Tarjima haqida
taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri (kelmay turib) shoshqaloqlik qildingizmi?" - deb (qo'llaridagi) lavhlarni tashlab, akasining boshi (sochi)dan tutib o'ziga tortdi. (Akasi Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li! Bu qavm meni zaif bilib, o'ldirishlariga sal qoldi. Endi, sen (ham) meni dushmanlarga kulgi qilmagin va meni zolimlar (safi)ga qo'shmagin!" 151. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Meni va birodarimni mag'firat qilib, bizni rahmatingga kiritgaysan. Sen rahmlilarning rahmlirog'idirsan!" 152. Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari (tarafi)dan g'azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir. (Yolg'on va bo'hton) to'quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz. 153. Gunohlarni qilib, so'ngra ulardan keyin tavba qilgan va imon keltirgan kishilar uchun, shulardan keyin (ham) Rabbingiz kechirimli va rahmlidir. 154. Musoning g'azabi so'ngach, lavhlarni (yerdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan qo'rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.
yuborganida, ular sinib ketgan edi, desalar, boshqasi ular sinmagan edi, deydilar. Yana boshqa bir mufassir Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 104
lavhlar singan edi, lekin Muso ularni yig'ib turib, yangi nusxa ko'chirib olgan edilar, deb ta'kidlaydilar.
qattiq zilzila tutgan paytda (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Xohlasang ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan bo'lur eding. Ichimizdagi nodonlarning qilmishlari uchun bizlarni halok qilasanmi?! Bu faqat bir sinovingdirki, u orqali xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan. O'zing egamizsan. Bas, bizlarni mag'firat et (kechir) va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning (eng) yaxshisidirsan.
"Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni taqvoda bo'luvchilar, zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman.
"Asoying bilan toshni urgin!" - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. Har bir (urug'ga tegishli) odamlar o'z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog'dirib: "Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan yenglar" (dedik). Ular (itoatsizliklari bilan) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlariga zulm qiladigan bo'ldilar.
surasida ham takror kelgan.
oziqlaningiz hamda "kechir" deb, sajda qilgan holingizda darvozadan kiringiz, shunda sizlarning xato (gunoh)laringizni kechiramiz. Ezgu amal qiluvchilarga (savobimizni) ziyoda qilurmiz", - deyilganini (eslang). 162. Bas, ulardan zolim bo'lganlari ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Natijada zulm qilganlari sababli ularga osmondan azob yubordik. 163. Ulardan dengiz bo'yida joylashgan qishloq (ahli) haqida so'rang! Qaysiki, shanbalik (bayrami) qilgan (ovlamagan) kunlarida baliqlari ular sari suv betida oqib kelar, shanbalik qilmagan kunida esa (baliqlari) ular sari kelmas edi. Ana shu shanbalikda (ular) haddan oshar edilar. Shu tarzda ularni buzg'unchiliklari bilan sinaymiz. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 105
Izoh: Shanba kuni voqeasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, Dovud (a. s.) zamonlarida Ayla yoki Madyan shahrining yahudiy xalqi uchun ulug' sanalmish shanba kuni baliq ovlash Alloh tarafidan sinov maqsadida man etilgan edi. Ular qarashsa, baliqlar ov qilinadigan qirg'oqqa shanba kuni ko'p, boshqa kunlar oz kelarmish. Turli hiylalarni o'ylab topishga kirishadilar. Shayton ularga shanba kuni ovlamaslik, lekin bir tomondan hovuz kovlab, oqib kelgan baliqlarga shanba kuni qo'l tekizmay hovuzga kiritib, yakshanba kuni yig'ib olishni o'rgatadi. Natijada ular Allohning la'natiga qolib, maymunga aylanib qoladilar. Ov taqiqlangandan keyin ular uch toifaga bo'linib olgan edilar. Birinchi toifa orasidagi mazkur hiyla bilan ovni davom ettiruvchilar, ikkinchisi ovdan saqlanib, boshqalarni ham undan qaytaruvchilar. Uchinchisi o'zlari ham ovlamay, boshqalarni ham qaytarmaydiganlar. Keyingi oyatda ikkinchi va uchinchi toifa haqidagi munozara bayon etilgan.
bo'lgan qavmga nasihat qilyapsizlar?" - deyishganda, (nasihatgo'ylar): "Rabbingizga ("Aytdik, lekin itoat qilishmadi", - deb) uzr aytishar va taqvo qilishar degan umidda (nasihat qildik)", - dedilar. 165. Ularga eslatilgan narsani unutishgach, yomonlikdan qaytaruvchilarga najot berdik va zulm qilganlarni esa buzg'unchiliklari sababli yomon azobga tutdik. 166. Ularga man etilgan ishdan (qaytmasdan) o'jarlik qilganlarida: "Qadrsiz maymunlarga aylaningiz!" - deb ularga (qarg'ish so'zini) aytdik. 167. Rabbingiz ular ustiga to qiyomat kunigacha ularni qattiq azob bilan qiynaydigan kishilarni yuborib turajagini e'lon qildi. Albatta, Rabbingiz jazosi shitob va albatta, U kechirimli va rahmli (ham)dir. 168. Ularni (yahudiylarni) Yer yuzi bo'ylab turli xalqlarga bo'lib tashladik. Ular ichida solih (yaxshi)lari ham, undan berilari ham bor. Ularni zora (to'g'ri yo'lga) qaytsalar, deb yaxshilik (ne'mat)lar va yomonlik (musibat)lar bilan sinab ko'rdik. 169. Ular ortidan Kitob (Tavrot)ga merosxo'r bir avlod kelib, bu dunyo matohini oladigan va "Biz kechirilamiz" deydigan (bo'ldilar). Vaholanki, ularga uning barobarida (yana) matoh kelib qolsa, olaveradilar. Axir, ulardan Alloh sha'niga faqat haq (gaplar)ni aytishlari uchun Kitob (Tavrot) ahdi olinmaganmidi? Undagi (oyat)larni o'rgangan ham edilar-ku! Oxirat diyori taqvo qiluvchilar uchun (dunyo matohidan) yaxshidir. Bas, (buni) anglamaysizlarmi?! 170. Kitob (Tavrot)ni mahkam tutib, namozni mukammal o'qiydiganlar esa, (bilib qo'ysinlarki,) Biz islohotchilar (ahli salohlar) mukofotini zoye qilmagaymiz.
keltirganlarga ikki barobar ajr ato qilurmiz.
tushib ketadi, deb o'yladilar. (Shunda Biz aytdik): "Sizlarga keltirgan narsamiz (Tavrot)ni mahkam tutingiz va taqvoli bo'lishingiz uchun undagi narsa (oyatlar)ni yod etingiz!". 172. Rabbingiz Odam o'g'illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o'zlariga guvoh qilib turib: "Men Rabbingiz emasmanmi?" (dedi). (Ular): "Yo'g'e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik", - dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g'ofil (bexabar) edik"
ahdlashuvning hikmatlaridan biri shuki, qiyomat kuni mushriklar: "Biz Allohning yagonaligini va bizning ham rabbimiz ekanini bilmay, ota-bobolarimiz kabi mushrik holda o'tibmiz. Ularning xatosiga bizlarni sherik Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 106
qilasanmi?" - deyishi mumkin bo'lgan da'vosiga javoban Alloh taolo mazkur oyat orqali o'sha ahdlashuv jarayonini eslatib qo'ymoqda.
(O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" - deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik). 174. Shu tarzda oyatlar tafsilotini qilurmiz va shoyad (ular yomon yo'ldan) qaytsalar. 175. (Ey, Muhammad!) Oyatlarimizni berganimizda ulardan chiqib ketgan (amal qilmagan) odamni shayton (o'ziga) ergashtirib olgani, natijada (u) adashganlardan bo'lib qolgani (haqidagi qissa)ni ularga o'qib bering! 176. Agar xohlaganimizda, uni ular (oyatlar) sababli (martabasini) ko'targan bo'lur edik. Lekin, u yerga hirs qo'ydi va (nafs) havosiga ergashdi. Uning misoli go'yo bir itdirki, unga hamla qilsang ham (tilini osiltirib) hansiraydi, o'z holiga qo'ysang ham hansirayveradi. Bu o'sha oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni (ularga) aytib bering, zora tafakkur qilsalar! 177. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misoli qanday ham mudhishdir?! (Ular) o'zlariga zulm qilar edilar. 178. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, bas, o'sha (odam) to'g'ri yo'l topuvchidir. Kimni adashtirgan bo'lsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir.
bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o'shalar g'ofillardir. 180. Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar. 181. Yaratganlarimiz ichida haq (yo'l)ga hidoyat qiladigan va u (haq) bilan adolat qiladigan ummat (jamoat) ham bordir. 182. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, (ular) bilmaydigan jihatdan "darajali" qilib (o'z holiga vaqtincha qo'yib berib) turamiz. 183. Ularga muhlat beraman. "Makrim" esa qattiqdir. 184. Tafakkur qilmaydilarmi?! Ularning sohibi (Muhammad)da hech qanday majnunlik yo'q. U faqat aniq ogohlantiruvchidir. 185. Osmonlar va Yerning mulku saltanatiga, Alloh yaratgan har (bir) narsa va ajal (muddat)lari yaqinlashib qolganiga (bir) nazar tashlamadilarmi?! Undan (Qur'on inkoridan) keyin (yana) qaysi gapga ishonar ham edilar?! 186. Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, uni to'g'ri yo'lga solib qo'yuvchi (odam) yo'qdir. U (kabi)larni o'z tug'yoni (haddan oshgan hollari)da gangib yurishlariga qo'yib beradi. 187. Sizdan (ey, Muhammad!) qiyomat haqida, uning qachon qoim bo'lishini so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi Rabbim huzuridadir. Uning vaqti (kelgani)da uni O'zi bildiradi. (Qiyomat) osmonlar va Yerga Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 107
og'irlik (tushkunlik) qilur. Sizlarga (u) to'satdan kelib qolur". Sizdan go'yo u haqda vakil (xabardor bo'lganingiz)dek so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi (aniq ma'lumoti) Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar".
emasman. Agar g'ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko'p qilgan bo'lur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bo'lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman". 189. U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi. (Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar). 190. Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar. Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir.
qo'yishga undaydi. Havvo xuddi shunday qiladilar. Bu oyatda bu ishni shirk keltirish deb tanqid qilinmoqda. Boshqa tafsirlarda bu kabi shirkiy nom qo'yish Odam Atodan to Muhammad (a. s.) davrilarigacha ham davom etib kelgan. Masalan, Abdu Manof, Abdul-Uzzo, Abduddor va hokazo. Oyatda umumiy holda barcha noto'g'ri nom qo'yuvchilar tanqid etilmoqda, deyiladi.
qiladilarmi?! 192. Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar. 193. Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir.
197. Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham yordam bermaydi". 198. Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin ko'rmasliklarini kuzatasiz. 199. Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring! 200. Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 108
201. Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular (haqni) ko'ruvchidirlar. 202. Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar. 203. Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting: "Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir". 204. Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar! 205. Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang! 206. Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 109
ANFOL SURASI
Anfol - o'ljalar. Surada urush-jang, o'lja taqsimoti, imon, e'tiqod, taqvo, amali solih va boshqa muhim masalalar haqida ilohiy ko'rsatmalar berilgan. Unda asosan Badr jangi voqealari batafsil bayon etilgan. Ma'lumki, Badr jangi hijratning ikkinchi yili ramazon oyida Madinaga yaqin Badr qishlog'ida kechgan. Bu jangda musulmonlar ozchilik, kam qurollangan bo'lishiga qaramasdan, ko'psonli va puxta qurollangan mushriklar to'dasi ustidan g'alaba qozonganlar. Yov qo'shinlaridan yetmish kishi halok etilib, yana yetmish kishi asir olingan va katta o'lja qo'lga kiritilgan. Jangdan keyingi o'lja taqsimida ayrim musulmonlar o'rtasida nizo chiqqani bois, surada ularga pand- nasihatlar qilinadi.
Bas, Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz! Agar mo'min bo'lsangizlar, Alloh va (Uning) rasuliga itoat etingizlar!
kelishmovchilik ro'y bergan. Muhammad (a. s.) ularni sulhga keltirib, o'ljani hammasiga barobar taqsim qilganlar.
qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan, 3. namozni mukammal o'qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir. 4. Aynan o'shalar haqiqiy mo'minlardir. Ular uchun Parvardigorlari huzurida darajalar va farovon rizq (bordir). 5. (Bu) Rabbingiz uyingizdan Sizni haq (yo'l) bilan chiqargani kabidir. Mo'minlardan bir guruhi esa (bu chiqishni) yoqtirmaydiganlardir. 6. Siz bilan haq to'g'risida (u) ayon bo'lgandan keyin bahslashmoqdalar. (Bu) go'yoki, qarab turgan hollarida, ularni o'lim sari haydalayotgandekdir. 7. Allohning ikki toifadan biri sizlarga bo'ladi, deb va'da qilganini eslang. Vaholanki, shavkatli bo'lmagani sizlarga bo'lishini xohlaysizlar. Alloh (esa) o'z kalima (amr)lari bilan haqni haqqa chiqarish va kofirlarni tor-mor qilishni xohlaydi.
lashkari. Ma'lumki, Madinada hijratdan keyin Islom rivoj topib, musulmonlar qad rostlab olganlaridan keyin mushriklardan qasos olish fursati yetgan edi. Zero, musulmonlar Makkada uy-joylarini, yer va bog'larini tashlab hijrat qilib ketgan edilar. Makka mushriklari ularning qoldirib ketgan mol-mulk va boyliklarini o'zlashtirib olgan edilar. Shuning uchun ham mushriklar savdogarlik yo'li bilan karvonlarda Madina atrofida o'tib qolsalar, muhojir musulmonlar ularning yo'llarini to'sib, o'z mol-mulklari evaziga mushriklarning matoh va ashyolarini o'lja qilib olishga harakat qilar edilar. Bunga Alloh ham, rasuli ham rozilik bergan edilar. Bu oyatdagi ikki toifaning biri Shomdan qaytayotgan Makka mushriklari edi. Ularni qarshi olish uchun Rasululloh bir guruh sahobalar bilan yo'lga chiqadilar. Bundan xabar topgan Makka mushriklari katta qo'shin to'plab Madina sari yo'l oladilar. Shunda Payg'ambar (a. s.) Allohning amri bilan karvonni qo'yib, yov lashkari bilan jang qilishni ixtiyor etadilar. Ba'zi sahobalar e'tiroz bildirib: "Tayyor karvon o'lja bo'lib turganda, yovning katta qo'shiniga bas kelib bo'ladimi?" - deb norozilik bildirganlar. Ko'pchiligi esa Payg'ambarga itoat etishni Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling