Tarjima haqida


sizlar uchun yaxshidir. Bordiyu (tavbadan) bosh tortsangiz, u holda bilib qo'yingizki, sizlar Allohni ojiz


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72

sizlar uchun yaxshidir. Bordiyu (tavbadan) bosh tortsangiz, u holda bilib qo'yingizki, sizlar Allohni ojiz 

qoldiruvchi emassiz. (Ey, Muhammad!) Kofir bo'lganlarga alamli azob haqida "xushxabar" bering!  

 

4. Ammo sizlar (mo'minlar) ahdlashgan mushriklar keyin sizlarga biror narsada noqislik (vafosizlik) 

qilmasalar va sizlarga qarshi hech kim bilan hamkorlik qilmasalar, u holda ularning ahdlarini 

(belgilangan) muddatlarigacha yetkazingiz! Albatta, Alloh taqvolilarni yaxshi ko'rgay.  

 

5. (Urush) harom qilingan oylar chiqishi bilan mushriklarni topgan joyingizda o'ldiringiz, tutingiz (asir 

olingiz), qamal qilingiz va har qanday pistirmalarda ularni kuzatib turingiz! Agar tavba qilib, namozni 

mukammal ado etsalar va zakot bersalar, ularni qo'yib yuboringiz! Albatta, Alloh kechirimli va 

rahmlidir.  

 

6. Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning 

kalomini eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan qavm 

bo'lganlaridandir.  

 

7. Alloh nazdida va Rasuli nazdida qanday ham mushriklarda ahd (vafo) bo'lsin?! Ammo sizlar (bilan) 



Masjidi Harom (Ka'ba) oldida ahdlashganlar esa, modomiki (ular ahdlarida) sizlar uchun to'g'ri turar 

ekanlar, (sizlar ham) ular uchun to'g'ri turingiz! Albatta, Alloh taqvodorlarni sevgay.  

 

8. (Ha) qanday ham?! Vaholanki, agar sizlarni yengsalar, sizlar uchun na ahdni va na shartni rioya 

qiladilar. Og'izlarida sizlarni rozi qiladilaru, dillari inkor etib (jirkanib) turadi. Aksariyatlari fosiq 

(itoatsiz)dirlar.  

 

9. Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotadilar-da, Uning yo'lidan (odamlarni) to'sadilar. Ularning 

qilmishlari naqadar yomon?!  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

117


10. Mo'min (odam) uchun na ahdga va na shartga rioya qiladilar. Ana o'shalar tajovuzkor (ham)dirlar.  

 

11. Agar tavba qilsalar va namozni mukammal ado etib, zakot bersalar, u holda (ular) sizlarning din 

jihatdan birodarlaringizdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon eturmiz.  

 

12. Agar ahdlashganlaridan keyin (uni) buzsalar va sizlarga diningizni ta'na qilsalar, unda (bu kabi) 

kufr peshvolariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun (hech qanday muqaddas) qasamlar yo'qdir. 

Shoyad (shunda qilmishlaridan) qaytsalar.  

 

13. Qasamlarini buzgan va Payg'ambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o'zlari 

birinchi bo'lib sizlarga qarshi (jang) boshlaganlar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo'rqasizlarmi?! 

Bas, qo'rqishlaringga Alloh haqliroqdir, agar mo'min esangiz.  

 

14. Ular bilan urushingiz, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo'llaringiz bilan azoblaydi, (asirga tushirib) 



sharmsor qiladi va sizlarni ular ustidan g'alaba qozontiradi hamda mo'minlar qavmi siynalariga shifo 

beradi  

 

15. va dillaridagi alamni ketkazadi. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning tavbasini qabul etadi. Alloh 

bilimli va hikmatli (zot)dir.  

 

16. Yoki sizlardan (Haq yo'lida) kurashgan va Allohdan, Rasulidan va mo'minlardan o'zgalarni 

(sirdosh) do'st tutmaganlarni Alloh bilmay (sinamay) o'z hollaringizga tashlab qo'yilasizlar, deb 

hisobladingizmi? Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogohdir.  

 

17. Mushriklar o'zlarining kofirliklariga guvoh bo'lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari 

mumkin emas. Ana o'shalarning qilgan ishlari habata (behuda) ketib, do'zaxda o'zlari mangu qolurlar.  

 

18. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni mukammal o'qigan, 

zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqanlar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan 

bo'lishlari mumkin.  

 

19. Hojiga suv ulashish va Masjidi Haromni obod qilish (vazifalarini o'tayotganlar)ni Allohga va oxirat 

kuniga ishongan va Alloh yo'lida kurashganlar bilan teng qildingizmi?! Alloh nazdida (ular) teng 

bo'lmaydilar. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay.  

 

Izoh: Abbos, Shayba kabi Makka mushriklarini Ali ibn Abi Tolib(r. a. ) Payg'ambarga qarshi kurashganlikda 



ayblagach, ular: "Biz ham hojilarga suv ulashish, Ka'baning obodonchiligi kabi savobli ishlarni qilyabmiz-

ku!"- deya e'tiroz bildirganlarida, mazkur oyat nozil etilgan.  

 

20. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (toatida) mollari va jonlari bilan kurashganlar 



Allohning nazdida darajalari ulkan zotlardir va aynan o'shalar yutuq egalaridir.  

 

21. Parvardigorlari ularga O'z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne'matlari doimiy (bo'lmish) 



jannat (bog')lari to'g'risida xushxabar berur.  

 

22. (Ular) o'sha joylarda mangu qolurlar. Albatta, Allohning huzuridagina ulkan mukofot(lar) bordir.  

 

23. Ey, imon keltirganlar! Agar imondan kufrni yaxshiroq ko'rsalar, ota-onalaringiz va aka-

ukalaringizni (ham) do'st tutmangiz! Sizlardan kimki ularni do'st tutsa, bas, ana o'shalar zolimlardir.  

 

24. Ayting (ey, Muhammad): "Agar otalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, xotinlaringiz, 

qarindoshlaringiz, mehnat bilan topgan mol-mulklaringiz, kasod bo'lishidan qo'rqqan tijoratingiz va 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

118


yoqtirgan maskanlaringiz, sizlar uchun Alloh va Rasulidan (Madinaga hijrat qilishdan), Uning (toati) 

yo'lidagi jiddu jahd qilishdan (ko'ra) suyukliroq bo'lsa, (unda) to Alloh o'z amri (azobi)ni keltirguniga 

qadar kutib turingiz! Alloh (esa) fosiqlar qavmini hidoyat etmagay. "  

 

Izoh: Bu oyati karima Makkadan Madinaga hijrat qilishdan bosh tortgan musulmonlarga tahdid sifatida nozil 



bo'lgan. Zero o'sha paytda Makkada qolish go'yoki, Islomdan qaytish, musulmonlar safini kamaytirish, 

mushriklar sonini esa ko'paytirishdek hisoblangan.  

 

25. Alloh sizlarni ko'p joylarda va (xususan) Hunayn kunida g'olib etdi. O'shanda (son jihatdan) 



ko'pligingiz sizlarni mag'rurlantirgan edi, ammo (bu) sizlardan biror narsani daf qila olmadi va o'zining 

(shuncha) kengligi bilan yer (sizlarga) tanglik qilib qoldi. So'ngra ortingizga chekindingiz.  

 

Izoh: Hunayn Makka tevaragidagi vodiy bo'lib, Havozin Qabilasi boshligi Molik 20 ming kishilik lashkar bilan 



musulmonlar ustiga bostirib kirganda, shu erda harbiy to'qnashuv ro'y bergan. Suraning 25-28-oyatlarida shu 

xususida bayonot berilgan.  

 

26. So'ngra Alloh Rasuliga va mo'minlarga O'zining taskini (xotirjamligi)ni nozil etdi hamda sizlar oldin 



ko'rmagan lashkarlar (farishtalar)ni tushirdi va kofir bo'lganlarni azobladi. Bu kofirlarning jazosidir.  

 

27. So'ngra, o'sha (jang)dan keyin Alloh (O'zi) xohlaganlarning tavbasini qabul etadi. Alloh kechirimli 



va rahmlidir.  

 

28. Ey, imon keltirganlar! Albatta, mushriklar najas (nopok)dirlar*. Shu yillaridan keyin (ular) Masjidi 

Harom (Ka'ba)ga yaqinlashmasinlar! Agar (sizlar) faqirlikdan qo'rqsangiz, Alloh xohlasa, O'z fazli bilan 

sizlarni boyitajak. Albatta, Alloh bilimli va hikmatli (zot)dir.  

 

Izoh(a): Bu yerdagi nopoklikni ma'naviy jihatdan izohlanadigan bo'lsa, mushriklar qalbidagi shirk bamisoli 



najasdirkim, u tavhidga ziddir. Uni moddiy jihatdan izohlansa, shirk va kufr ahli aksari hollarda nopok 

yurishlari nazarda tutilgan bo'ladi. Masalan, janobatdan g'usl qilmaslik, shar'an halol va harom sanalgan 

narsalarning farqiga bormaslik kabi. Hijratning to'qqizinchi yilidan boshlab ularga Ka'ba va uning haramiga 

kirish ta'qiqlandi. Izon(b): Ba'zi musulmonlar Ka'ba atrofiga mushrik tujjorlari kelmaydigan bo'lsa, kundalik 

ehtiyoj mollariga tanqislik hosil bo'lishidan xavotirga tushganlarida mazkur oyat nozil qilindi.  

 

29. Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom 



sanamaydigan, haq din (Islom)ni din qilib olmaydigan ahli kitoblardan iborat kishilarga qarshi - to ular 

o'zlarini past tutib, jizya (soliq)ni naqd bermagunlaricha - jang qilingiz!  

 

30. Yahudiylar: "Uzayr - Allohning o'g'li", - dedilar, nasroniylar: "(Iso) Masih - Allohning o'g'li", - 

dedilar. Bu ularning og'izlaridagi (botil) gaplaridir. (Bu gaplari) xuddi avvalgi kofir bo'lganlarning 

gapiga o'xshaydi. Alloh ursin ularni! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar?!  

 

31. (Ular) Allohni qo'yib, o'zlarining donishmandlari va rohiblarini hamda Masih ibn Maryamni rabb 

(iloh) qilib oldilar. Vaholanki, Yolg'iz Allohgagina ibodat qilishga buyurilgan edilar. Undan o'zga iloh 

yo'q! (Ularning) keltirgan shirklaridan U pokdir.  

 

32. (Ular) Allohning nuri (dini)ni og'izlari (inkorlari va shirklari) bilan o'chirmoqchi (yo'q qilmoqchi) 

bo'ladilar. Alloh esa, garchi kofirlar yoqtirmasalar-da, O'z nurini kamoliga yetkazmasdan qo'ymagay.  

 

33. U Rasulini hidoyat va haq din bilan - garchi mushriklar yoqtirmasalar-da - barcha dinlar uzra g'olib 

qilish uchun yuborgan zotdir.  

 

34. Ey, imon keltirganlar! (Nasroniy) din peshvolari va rohiblarning ko'pchiligi odamlarning mollarini 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

119


nohaqlik bilan yeydilar va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sadilar. Oltin va kumushlarni kon (maxfiy 

xazina) qilib olib, ularni Alloh yo'lida sarf qilmaydiganlarga alamli azob "xushxabari"ni bering!  

 

35. (Mazkur oltin-kumushlar) jahannam o'tida qizitilib, ular bilan peshonalari, yonlari, orqalari 

kuydirilgan kuni: "Bu o'zlaringiz uchun saqlagan xazinangizdir. Saqlagan xazinangiz (mazasini) 

totingiz!" (deyiladi).  

 

36. Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi - Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi 

bitigiga muvofiq - o'n ikki oydir. Ulardan to'rttasi (urush) harom qilingan oylardir*. Ana shu to'g'ri 

dindir. Bas, o'sha (oy)larda jang qilib o'zlaringizga zulm qilmangiz! Mushriklar (mazkur to'rt oy 

asnosida) sizlarga yoppasiga urush ochsalar, (sizlar ham) ularga yoppasiga urush ochingiz! Yana, bilib 

qo'yingizki, Alloh taqvolilar bilan birgadir!*  

 

Izoh(a): Urush harom qilingan to'rt oy - Zil-qa'da, Zil-hijja, Muharram va Rajab oylaridir. Izoh(b): Ushbu oyat 



dalolat qiladiki, Islomda mushriklar bilan jang qilish, balki umuman urushishga faqat zarurat taqozosi bilan 

ruxsat etiladi va shunda ham taqvoni qo'ldan bermaslik va tajobuzkorlikka o'tmaslikka buyuriladi.  

 

37. Albatta, (hurmatli oylarni) kechiktirish ortiqcha kofirlikdir. U bilan kofir bo'lganlarni chalg'itilur. 



(Ular) uni bir yil halolga, bir yil haromga chiqarib, Alloh harom qilgan (oylar) adadiga (o'zlaricha) 

moslab oladilar. Shu tarzda Alloh harom qilgan narsani "halollab" oladilar. Ularga (bu) yomon ishlari 

ziynatli (tuyuladigan) qilib qo'yildi. Alloh kofirlar qavmini hidoyatga boshlamagay.  

 

38. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga ne bo'ldiki, Alloh yo'lida (yovga qarshi) qo'zg'alingiz, deyilsa, yerga 

og'irligingizni solasiz (chiqmay o'tirasiz)?! Oxiratdan (kechib) dunyo hayotiga rozi bo'lasizmi? Oxiratga 

nisbatan dunyo hayotining matohi (lazzati juda) ozdir!  

 

39. Agar (yovga qarshi) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblab, o'rningizga sizdan 

boshqa qavmni keltirur. Sizlar (esa) Unga biror narsada zarar yetkaza olmaysiz. Alloh har narsaga 

qodirdir.  

 

Izoh: Tabuk voqeasiga doir oyatlar.  



 Suraning mazkur va boshqa qator oyatlarida shu voqea tavsiloti beriladi. Tabuk-Madina bilan Shom 

o'rtasidagi bir voha.  

 

 Hijratning to'qqizinchi yili Vizantiya harbiy qo'shini musulmonlar ustiga bostirib kelayotgani haqida ovoza 

Rasul(a. s.)ga etib kelgach, ko'p sonli qo'shin to'plab, din va yurt mudofaasi uchun mazkur bodiyga etib 

keladilar. Lekin Vizantiyaning hech qanday bosqinchilik niyati yo'qligi ma'lum bo'lgach, to'qnashuvsiz qaytib 

keladilar. Bu voqea asnosida musulmonlar orasidagi tilidagina imon keltirgan ko'plab munofiqlarning sirlari 

fosh bo'ladi.  

 

40. Agar sizlar unga (Muhammadga) yordam qilmasangiz, Alloh (O'zi) unga yordam qilgan. Qachonki, 



uni kofirlar ikki kishining biri sifatida (vatanidan) chiqarib yuborganlarida, ikkovilari g'orda turib, 

(Muhammad) hamrohi (Abu Bakr)ga: "Tashvish chekma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!" - degan 

edi*. Shunda Alloh unga taskin (xotirjamlik) nozil etdi va sizlar ko'rmagan lashkarlar (farishtalar) bilan 

uni quvvatladi hamda kofir bo'lganlar so'zini tuban qildi. Allohning so'zi esa, u yuksakdir. Alloh 

qudratli va hikmatli (zot)dir.  

 

Izoh: Ushbu oyatda g'or qissasiga ishorat qilinmoqda. Ya'ni Makka mushriklari musulmonlarga qanchalik 



tazyiq o'tkazmasinlar, ular dindan qaytmadilar. Bundan g'azablanib, oxiri Muhammad (a. s.) jonlariga qasd 

qilishga qaror qiladilar. Ul zotga Alloh tomonidan Madinaga hijrat qilib ketishga izn bo'ldi. Abu Bakr Siddiq 

ikkovlari yo'lga chiqqanlarida, ularning iziga tushgan mushriklardan saqlanish uchun Makka chekkasidagi 

Savr tog'idagi bir g'orga kirib yashirinadilar. Dushman izquvarlari g'or og'zigacha izlab keladilar. Lekin 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

120


Allohning marhamati bilan g'or og'zi o'rgimchak to'rlari bilan o'ralib qoladi. Buni ko'rib ular orqaga qaytib 

ketadilar. Abu Bakr Siddiq g'or og'ziga kelib qolgan dushmanlar Rasulullohga ozor yetkazishadi, deb qattiq 

tashvishlanib, hayajonlanadilar. Shunda Rasul (a. s.) tasalli berib, mazkur oyatdagi so'zlarni aytganlar.  

 

41. Yengil va og'ir holatda (ham yovga qarshi) qo'zg'alingiz va Alloh yo'lida mollaringiz va jonlaringiz 



bilan jihod qilingiz! Agar bilsangiz, ana shu (ish)ingiz sizlar uchun yaxshidir.  

 

42. Agar (Sizning chaqirig'ingiz) yaqindagi buyum yoki o'rtacha (masofadagi oddiy) safar bo'lganda edi, 

(ular) Sizga ergashgan bo'lur edilar. Lekin ularga masofa uzoqlik qildi. Albatta, ular o'zlarini halok qilib 

(charchatib): "Qodir bo'lganimizda, sizlar bilan birga (jangga) chiqar edik", - deb Alloh nomiga qasam 

ichadilar. Alloh esa ularning (g'irt) yolg'onchi ekanliklarini bilur.  

 

43. Alloh Sizni afv etdi. (Lekin) Sizga rostgo'ylar aniqlanib, yolg'onchilarni bilmaguningizgacha, nega 

ularga (jangdan qolishga) ruxsat berdingiz?  

 

44. Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchilar mollari va jonlari bilan jihod qilishdan (qolish uchun) 

Sizdan ruxsat so'ramaydilar. Alloh taqvodorlarni (yaxshi) bilur.  

 

45. Balki, Sizdan Allohga va oxirat kuniga imon keltirmaydigan va dillari shak-shubhali bo'lganlargina 

(jangdan qolish uchun) ruxsat so'raydilar. Ular o'z shubhalarida ikkilanib yuraveradilar.  

 

46. Agar (ular) chiqishni istaganlarida, uning uchun tayyorgarlik ko'rib qo'ygan bo'lur edilar. Lekin 

Alloh (ularning) qo'zg'alishlarini yoqtirmaydi, ularni susaytirib qo'ydi va ularga: "O'tiruvchilar* bilan 

birga o'tiraveringiz!" - deyildi.  

 

Izoh: Ya'ni jangga chiqmaganlar qatorida o'tiraveringiz, deyiladi. Bu gapni kim aytgani to'g'risida bahslar bor. 



Ba'zi tafsirda ular bir-biriga, boshqasida, Rasul (a. s.) achchiqlanib, yoki ularga shayton vasvasa bilan aytgan, 

deyiladi.  

 

47. Agar ular sizlarning ichingizda (jangga) chiqqanlarida ham, sizlarga faqat buzg'unchilikni ziyoda 



qilib, oralaringizga (rahna) solib, sizlarni fitnaga duchor qilgan bo'lur edilar. Sizlarning ichingizda esa, 

ularga quloq soladigan (ishonuvchi)lar bor. Alloh zolimlarni biluvchidir.  

 

48. (Ular) oldin ham fitna qo'zg'atmoqchi bo'lgan va ular yoqtirmagan hollarida to haq (g'alaba) kelib, 



Allohning amri (dini) g'olib bo'lguncha ham ishlaringizni (makr-hiyla, ig'vo bilan) ostin-ustun qilgan 

edilar.  

 

49. Ular ichida: "Menga izn bering, meni fitnaga qo'ymang!" - deydiganlar ham bor. (Ular jangdan 

qolish bilan) fitnaga tushdilar-ku! Albatta, jahannam kofirlarni (o'ziga) qamrab oluvchidir.  

 

50. Agar Sizga biror yaxshilik (g'alaba yoki o'lja) yetishsa, (bu) ularga yoqmaydi. Agar Sizga biror 

musibat yetishsa: "Ishning oldini olibmiz", - deb xursand hollarida yuz o'girib ketadilar.  

 

51. Ayting: "Bizga Allohning yozib qo'yganidan o'zga narsa yetmaydi. U xojamizdir. Allohga esa, faqat 

mo'minlar tavakkul etsinlar!"  

 

52. Ayting: "Sizlar biz uchun ikki xayrli ishdan biri (bo'lishi)ni kutmoqdasiz. Biz ham sizlar uchun 

Allohning O'z huzuridan yoki bizning qo'limiz bilan sizlarga (yetadigan) biror azobni kutmoqdamiz. 

Bas, kutaveringiz! Biz ham sizlar bilan birga kutuvchilardirmiz".  

 

53. Ayting: "Xoh ixtiyoriy, xoh majburiy holda nafaqa (sadaqa) qilingiz, (baribir) sizlardan sira qabul 

qilinmagay. Zero, sizlar fosiqlar qavmi bo'lgansizlar".  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

121


 

54. Nafaqa (sadaqa)larining qabul qilinishidan to'sgan narsa bu - ularning Allohga, Rasuliga kufr 

keltirganlari, namozga faqat sust holda kelishlari va nafaqa (sadaqa)ni faqat yoqtirmagan hollarida 

berishlaridir.  

 

55. Bas, Sizni ularning mol-mulklari ham, farzandlari ham taajjublantirmasin! Zero, Alloh o'shalar 



sababli dunyo hayotida ularni azoblashni* va kofirlik hollarida jonlari chiqishini iroda qilur.  

 

Izoh: Boylik va serfarzandlik tashvishlari eslatilmoqda. Zero, boylik va farzandlar doim ham jonga rohat 



bo'lavermaydi, ba'zida rohatidan ko'ra zahmati oshib ketish hollari ham kuzatiladi.  

 

56. Ular: "Sizlardanmiz", - deb Alloh nomiga qasam ichadilar. Vaholanki, ular sizlardan emaslar. Balki, 



ular qo'rqadigan qavmdirlar.  

 

Izoh: Yuzaki bo'lsa ham imon keltirib, musulmonlar qatorida yurmasak, molu jonlarimizdan ajralib qolishimiz 



mumkin, deb qo'rqishlari nazarda tutiladi.  

 

57. Agar ular boshpana yo g'orlar yoki kiradigan joy topsalar, o'sha yerga shitob ketgan bo'lur edilar.  



 

58. Ular ichida sadaqalar xususida Sizga ta'na qiladiganlar ham bor. Ularga u (sadaqa)lardan berilsa, 

rozi bo'ladilar. Bordiyu ularga ulardan berilmasa, unda ular birdan achchiqlanadilar.  

 

59. Agar ular Alloh va Rasuli ularga ato etgan narsaga rozi bo'lib: "Bizga Alloh kifoya. Bizga, albatta, 

Alloh o'z fazlidan ato etur va Rasuli ham. Biz Alloh (roziligi)gagina rag'bat qiluvchilarmiz", - desalar edi 

(o'zlariga yaxshi bo'lur edi).  

 

60. Albatta, sadaqalarni faqat faqirlar, miskinlar, unda (sadaqa ishida) ishlovchilar, dillari oshna 

qilinuvchilar, (haq to'lab ozod etiluvchi) qullar, qarzdorlarga va Alloh yo'lida hamda yo'lovchiga 

(berish) Alloh (tomoni)dan farz (etildi). Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir.  

 

Izoh: Bu ko'rsatilgan kishilarga zakot, xiroj, fitr va ushr kabi sadaqotlar berilishi kerak. Ulardan "dillari oshno 



qilinuvchilar" mansux etilgan. Ya'ni, Islom avvalida zakot va vojib sadaqalarni kofirlarga ham berilar edi, bu 

bilan ularning dillarini Islomga moyil qilish maqsad qilinar edi. Keyinroq Islom rivoj topgandan keyin Abu 

Bakr (r. a. ) xalifaligi davrida sahobalar ijmosi bilan uning hukmi bekor qilingan.  

 

61. Ular ichida Payg'ambarga aziyat yetkazadigan va "U quloq" (eshitganiga ishonaveradigan)dir 



deydiganlar ham bor. Ayting: "(U) yaxshilik qulog'i, Allohga imon keltiruvchi, mo'minlarga ishonuvchi 

va sizlardan imon keltirganlaringiz uchun rahmat (manbai)dir. Allohning Rasuliga aziyat 

yetkazadiganlar - ular uchun alamli azob (bor)dir".  

 

62. Ular (munofiqlar) sizlarni qoniqtirish uchun (Payg'ambarga aziyat yetkazmadik, deb) qasam 



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling