIYOT SURASI 

 

Odiyot - chopuvchi (ot)lar. Surada janglarda matonat ko'rsatadigan chopqir otlar nomiga qasamyod etish bilan 



Alloh taolo ba'zi noshukur insonlarning o'z xoliqiga itoatsiz, dunyoparast ekanliklarini ta'kidlaydi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Qasamyod etaman pishqirib chopadigan, 

 

2. (chopganda tuyoqlaridan) chaqmoq chaqnatadigan, 

 

3. tong paytida (yov sari) bostirib boradigan, 

 

4. bas, o'shanda (ortida) chang qoldiradigan

 

5. shu (chang) bilan (dushman) jamoasining o'rtasiga kirib boradigan (ot)largaki, 

 

6. haqiqatan, (kofir) inson Parvardigori (ato etgan ne'matlar)ga noshukrlik qiluvchidir! 

 

7. Yana u bunga (noshukrligiga) guvohdir.  

 

8. Yana u mol-dunyo muhabbatiga juda qattiq (beriluvchi)dir.  

 

9. Axir, u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim bo'lib), qabrlarning ichidagi narsalar chiqarilganida 

 

10. va dillardagi sirlar oshkor qilinganida - 



 

11. ana o'sha Kunda, albatta, Parvardigorlari ulardan (qilib o'tgan ishlaridan) xabardor-ku! 

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

462


QORIA SURASI 

 

Qoria - zarba beruvchi, ya'ni, qiyomat shiddati. Demak, sura qiyomat kuni nomlarining biri bilan ataladi.  



 

Unda mahshargohdagi odamlarning parvonalardek to'zib yurishlari, tog’u toshlar shunchalik og’ir jismlar 

bo'lishiga qaramay Allohning amri bilan to'zigan yung kabi to'zonga aylanishi kabi qiyomat hodisasi 

tasvirlanadi. Ana o'sha kuni kimning amal tarozisi og’ir kelsa - baxtli, yengil kelsa - baxtsiz bo'lishi va otashi 

do'zaxga mahkum etilishi ta'kidlanadi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (U) zarba beruvchi (qiyomat)dir.  

 

2. Zarba beruvchi nedur?! 

 

3. (Ey, inson,) zarba beruvchi nima ekanini senga ne ham anglatur?! 

 

4. U Kuni odamlar to'zitib yuborilgan parvonalar kabi bo'lurlar.  

 

5. Tog’lar esa titilgan yung kabi (havoda uchib yuradigan) bo'lur.  

 

6. Bas, endi (o'sha kuni) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og’ir kelsa, 

 

7. ana o'sha qoniqarli maishatda bo'lur.  

 

8. Ammo, kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, 

 

9. uning joyi "jarlik"dir.  

 

10. Uning nima ekanini Sizga ne ham anglatur?! 

 

11. (U) (do'zaxdagi) lovullab yonuvchi olovdir.  

 

 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

463


TAKOSUR SURASI 

    


Takosur - to'plab ko'paytirish ishtiyoqida bo'lmoq demakdir.  

 

Surada mol-dunyo to'plash harakati bilan ovora bo'lib, Allohni yod etish va Uning buyruqlarini bajarishga vaqt 



topolmay qolgan dunyoparast kishilar qoralanadi. Lekin ular haqiqatni bilib, chuqur idrok etganlarida bunday 

qilmasliklari, dunyoparastlik oqibatini esa yaqinda, ya'ni, hayotdan ko'z yumgach hamda oxiratdagi jazoni 

muqarar ekanini bilganlaridan keyingina anglashlari, shuningdek, o'sha kuni ato etilgan ne'matlardan hisobot 

olinishi to'g’risida ogohlantiriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, insonlar,) sizlarni (mol-dunyo) ko'paytirish (Allohga ibodat qilishdan) mashg’ul qildi.  



 

2. Hatto maqbaralaringiz (ko'pligi bilan faxrlanish)gacha bordingiz.  

 

3. Yo'q! Yaqinda (buni oqibatini) bilursizlar.  

 

4.  Yana bir bor yo'qki, yaqinda bilursizlar! 

 

5.  Yo'q! Agar (dunyoparastlik oqibatini) aniq ilm bilan bilganingizda edi (uni do'st tutmas edingiz).  

 

6. Qasamki, albatta, sizlar do'zaxni ko'rasizlar! 

 

7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni ayni ishonch bilan ko'rasizlar! 

 

8. So'ngra ana o'sha Kunda, albatta, (sizlarga ato etilgan barcha) ne'matlar to'g’risida so'roq 

qilinursizlar! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

464


ASR SURASI 

    


Asr bilan Alloh taolo qasamyod etib, surada bayon etilgan to'rt xislatdan mahrumlikda yashagan insonning 

butun umri ziyonkorlik va baxtsizlikda o'tgan deb hisoblanishini ta'kidlaydi. U to'rt xislat-imon, solih amal, 

haqiqatparvar va sabrli bo'lishga bir-birini targ’ib etishdir.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Asrga qasamki, 

 

Izoh: Asr so'zi arab tilida bir necha mazmunga dalolat qiladi. Jumladan, asr namozi, har yuz yillik muddat, 



Payg’ambarimiz yashagan asr, siqib suvini chiqarish kabi ma'nolarni o'z ichiga oladi. Surada zikr etilgan asr 

so'zidan murod asr namozi yoxud asri saodat, ya'ni, Rasululloh yashagan asr maqsad qilingan bo'lishi mumkin. 

Vallohu a'lam.  

 

2. (har bir) inson ziyon (baxtsizlik)dadir! 



 

3. Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, bir-birlariga Haq (yo'li)ni tavsiya etgan va bir-

birlariga sabrli bo'lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan ustasnodirlar).  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

465


HUMAZA SURASI 

 

Humaza - birovning ortidan imo ishoralar bilan g'iybat qiluvchi shaxsdir. Surada dunyoparastlikka o'ta berilib, 



faqat boylikka suyanuvchi, o'zgalarni pisand qilmay ustilaridan kuluvchi kufrga ketgan shaxslar qoralanib, 

ularning oxirati achinarli ekani uqtiriladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy! 



 

2. Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan 

 

3. va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir.  

 

4. Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur! 

 

5. (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?! 

 

6.(U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki, 

 

7. (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur.  

 

8. Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir.  

 

9. (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

466


FIL SURASI 

    


Fil - ma'lum hayvon.  

 

Surada Payg'ambarimiz tavallud topgan yili ro'y bergan tarixiy va ibratli voqea qisqacha bayon etilgan.  



 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) Rabbingiz fil egalarini ne qilganini ko'rmadingizmi? 



 

2. (U) ularning makrlarini chalg'itib qo'ymadimi?! 

 

3. Ularning ustiga to'da-to'da qushlarni yubordi.  

 

4. (Ular) sopol toshlar bilan ularni otar edi.  

 

5. (Shunday qilib) ularni yeb (chaynab) tashlangan somondek qilib tashladi.  

 

Izoh: Fil voqeasining qisqacha bayoni shunday iboratki, milodiy 570 yili Yaman hokimi Abraha o'zi kofir-



mushrik bo'lgani yetmagandek, Makkadagi Ka'bani ziyorat qilinishiga hasad qilib, Yamanda bir ziyoratgoh 

qurdirgan va odamlarni uni ziyorat qilishga undagan. Bir guruh ziyoratchilar kelib, uning ichiga turli axlatlar 

tashlab, iflos bir holga keltirib ketishgan. Buni ko'rgan Abraha darg'azab bo'lib o'z qo'shini oldiga fili 

dammon, ya'ni imoratlarni buzishda foydalaniladigan filni solib yo'lga tushadi. Ka'baga yaqin qolganda Alloh 

taolo ular ustiga bir gala qushlarni yuboradi. Ularning har biri tumshug'iga qizitilgan tosh bilan Abraha 

qo'shinlari ustiga yopirilib kelib tosh yog’diradilar. Shu tariqa ularning hammasi yer bilan yakson bo'ladi. Bu 

yilning nomini Omul-fil - Fil yili deb nomlangan. Muhammad (a. s.) shu yili tavallud topganlar.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

467


QURAYSH SURASI 

    


Quraysh - Makkadagi o'n ikki qabilalarning biri. Muhammad (a.s.) shu qabilaga mansubdirlar. Surada Alloh 

taolo Quraysh ahliga O'zi ato etgan ne'matlarni eslatib, ularning shukronasi uchun Baytulloh egasiga ibodat 

qilishga buyuradi.   

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 

 

1. Quraysh (aholisi)ga qulay qilib qo'ygani uchun, 

 

2. ya'ni ularga qishda (Yamanga) va yozda (Shomga) safar qilishni qulay qilib qo'ygani uchun 

 

3. mana shu Uy(Ka'ba)ning Parvardigoriga ibodat qilsinlar! 

 

4. Zero, (U) ularni ochlikdan (qutqarib) taomlantirdi va xavf (va xatar)dan xotirjam qildi. 

 

Izoh: Surada Yamanga qishda, Shomga yozda safar qilish haqida aytildi. Makka ahli yozning issiq kunlari 



Yaman diyorlari o'ta qizib ketishini bilib, bu faslda salqinroq Shom diyoriga tijorat safarini uyushtirar, qishda 

kunlar biroz soviganda esa Yaman diyoriga safar qilar edilar. 

 

 



 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

468


MO'UN SURASI 

    


Mo'un - ro'zg'or buyumlari va anjomlari.  

 

Surada imonsiz bandalarning razil sifatlaridan ba'zilari sanab o'tiladi. Jumladan, oxirat jazosini inkor etish, 



yetim holidan xabar olmaslik, namozni unutish, riyokorlik qilish va ro'zg'or buyumlarini qizg'anish kabi 

nuqsonlar ibrat uchun bayon etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Dinni (oxirat jazosini) inkor etadigan kimsani ko'rdingizmi?! 



 

2. Bas, u yetimni jerkiydigan 

 

3. va miskin (bechora)ga taom berishga targ'ib qilmaydigan kimsadir. Izoh: Bu sifat egalari Makkaning 

ashaddiy kofirlaridir. Os ibn Voil, Valid ibn Mug'ira kabilardir. Oyat ular sha'niga doir bo'lsa-da, uning 

hukmi umumiy bo'lib, har bir momin-musulmon bu kabi salbiy xususiyatlardan xoli bo'lishiga harakat 

qilish zarurdir.  

 

4. Bas, shunday namozxonlar holiga voyki, 

 

5. ular namozlarini "unutib" qo'yadilar, 

 

6. riyokorlik qiladilar 

 

7. va ro'zg'or buyumlarini (kishilardan) man etadilar.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

469


KAVSAR SURASI 

    


Kavsar - Muhammad (a. s.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi 

asaldan totli, qor va sutdan oq. Undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko'rmaydi. Surada Payg'ambar (a. s.)ga 

O'zi ato etgan "Havzi Kavsar" ne'mati shukronasi sifatida namoz o'qish va qurbonlik qilishni Alloh taolo 

Muhammad (a. s.)dan talab etadi. Shuningdek, hasadchi dushmanlar esa bu kabi ne'matlardan mahrum 

ekanliklari eslatiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik. 

 

Izoh: Kavsar so'zining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud ekanligi tafsirlarda bayon etilgan. 



Masalan, Kavsar - bu kasir so'zining mubolag'a siyqasi, ya'ni juda ko'p (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato 

etdik, degan ma'noni ham anglatadi.  

 

2.  Bas, Rabbingiz uchun namoz o'qing va (tuya) so'yib qurbonlik qiling! 



 

3. Albatta, g'animingizning o'zi (barcha yaxshiliklardan) mahrumdir.  

 

Izoh: Sura oxirida Payg'ambar dushmanlarini ta'riflab Alloh taolo ular - abtar, deydi. Abtar so'zining ham bir 



necha tafsirlari mavjud. Masalan abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o'chadigan; nasl-nasabi 

quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg'ambar (a. s.)ga nisbatan mushriklar bu so'zni qo'llab, undan 

o'g'il farzand qolmadi, demak uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida, Alloh taolo shu 

qisqa sura orqali ularga raddiya berdi.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

470


KOFIRUN SURASI 

 

Kofirun - kofirlar demakdir 



 

Surada Payg'ambar (a. s.)ning Makkada yashagan davrlari, islomiy da'vatlarining dastlabki yillarida mushriklar 

Islom diniga kirishdan qochib, turli hiylalar ishlatishga o'tdilar. Shulardan biri Payg'ambar (a. s.) bilan kelishib 

olish. Ya'ni, ular islom dini ta'limotiga binoan Allohga ibodat qilishga bir shart bilan rozi bo'lmoqchi bo'ldilar. 

U ham bo'lsa, bir yil Muhammad (a. s.) ularning butlariga sig'inar emishlar, so'ngra bir yil ular Muhammad (a. 

s.)ning rabbiga sig'inar emishlar. Bu tutruqsiz taklifni qabul qilmasliklarini ta'kidlab, Alloh taolo O'z 

payg'ambariga amri ilohiy bilan buyurib, ularga bu kabi shirk aralashgan ibodatdan ko'ra hozircha har ikki taraf 

o'z dinida qolib, o'z dinida bo'lishining afzalligi aytilgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar! 



 

2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman.  

 

3. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.  

 

4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman.  

 

5. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar.  

 

6. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

471


NASR SURASI 

    


Nasr - yordam.  

 

Surada islom dini ravnaq topib, odamlar guruh-guruh bo'lib, unga kirayotgani Allohning ulug' ne'matlaridan 



ekanligi, buning uchun Allohga shukrona sifatida hamd, tasbeh va istig'for aytish zarurligi bayon etiladi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ey, Muhammad,) qachonki, Allohning yordami va g'alaba kelganda  

 

Izoh: Bu oyat bilan Alloh taolo o'z rasuli va habibiga yaqinda Makka ahlining hammasi guruh-guruh bo'lib 



islomga kirishi haqida bashorat bermoqda.  

 

2. va odamlar to'p-to'p bo'lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko'rganingizda, 



 

3. darhol, Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting va Undan maqfirat so'rang! Zero, U tavbalarni qabul 

qiluvchi zotdir.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

472


MASAD SURASI 

    


Masad - puxta tola, do'zax olovi. Suraning nomi "Tabbat" deb ham ataladi.  

 

Unda Payg'ambarimiz amakilaridan biri, ashaddiy kofir Abu Lahab va uning betavfiq xotini Ummu Jamilning 



jazolanishlari, har ikki dunyodagi tortadigan azob-uqubatlari haqida hikoya qilinadi.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1.Abu Lahabning qo'llari qurisin (halok bo'lsin)! Halok bo'ldi ham.  

 

2. Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi.  

 

3. Yaqinda (u) olovda toblanajak.  

 

4. Shuningdek, o'tin tashuvchi xotini ham.  

 

5. Bo'ynida puxta eshilgan arqoni ham bo'lur.  

 

Izoh: Abu Lahabning asl nomi Abdul-Uzzo bo'lgan. Ma'nosi Uzzo degan butning quli demakdir. Alloh taolo o'z 



qulini but quli deb atashdan or qilib, uni Abu Lahab - alangali, deb laqabladi. Bu yerdagi alanga ikki narsaga 

dalolat qiladi. Biri uning yuzi doimo qizarib, lovullab turganligidan shu laqab berilgan bo'lsa, ikkinchidan 

oxiratda do'zax alangasida yonishi muqarrar ekanligiga dalolat qilsin deb Alloh taolo shu nom bilan atadi.  

 

Abu Lahab bilan uning xotini Muhammad (a. s.)ga eng ko'p aziyat yetkazgan kofirlardan hisoblanadi. Bu 

betavfiq xotin tikanli o'tinlarni terib kelib, Rasululloh yuradigan yo'llariga tashlar ekan. Surada uning bo'ynida 

o'tin bog'lab yurgan arqoni bog'liq holda eri bilan birga jahannamga tushajagi to'g'risida xabar berilgan.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

473


IXLOS SURASI 

 

Ixlos - xolis qilish, (imonni) poklash. Sura Makka mushriklarining Alloh to'g'risidagi noto'g'ri e'tiqodlariga 



raddiya hamda Payg'ambarimizga "Parvardigoringning naslu nasabi ne?" deb bergan johilona savollarga javob 

tariqasida nozil qilingan. Zero, ularning aqidalari bo'yicha, Alloh yagona emas, u ba'zi narsalarga muhtoj, 

Uning farzandlari bor, boshqa ma'budalarda ham ilohiy kuch-qudrat bor degan buzuq va botil mafkura mavjud 

edi. Surada ularga qisqa va qat'iy javob qilingan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling