Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet51/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72

 

39. (Sulaymonga dedik): "Mana shu Bizning (senga) ato etganimizdir. Bas, sen (ularni) ehson qil yoki 

(o'zingda) saqla, (sendan bu to'g'rida) hisobot olinmas".  

 

40. Albatta, (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go'zal oqibat (jannat) bordir.  

 

41. (Ey, Muhammad,) bandamiz Ayyub Parvardigoriga nido qilib: "Meni shayton mashaqqat va azobga 

tutdi", - degan paytini eslang! 

 

42. (Shunda unga aytildi): "Oyog'ing bilan (yerni) tepgin! (chashma otilib chiqur). Mana shu sovuqqina 

cho'miladigan va ichimlik suvidir".  

 

43. Biz O'z tomonimizdan marhamat ko'rsatib hamda aql egalariga eslatma bo'lishi uchun, (Ayyubga) 



ahli (oilasi)ni va ular bilan qo'shib, yana o'shalarning mislicha (farzand) ato etdik.  

 

44. (Yana Biz Ayyubga aytdik): "Qo'lingga bir bog' (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin - 

qasamingni buzmagin". Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qiluvchi deb topdik. U naqadar yaxshi 

bandadir! Haqiqatan, u (Alloh yo'liga) butunlay qaytuvchidir!  

 

Izoh: "Hiylai shar'iy" degan ibora shu oyatga o'xshagan dalillarga asoslanib to'qilgan bo'lishi kerak. Ayyub (a. 



s.) og'ir betob bo'lgan kezlarida, xotinlari yaxshi parvarish qilmaganlari tufayli "Tuzalganimdan keyin seni yuz 

qamchi uraman" - deb qasam ichib qo'ygan ekanlar. Shu qasamlarini ro'yobga chiqarib, gunohkor bo'lib 

qolmasliklari uchun Alloh taolo yuzta mayda novdani bir dasta qilib, o'sha bilan xotinlarini bir marta urib 

qo'yishlikni buyurgan ekan.  

 

45. (Ey, Muhammad,) quvvat va farosat egalari bo'lgan bandalarimiz - Ibrohim, Ishoq va Ya'qublarni 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

310


eslang! 

 

46. Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik.  

 

47. Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.  

 

48. Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir.  

 

49. Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat -  

 

50. ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir.  

 

51. Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar.  

 

52. Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur.  

 

53. Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir.  

 

54. Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas.  

 

55. (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat -  

 

56. ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u! 

 

57. Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar! 

 

58. Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur! 

 

59. (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli 

jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan, 

ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir".  

 

60. Ular (ergashganlar) deydilar: "Yo'q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki), sizlar u (azob)ni bizlarga 

keltirdingiz! Bas, naqadar yomon qarorgoh (bu do'zax)!" 

 

61. Ular (yana) derlar: "Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo'lsa, bas, O'zing unga 

do'zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin".  

 

62. (Jahannam ahli bir-birlariga) ayturlar: "Nega bizlar (dunyoda) yomonlardan deb hisoblab yurgan 



kishilarni (mo'minlarni do'zaxda) ko'rmayapmiz-a?! 

 

63. Bizlar o'shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular shu yerda-yu,) ko'zlarimiz ulardan 

chalg'idimikan?!" 

 

64. Albatta, do'zax ahlining ana shunday tortishishlari muqarrar haqdir.  

 

65. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men faqat (bir) ogohlantiruvchidirman. Yagona va g'olib Allohdan o'zga 

iloh yo'q.  

 

66. U osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsaning qudratli va mag'firatli 

Parvardigoridir".  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

311


67. Ayting: "Bu (so'zlar) buyuk bir xabardir.  

 

68. Sizlar esa undan yuz o'giruvchidirsizlar! 

 

69. Menda bahslashayotgan oliy guruh (farishtalar) haqida hech qanday bilim yo'q edi.  

 

70. Menga faqat o'zimning aniq ogohlantiruvchi ekanligim vahiy qilinadi, xolos".  

 

71. Eslang, Rabbingiz farishtalarga degan edi: "Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman.  

 

72. Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so'ng, unga sajda qilgan hollaringizda 

yiqilinglar!" 

 

73. Bas, farishtlarning barchalari jam bo'lib, (Odam uchun) sajda qildilar.  

 

74. Faqat Iblisgina kibrlanib, kofirlardan bo'ldi.  

 

75. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, "qo'lim" bilan yaratgan narsaga sajda qilishdan seni nima man 

etdi?! Kibr qildingmi yoki sen (Odamga nisbatan) oliy (zot)lardan edingmi?!"  

 

76. U aytdi: "Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding".  

 

77. (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Zero, sen (dargohimdan) quvilgan (mal'un)san! 

 

78. Yana, to jazo kuni (qiyomat)gacha senga Mening la'natim bo'lur".  

 

79. (Iblis iltijo qilib) dedi: "Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o'lmaslikka) 

muhlat bergin".  

 

80. (Alloh) dedi: "Sen muhlat berilganlardandirsan 

 

81. ma'lum vaqt kunigacha (qiyomatgacha)".  

 

82. (Iblis) aytdi: "Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta, ularning hammasini yo'ldan ozdirurman.  

 

83. Faqat ularning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar)".  

 

84. (Alloh) dedi: "Haqqa (qasam). Faqat haqni ayturmanki, 



 

85. albatta, Men jahannamni sen va ular orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan 

to'ldirurman!" 

 

86. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Men (Payg'ambarligim uchun) sizlardan haq so'ramayman va 

men (payg'ambarlikni o'zimcha) da'vo qiluvchilardan ham emasman.  

 

87. (Ushbu Qur'on) faqat olamlar uchun eslatmadir.  

 

88. Qasamki, sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarini (ozgina) vaqtdan so'ng (Qiyomat 

kuni), albatta, bilursizlar".  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

312


ZUMAR SURASI     

 

Zumar - guruhlar demakdir. Surada qiyomat kuni odamlar jannat va do'zaxga guruh-guruh bo'lib kirishlari 



tasvirlangan. Binobarin, suraga ham shu nom berilgan. Undagi oyatlarda Alloh taolo o'z bandalariga turli 

hayotiy misollar keltirib, O'zining qudrat va hikmatlarini bayon etish bilan oxiratga tayyorlanish yo'llarini 

ko'rsatadi. .  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. (Ushbu Qur'on) qodir va hakim - Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.  

 

2. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga bu Kitobni haqiqatan nozil qildik, bas, Siz Allohga - dinni Unga 

xolis qilgan holda ibodat qiling! 

 

3. (Ey, insonlar,) ogoh bo'lingizkim, xolis din yolg'iz Allohnikidir. Undan o'zga "do'stlar"ni ("iloh") qilib 

olgan kimsalar: "Biz faqat ularga bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz" (derlar). 

Shubha yo'qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o'rtasida hukm 

qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va noshukr kimsalarni hidoyat qilmas.  

 

4. Agar Alloh farzand tutishni istasa, so'zsiz, O'zi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan bo'lur 

edi. U (bunday aybdan) pokdir. U yagona va g'olib Allohdir! 

 

5. U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o'rar, kunduzni 

kechaning ustidan o'rar. U quyoshni ham, oyni ham (O'z amriga) bo'yin sundirib qo'ygandir. (Ularning) 

har biri ma'lum muddatgacha joriy bo'lur. Ogoh bo'lingizkim, U qudratli va o'ta kechirimli zotdir! 

 

6. (U) sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi, so'ngra undan juftini (Havvoni paydo) qildi va sizlar 



uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi (dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida 

uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh - Rabbingizdir. Hukmronlik faqat 

Unikidir. Undan o'zga (hech) iloh yo'q. Bas, (Unga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!  

 

Izoh: Sakkiz juft chorva mollaridan murod - tuya, mol, qo'y va echkilardan erkak va urg'ochisi qo'shib 



hisoblaganda, sakkizta bo'lishi nazarda tutilgan.  

 

7. Agar sizlar kofir bo'lsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U O'z bandalarining kofir 



bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. 

Hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra 

qaytishlaringiz Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berur. Albatta, 

U dillardagi sirlarni biluvchidir.  

 

8. Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, u Parvardigoriga tavba-tazarru bilan duo qilur. So'ngra, 

qachonki, (Alloh) O'z tomonidan unga biror ne'mat ato etsa, ilgari (Allohga) qilgan duolarini unutib 

qo'yar va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan ozdirish uchun Unga "teng"larni (o'ylab) topur. (Ey, 

Muhammad,) ayting: "Sen o'z kufring bilan (dunyoda) ozgina foydalanib qol! Albatta, sen do'zax 

ahlidandirsan".  

 

9. Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qo'rqadigan va 

Parvadigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting: "Biladiganlar 

bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?!" Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar.  

 

10. (Ey, Muhammad), Mening imon keltirgan bandalarimga ayting: "Parvardigoringizdan qo'rqingiz! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

313


Bu dunyoda ezgu ish qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat - jannat) bordir. Allohning yeri 

kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur". 

 

11. Ayting: "Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.  



 

12. Yana, musulmonlarning avvali bo'lishga buyurilganman".  

 

13. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga osiy bo'lishga ulug' Kunning azobidan qo'rqurman".  

 

14. Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman.  

 

15. Endi sizlar (ey, mushriklar,) Uni qo'yib, xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar". (Ey, 

Muhammad,) ayting: "Haqiqiy ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga ham, ahli (oila)lariga ham 

ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingizkim, ana shu aniq ziyondir".  

 

16. Ular uchun ustilaridan ham olovdan bo'lgan "soyabonlar", ostilaridan ham (olovdan bo'lgan) 

"soyabonlar" bo'lur. Bu (bo'lajak azob-uqubat) bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitishidir. Ey, 

bandalarim, Mendan qo'rqingiz! 

 

17. Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo'lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. Bas, 

(ey, Muhammad,) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, 

 

18. ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat 

etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.  

 

19. Axir, bir kimsaga azob So'zi (hukmi) muqarrar bo'lsa (Siz uni hidoyat qila olarmidingiz)?! Axir, Siz 

do'zaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?! 

 

20. Lekin Parvardigorlaridan qo'rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan ko'shklar bo'lib, 

ularning ostidan anhorlar oqib turar. (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh va'daga xilof qilmas.  

 

21. Alloh osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerda buloqlar shaklida oqizib qo'yganini 

ko'rmadingizmi? So'ngra u (suv)ning vositasida har xil ekinlarni chiqarur, so'ngra u qurir, so'ng Siz uni 

sarg'aygan holda ko'rasiz, so'ngra (Alloh) uni xazonga aylantirur. Albatta, bunda aql egalari uchun 

eslatma bordir.  

 

22. Axir, ko'ksini Alloh Islom uchun (keng) ochib qo'ygan, o'zi esa, Parvardigori (tomoni)dan nur 



(hidoyat) uzra turgan kishi (boshqalar bilan barobar bo'lurmi)?! Bas, dillari Allohning eslashdan qotib 

qolgan kimsalar holiga voy! Ular aniq zalolatdadirlar.  

 

23. Alloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir 

Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab 

ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning 

hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning 

uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.  

 

24. Axir, qiyomat Kuni yomon azobdan yuzi bilan "saqlanadigan" kimsa (azobdan tinch kishi bilan 

barobar bo'lurmi)?! (U kunda) zolim (kofir)larga: "O'zlaringiz kasb qilib olgan narsani (dinsizlik 

"meva"sini) totib ko'ringlar!" - deyiladi.  

 

25. Ulardan oldingilar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarida, ularga o'zlari 

sezmaydigan tomondan azob kelgan edi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

314


 

26. Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida rasvolikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. 

Agar ular (jazoning qattiqligini) bilsalar edi (payg'ambarlarni inkor etmagan bo'lur edilar).  

 

27. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masallarni keltirdik. Shoyad eslatma olsalar.  

 

28. (Biz uni) qing'ir joyi bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo'rqsalar.  

 

29. Alloh (shunday) bir masal keltirdi: bir kishi (qul) borki, uning ustida talashuvchi sheriklar bor. Yana 

bir kishi (qul) borki, butunic ha bir kishinikidir. Ikkisining misoli barobar bo'lurmi?! Hamd Alloh 

uchundir. Ha, ularning ko'plari bilmaslar.  

 

30. (Ey, Muhammad,) albatta, Siz ham o'luvchidirsiz, ular ham o'luvchidirlar.  

 

31. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat Kuni Rabbingiz huzurida da'volashursizlar.  

 

 



YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’ 

************************* 

 

32. Axir, Alloh sha'niga (shirk va farzandni nisbat berib) yolg'on so'zlagan va rostgo'ylik (vahiy)ni o'ziga 



kelgan paytidayoq inkor etgan kimsadan kim ham zolimroqdir yoki jahannamda kofirlar uchun joy 

yo'qmi?! 

 

33. Rostlikni keltirgan zot (Muhammad) va uni tasdiq etgan (mo'minlar) - aynan o'shalar taqvoli 

zotlardir.  

 

34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (jannatda) xohlagan narsalari bordir. Bu ezgu ish qiluvchi 

kishilarning mukofotidir.  

 

35. (Bu) Allohning ular qilgan yomon amallarini o'chirib, qilib o'tgan chiroyli amallarining savobi bilan 

mukofotlashi uchundir.  

 

36. Alloh O'z bandasiga (Muhammadga uni asrashda) yetarli emasmi?! (Ey, Muhammad,) ular Sizni 

(Allohdan) o'zga narsalar bilan qo'rqiturlar. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun (biror) 

hidoyat qiluvchi bo'lmas. 

 

Izoh: Ular Muhammad (a. s.)ni qo'rqitish maqsadida: "Sen bizning ma'budalarimizni tahqirlaganing uchun 



ular senga biror musibat yetkazurlar", - der edilar. 

  

37. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, uning uchun biror yo'ldan ozdiruvchi bo'lmas. Alloh qudratli va 



(dushmanlardan) intiqom oluvchi emasmi?! 

 

38. Qasamki, agar Siz ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan",- deb so'rasangiz, ular, albatta: 

"Alloh", - derlar. Ayting: "Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan butlaringiz - 

agar Alloh menga biror ziyon yetkazishni istasa - ular Uning ziyonini arita oluvchimilar? Yoki (Alloh) 

menga biror marhamat qilishni iroda qilsa, o'sha (butlar) Uning marhamatini ushlab qoluvchimilar?!" 

Ayting: "Menga Allohning O'zi yetarlidir. Tavakkul qiluvchilar faqat Unga tavakkul qilurlar".  

 

39. Ayting: "Ey, qavmim, joyingizda turib (ya'ni, kufrdan qaytmay) amalingizni qilaveringiz. Men ham 

amal qiluvchidirman. Bas, yaqinda bilursizlar, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

315


 

40. kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini".  

 

41. Biz Sizga (bu) Kitobni haqiqatan barcha odamlar uchun nozil qildik. Bas, kimki hidoyat yo'liga 



yursa, o'zi uchun yurgan bo'lur. Kimki (yo'ldan) ozsa ham o'zining zarariga ozgan bo'lur. Siz ularning 

ustidan vakil (qo'riqchi) emassiz.  

 

42. Jonlarni o'lgan vaqtida, o'lmaganlarni esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas, O'zi o'limga hukm 

qilgan jonlarni (qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ajallari 

yetguncha) qo'yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir.  

 

43. Balki ular Allohdan o'zga "oqlovchilar"ni ushlagandirlar. (Ey, Muhammad,) ayting: "Agar ular 

biror narsaga ega bo'la olmaydigan va (haqiqatni) anglamaydigan bo'lsalar-chi?!" 

 

44. Ayting: "Barcha shafoat (oqlov) faqat Allohnikidir. Osmonlar va Yerning hukmronligi ham 

Unikidir. So'ngra (barchalaringiz) Ungagina qaytarilursizlar".  

 

45. Qachonki, yolg'iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. 

Qachonki, U zotdan o'zga (but)lar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib keturlar.  

 

46. Ayting: "Allohim, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratuvchisi, (ey) yashirin va oshkor narsalarni biluvchi 

zot, yolg'iz O'zinggina bandalaring o'rtasida ular ixtilof qilib o'tgan narsalar xususida hukm qilursan".  

 

47. Agar zolim (kofir) kimsalar uchun yerdagi (bor) narsa va u bilan birga yana o'shaning mislicha narsa 

bo'lsa, albatta, ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o'sha (narsalar)ni to'lov qilib berib 

yuborgan bo'lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o'ylab ham ko'rmagan narsalar 

(azoblar) namoyon bo'lur.  

 

48. Ularga o'zlari kasb etgan yomonliklari oshkor bo'ladi va ularni o'zlari (dunyoda) masxara qilib 



o'tgan narsa (azob) o'rab oladi.  

 

49. Bas, qachonki, insonga biror ziyon yetsa, bizga duo qilur. So'ngra, qachonki, Biz O'z tomonimizdan 

unga biror ne'mat ato etsak, u, shubhasiz, bu (ne'mat) menga o'zimning bilimdonligim sababli berildi", - 

der. Aslida u sinovdir. Lekin, ularning aksariyati bilmaslar.  

 

50. U (so'z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o'zlari topgan narsalari asqotgani yo'q.  

 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling