Tarjima haqida


O'zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur'on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga imon


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72

60. O'zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur'on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga imon 

keltirgan, deb hisoblaydiganlarning hukm so'rab, Tog'ut (shayton) huzuriga borishni xohlayotganlarini 

ko'rmadingizmi? Vaholanki, uni inkor etishlikka buyurilgan edilar. Shayton esa, ularni (to'g'ri yo'ldan) 

uzoq (muddat) adashtirishni xohlaydi.  

 

61. Ularga: "Alloh nozil etgan (Qur'on) va Payg'ambar (so'zlarini muzokara qilish)ga kelingizlar", - 

deyilsa, munofiqlarning Sizdan (qochib) teskari qarab ketishlarini ko'rasiz.  

 

62. O'z qilmishlari tufayli boshlariga biror musibat tushgandan keyin, Sizga kelib: "Biz faqat yaxshilikni 

va o'rtani isloh etishni xohlagan edik", - deb, Alloh (nomi) bilan qasam ichganlarida qanday (bahona) 

bo'larkin?!  

 

63. Ana o'shalarning dillaridagi (nifoq)ni Alloh bilur. Bas, Siz ulardan yuz o'giring va ularga nasihat 

qiling hamda o'zlari haqida yetuk so'z ayting!  

 

64. Qaysi bir payg'ambarni yuborgan bo'lsak, Allohning izni bilan unga itoat qilinishi uchun 

(yuborganmiz). Agar ular o'zlariga zulm qilgach, darhol Sizga kelishib, Allohdan kechirim 

so'raganlarida va Payg'ambar ham ular uchun kechirim so'raganda, Allohni kechiruvchi va rahm-

shafqatli topgan bo'lur edilar.  

 

65. Bas, Rabbingiz haqqi, ular o'rtalaridan chiqqan nizolarga Sizni hakam qilmagunlaricha va so'ngra 

chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, zinhor imon 

keltirmagaylar.  

 

66. Agar Biz ularga: "O'zlaringizni o'ldiring yoki yurtingizdan chiqib keting", - deb buyurganimizda 



edi, ozchiligidan boshqasi uni qilmagan bo'lur edilar. Bordiyu, ularga aytilgan nasihatlarga (amal) 

qilganlarida edi, o'zlari uchun yaxshiroq va (imonlari) mustahkamroq bo'lur edi.  

 

67. O'shanda (Biz ham) ularga O'z huzurimizdan ulkan mukofot bergan bo'lur edik.  

 

68. Shuningdek, ularni to'g'ri yo'lga hidoyat qilgan bo'lur edik.  

 

69. Kimda-kim Alloh va Payg'ambarga itoat etsa, aynan o'shalar Allohning in'omiga erishgan zotlar - 

payg'ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solih kishilar bilan birgadirlar. Ular hamroh sifatida naqadar 

go'zaldir!  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

58

Izoh: Siddiqlar deganda ilohiy ma'lumotlarga chin dildan ishonib, ularni dil bilan tasdiq etuvchi zotlar 



tushuniladi. Tasavvufda payg'ambarlikdan keyingi eng yuqori martaba siddiqlik martabasidir. Bu martabaga 

birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq (r. a. ) erishganlar. (Kosoniy "Silsilai siddiqiyn" kitobiga qaralsin).  

 

70. Bu Allohdan (bo'lgan) fazldir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir.  



 

71. Ey, imon keltirganlar! (Yovga nisbatan) ehtiyot chorasini ko'rgach, guruh-guruh bo'lib yoki 

hammangiz jam bo'lib chiqingiz!  

 

Izoh: Bu va keyingi oyatlar Madinaga ko'chib kelgan muhojirlar va ansorlardan iborat musulmonlarni 



dushmandan ogohlantirish, ularga zulm o'tkazgan Makka mushriklariga qarshi harakatlarda ishtirok etishga 

undash bilan birga undan bosh tortuvchilarni tanqid qilmoqda.  

 

72. Darhaqiqat, ichlaringizda (jangga bormay) ortda qoladigan, sizlarga biror musibat yetsa, "Alloh 



yorlaqab ular bilan birga (jangga) hozir bo'lmadim", - deydiganlar ham bor.  

 

73. Bordiyu sizlarga Allohdan fazl (g'alaba) yetsa, xuddi sizlar bilan uning o'rtasida aloqa bo'lmagandek, 

"Koshki edi, men ham ular bilan birga bo'lganimda ulkan yutuq (o'lja)ga erishgan bo'lur edim",- deb, 

aytishi ham aniq.  

 

74. Alloh yo'lida dunyo hayoti evaziga oxiratni sotib oladiganlar jang qilsinlar! Kimdakim Alloh yo'lida 

jang qilsayu, o'ldirilsa yoki g'alaba qilsa, albatta, unga ulkan mukofot ato etajakmiz.  

 

75. Sizlarga ne bo'ldiki, Alloh yo'lida va "Ey, Rabbimiz, aholisi zolim bo'lgan ushbu shahardan bizni 



chiqargin, bizga O'z huzuringdan bir do'st bergin va bizga O'z huzuringdan bir yordamchi ato etgin!" - 

deyayotgan bechora erkak, ayol va bolalar (ozodligi) uchun jang qilmaysizlar?!  

 

76. Imon keltirganlar Alloh yo'lida jang qiladilar. Kofirlar (esa) Tog'ut (shayton) yo'lida jang qiladilar. 

(Sizlar) shaytonning do'stlariga qarshi jang qilinglar! Albatta, shaytonning makri zaifdir.  

 

77. "Qo'llaringizni (jangdan) tiyib, (hozircha) namoz o'qib, zakot berib turingiz!" deyilgan (kishi)larni 

ko'rmadingizmi? Ularga jang farz qilingach esa, bir qismi xuddi Allohdan qo'rqqandek yoki undan ham 

ko'proq odamlardan qo'rqa boshladilar va aytdilarki: "Ey, Rabbimiz! Nega bizga jangni farz qilding? 

Bizni (ajalimizni) ozgina muddatga kechiktirsang bo'lmasmidi?" Ayting: "Dunyo matosi (lazzati) ozdir. 

Taqvoli kishiga esa oxirat yaxshidir. Xurmoning dumicha ham (Alloh tarafidan) zulm qilinmaysizlar".  

 

78. Qayerda bo'lsangiz ham o'lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal'alar ichida bo'lsangiz ham. 

Ularga biror yaxshilik yetsa, "Bu - Allohdan", - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, "Bu - 

Sizdan", - deb aytadilar. "Hammasi Allohdandir", - deng (ularga). Bu qavm kishilariga nima bo'ldiki, 

gapni anglay olmaydilar?!  

 

79. Sizga qanday yaxshilik yetsa, u Allohdandir. Sizga qanday noxushlik yetsa, u o'zingizdandir. Sizni 

odamlarga payg'ambar qilib yuborganmiz. Guvohlikka (esa) Alloh (O'zi) yetarlidir.  

 

Izoh: Bu oyatdagi "Sizga" deb qilinayotgan xitob faqat Payg'ambar (a. s.) ga emas, balki hammaga tegishlidir.  

 

80. Kimda-kim Payg'ambarga itoat etsa, demak, u Allohga itoat etibdi. Kimda-kim bosh tortsa, Sizni 

ular ustidan qo'riqlovchi qilib yuborganimiz yo'q.  

 

81. "Itoat (etamiz)" deydilar, lekin huzuringizdan chiqqanlarida, ularning bir toifasi Siz aytgan gapning 

teskarisiga til biriktiradilar. Alloh (ularning) til biriktirishlarini yozib qo'ygan. Siz esa, ulardan yuz 

o'girib, Allohga tavakkul qiling. Alloh vakillikka kifoyadir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

59

 



82. Qur'on (oyatlarining ma'nolari) haqida (chuqurroq) fikr yuritmaydilarmi?! Agar (u) Allohdan 

o'zganing huzuridan (kelgan) bo'lsa edi, unda ko'p ixtiloflarni topgan bo'lur edilar.  

 

83. Ularga (jang maydonidan) omonlik yoki xavfli ish (xabari) kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar uni 

Payg'ambarga yoki o'zlaridan bo'lgan amirlarga yetkazsalar, uni bilib olishni istovchilar o'shalardan 

(so'rab) bilaverar edilar. Agar sizlarga Allohning fazli va rahmati bo'lmasa edi, ozchilikdan tashqari

(ko'plaringiz) shaytonga ergashib ketgan bo'lar edingiz.  

 

84. Bas, Alloh yo'lida jang qiling! (Siz) O'zingizdan boshqalar uchun javobgar emassiz. Mo'minlarni 

(jangga) undang, shoyad (shunda) Alloh kofirlarning shiddatini so'ndirsa. Allohning shiddati eng keskin 

va jazosi ashaddiydir.  

 

85. Kimda-kim yaxshi shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba (savob) 

bo'lur. Kimda-kim yomon shafoat ila (birovni) himoya qilsa, unga ham o'sha (himoyasi)dan nasiba 

(gunoh) bo'lur. Alloh har narsaga qodirdir.  

 

86. Qachon sizlarga biror salomlashish bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar 

yoki o'sha (ibora)ni qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchidir.  

 

Izoh: Hadisi sharifda aytilganidek, salom beruvchi "Assalomu alaykum" desa, "Va alaykum assalomu va 



rahmatulloh" deb alik olinadi. Agar u "Assalomu alaykum va rahmatulloh" deb salom bersa, "Va alaykum 

assalomu va rahmatullohi va barakotuh" deb alik olinadi. Shunday qilinganda, oyatda buyurilgandek, 

chiroyliroq qilib alik olingan bo'ladi. Salom beruvchi "va barakotuh" qo'shimchasini ham qo'shsa, alik oluvchi 

ham o'sha qo'shimchadan nariga o'tmasligi lozim. Mazkur oyatda bunga ishorat bor. Salom odoblaridan 

piyodaga suvora (ulovdagi odam), ko'pchilikka ozchilik, o'tirgan yoki o'rnidan turganga yurgan kishilar salom 

berish kabilarga rioya etish tavsiya etiladi. Lekin kichikdan oldin katta yoshdagi odam kamtarlik uchun salom 

bersa bu fazilatdir. Salom berishlik sunnat, alik olishlik esa farz ekanligi mazkur oyati karima mazmunidan 

olingan.  

 

87. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) sizlarni, albatta, qiyomat kuniga yig'ajakkim, unda shubha 

yo'qdir. Kim ham Allohdan to'g'riso'zroq ekan?!  

 

88. Sizlarga ne bo'ldikim, munofiqlarga nisbatan ikki guruh (bo'lib oldingizlar)?! Holbuki, Alloh ularni 

qilmishlari tufayli (oldingi hollariga) qaytardi. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyatga 

solmoqchimisizlar? Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, unga sira yo'l topa olmaysiz.  

 

Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishiga sabab bir guruh munofiqlarning Badr jangiga chiqish uchun Rasulullohdan 



ruxsat olib jang qilish o'rniga borib mushriklar safiga qo'shilib ketishlari bo'lgan. Musulmonlar ular to'g'risida 

o'zaro ixtilof qilishib ba'zilari ularni kofir desa, boshqalari musulmon deb turganlarida, ushbu oyat bilan qat'iy 

xulosaga kelingan.  

 

89. Ular o'zlari kofir bo'lganlaridek, sizlar ham kofir bo'lib, (ular bilan) barobar bo'lishlaringni 



istaydilar. To Alloh yo'lida hijrat qilmagunlaricha, ulardan (hech kimni) do'st tutmangizlar! Agar bosh 

tortsalar, ularni qayerda topsangiz, tutib o'ldiringizlar! Ulardan hech bir do'st va yordamchi tutmangiz! 

 

90. Faqat oralaringizda ahdlashuv bo'lgan qavmga kelib qo'shilgan yoki sizlar bilan yoxud o'z qavmi 

bilan urushaverib, dillari tang bo'lgach, huzurlaringizga (qaytib) kelganlar (bundan mustasnodir). Agar 

Alloh xohlasa, ularni ustilaringga hukmron qilib qo'ygan va ular, albatta, sizlarga qarshi jang qilgan 

bo'lur edilar. Agar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay, sulhni taklif qilsalar, Alloh ularga 

qarshi sizlar uchun yo'l bermaydi.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

60

91. Yana (ulardan) boshqa (munofiq)larni ham uchratasizlarki, ular sizlardan ham xotirjam, o'z 



qavmlaridan ham xotirjam bo'lishni xohlaydilar. Qachon bir fitna (kufr)ga burib qo'yilsalar 

(chaqirilsalar), o'zlarini unga oturlar. Agar ular sizlardan chetlanmasalar, sulhni (ham) taklif qilmasalar 

va qo'llarini ham (sizlarga qarshi urushishdan) tiymasalar, ularni tutib, qayerda topsangiz 

o'ldiraveringiz! Ana o'shalar ustidan sizlarga aniq hukmronlik berib qo'ydik.  

 

92. Mo'min (ikkinchi bir) mo'minni faqat yanglishibgina o'ldirib qo'yishi mumkin. Kimda-kim mo'minni 



yanglishib o'ldirgan bo'lsa, (uning zimmasiga) bir mo'min qulni ozod qilish va u (marhum)ning oilasiga - 

agar kechib yubormasalar - xun to'lash (farzdir). Agar (marhum) sizga dushman qavmdan bo'lib, o'zi 

mo'min bo'lsa, bir mo'min qulni ozod qilish (buyuriladi). Agar u sizlar bilan ular o'rtasida sulh 

(tuzilgan) qavmdan bo'lsa, uning oilasiga xun to'lash va bir mo'min qulni ozod qilish (buyuriladi). 

Kimda-kim (qul) topmasa, Allohdan kechirim so'rab, ikki oy muttasil ro'za tutish (bilan kifoyalanadi). 

Alloh bilimli va hikmatlidir.  

 

Izoh: Ya'ni xun to'lash bilan birga ikki oy muttasil ro'za tutadi. Muttasil deganda bir kun tutib, ikkinchi kun 



tutmay emas, balki 60 kun uzluksiz tutish bir qul ozod qilganning o'rniga o'tadi.  

 

93. Kimda-kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga 



Alloh g'azab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo'ygay.  

 

94. Ey, imon keltirganlar! Alloh yo'lida (jang uchun) safarga chiqsangiz, aniq ish tuting! Sizlarga salom 

bergan kishiga bu dunyo foydasini ko'zlab: "Mo'min emassan", - demangiz! Allohning huzurida ko'p 

o'ljalar (bordir). Ilgari sizlar ham shunday (mo'minligingizni sir tutadigan) edingiz, (so'ngra) sizlarga 

Alloh ne'mat ato etdi. Bas, aniqlab ish tutingiz! Albatta, Alloh ishlaringizdan xabardordir.  

 

Izoh: Bir necha sahobalar Madina tashqarisiga chiqqanlarida bir guruh mushriklarga duch keladilar. 



Sahobalardan qo'rqib tarqab ketishganda, Mirdos ismli mushrik qolib ularga salom beradi va Imon kalimasini 

aytadi. Shunga qaramay uni o'ldirib, narsalarini o'lja qilib keltirgan Zayd (yoki Miqdod)ni Rosul alayhis-salom 

qattiq koyiydilar.  

 

95. Beuzr bo'la turib (uyida) o'tiruvchi mo'minlar bilan Alloh yo'lida mollari va jonlari bilan jihod 



qiluvchilar teng bo'lmaydilar. Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarni (uyida) o'tiruvchilardan 

(ko'ra) ortiq darajali qildi. Hammasiga ham Alloh chiroyli (savob) va'da qildi. Alloh ulkan mukofot 

(taqsimi)da o'tiruvchilardan ko'ra mujohidlarni buyuk ajr bilan afzal etdi.  

 

Izoh: "Haj" surasining 39-40- oyatlariga muvofiq, Makka mushriklaridan qattiq aziyat chekkan 



musulmonlarga, Madinaga kelib qaror topganlaridan keyin ulardan qasos olishga Alloh tomonidan ruxsat 

etiladi. Jihod so'zi hamma vaqt ham jang va urush mazmunida emas, balki jiddu jaxd, ca'y-harakat, ijtihod, 

kurash ma'nolarida ham keladi.  

 

96. Undan (berilmish) darajalar, mag'firat va rahmat (ham shular jumlasidandir). Alloh kechiruvchi va 



rahmlidir.  

 

97. Albatta, o'zlariga (hijratdan bosh tortib) zulm qiluvchilarning jonini olgan farishtalar (ularga): 

"Qaysi holda bo'ldingizlar?" - desalar, ular: "Yer yuzida bechorahol edik", - deb aytadilar. 

(Farishtalar): "Allohning yeri unda hijrat qilishlaring uchun (yetarlicha) keng emasmidi?" - deydilar. 

Ana o'shalarning joyi jahannamdir. Naqadar noxush joy u!  

 

98. Faqat biror chora-tadbirga qodir bo'lmagan va (hijratga) yo'l topa olmaydigan nochor erkak, ayol va 

bolalar borki,  

 

99. aynan o'shalarni, shoyad Alloh afv etsa. Alloh afv etuvchi, kechiruvchi zotdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

61

 



100. Kimda-kim Alloh yo'lida hijrat qilsa, yer (yuzi)da ko'p boshpana va kenglik topadi. Har kim Alloh 

va Uning payg'ambari sari hijrat qilib, (o'z) uyidan chiqsayu, so'ngra (yo'lda) unga o'lim yetsa, albatta, 

uning mukofoti Alloh zimmasidadir. Alloh kechiruvchi va rahmlidir.  

 

101. Yer (yuzi) bo'ylab safar qilganingizda, agar kofirlarning sizlarga fitna (hujum) qilishidan 

qo'rqsangiz, namozni qasr (qisqa) qilishingizda sizlar uchun gunoh yo'qdir. Kofirlar sizlarga aniq 

dushmandir.  

 

Izoh:Safarga chiquvchilarga shariati Islomiya qator yengilliklar beradi. Ulardan biri to'rt rak'atli farz 



namozlarni ikki rak'atli qilib qisqartirishdir. Bunga "qasr" deyiladi. Uch rak'atli shom namozi qisqartirilmaydi. 

Yana safarda vitr va bomdod namozlarining sunnatidan boshqa sunnat namozlar ham o'qilmaydi. Safarda 

Ramazon oyining ro'zasini ham tutmasdan, keyin qazosini tutishga ruxsat etiladi.  

 

102. Har qachon Siz (ey, Muhammad), ular (sahobalaringiz) orasida bo'lib, namozlariga imomlik 

qilsangiz, (ularni ikki qismga bo'ling!) ulardan bir qismi Siz bilan birga (namozga) tursin! (Ikkinchi 

qism) qurollarini olsin (va yovdan mudofaa qilib tursin). Sajda qilishgach (ya'ni, bir rak'at o'qishgach), 

ortingizga (qo'riqlash uchun) borib tursinlar. O'qimagan qism kelib, Siz bilan (namozni) o'qisin! Yana, 

ehtiyot choralarini ko'rib, qurollarini (qo'lga) olsinlar. Kofirlar sizlar qurol va anjomlaringizdan 

g'aflatda bo'lgan paytingizda birdaniga hamla qilishni xohlaydilar. Agar yomg'irdan aziyat cheksangiz 

yoki bemor bo'lsangizlar, qurollaringizni (yechib) qo'ysangiz, sizlarga gunoh bo'lmas. (Ammo) ehtiyot 

choralaringizni ko'rib qo'ying! Albatta, Alloh kofirlar uchun xorlovchi azobni tayyorlab qo'ygandir.  

 

103. Namozni ado etib bo'lganingizdan so'ng, turgan, o'tirgan va yonboshlagan hollaringizda (ham 

doimo) Allohni yod eting! (Yov xavfidan) xotirjam bo'lsangiz, namozni (mukammal) ado etingiz. Zero, 

namoz mo'minlarga vaqti tayin etilgan va (farz etib) bitilgandir.  

 

104. Qavm (yov)ning iziga tushishda sustlik qilmangiz! Agar (urushdan) azob chekayotgan bo'lsangiz, 

ular ham xuddi sizlardek azob chekmoqdalar. Sizlar Allohdan ular umid qilmagan narsani umid 

qilasizlar*. Alloh bilim va hikmat egasidir.  

 

Izoh:Ular umid qilmagan narsalar turiga shahidlik va jannat ne'matlari kiradi.  

 

105. Albatta, Biz Sizga ushbu Kitob (Qur'on)ni odamlar orasida Alloh ko'rsatgan yo'l bilan hukm 

etishingiz uchun barhaq nozil etdik. Xoinlarga esa homiy bo'lmang!  

 

106. Yana, Allohdan kechirim so'rang. Albatta, Alloh kechiruvchi va rahmlidir.  



 

107. O'zlariga xiyonat qiluvchilar haqida tortishib o'tirmang. Albatta, Alloh xiyonatchi va jinoyatchi 

bo'lgan kimsani sevmaydi.  

 

Izoh:Bu oyat madinalik To''ma ibn Ubayriq degan shaxs xususida nozil qilingan. U o'z qo'shnisining sovutini 



o'g'irlab, boshqa xonadonga yashirib qo'yadi. Rasululloh huzurida uni oqlaganlarida ularga ishonib To''mani 

himoya qilganlar. Oyatda xiyonatchilar qoralanib, Payg'ambar (a. s.) orqali barcha musulmonlarga xiyonatchi 

va jinoyatchilar yonini olmaslikka chaqirilmoqda.  

 

108. (Jinoyatlarini) odamlardan yashiradilar, (lekin) Allohdan yashira olmaydilar. (Alloh) rozi 



bo'lmaydigan gaplar rejasini xufyona tuzayotganlarida (ham) U ular bilan birga edi. Alloh ularning 

qilmishlarini qamrab oluvchidir.  

 

109. Ey, sizlar! (Bu) dunyo hayotida-ku ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida ularni kim himoya 

qilib, yonlarini olur yoki ularga kim vakil bo'lur?!  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

62

 



110. Kimda-kim biror yomon ish qilsa yoki o'z joniga jabr qilsa, so'ngra Allohdan kechirim so'rasa, 

Allohning (qanchalik) kechiruvchan va rahmli ekanini idrok etadi.  

 

111. Har kim gunoh (ish) qilsa, faqat o'zining zarariga qilgan bo'lur. Alloh bilim va hikmat egasidir.  

 

112. Har kim biror xatolik yoki gunoh ishga qo'l ursa-yu, so'ngra unda begunoh odamni ayblasa, albatta, 

bo'hton va aniq gunohni (bo'ynida) ko'targan bo'lur.  

 

113. Agar Sizga Allohning fazli va rahmati bo'lmaganida edi, ularning bir toifasi Sizni adashtirishga 

azmu qaror qilgan edilar. Ular o'zlarinigina adashtiradilar. Sizga esa biror zarar yetkazmaydilar. Alloh 

Sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmaganingizni bildirdi. Allohning Sizga (nisbatan) fazli 

buyukdir.  

 

114. Ularning ko'pgina shivir-shivirlarida - agar sadaqa berishga yoki ezgulikka buyurishga yoxud 



odamlar o'rtasini isloh qilishga buyurmagan bo'lsa - yaxshilik yo'qdir. Kimda-kim Alloh rizosi uchun 

shuni qilsa, unga ulkan mukofot berajakmiz.  

 

115. Kimda-kim hidoyat unga aniq bo'lgandan keyin Payg'ambarga muxoliflik qilsa, mo'minlar yo'lidan 

o'zgasiga ergashsa, Biz uni o'zi ketayotgan yo'liga qo'yib beramiz va (oxiratda) uni jahannamda 

toblaymiz. Naqadar noxush joy u!  

 

116. Albatta, Alloh Unga (biror narsa) sherik qilinishini kechirmaydi. Bundan o'zga (gunohlar)ni (O'zi) 

xohlagan kishilar uchun kechirgay. Kimda-kim Allohga shirk keltirsa, demak, u (yo'ldan) juda uzoqqa 

adashibdi.  

 

Izoh: "Ahli sunnat va jamoat", ya'ni, biz musulmonlarning aqidamizga ko'ra, musulmon odam kattami, kichikmi 



gunoh qilsa, kofir bo'lmaydi, balki gunohkor bo'ladi. Gunohni esa kechirish yoki kechirmaslik Allohning 

ixtiyoridadir. Kechirilmaydigan gunoh - bu shirk va kufrdir. Mazkur oyat shu aqidaga asos bo'la oladi.  

 

117. Ular (mushriklar) Allohni qo'yib, faqat ayollar (Lot, Uzzo va Manot otli but-sanamlar)ga 



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling