Tarjima haqida


Ularning gaplari faqat quyidagi bo'ldi: "Ey, Rabbimiz! Bizlarning gunohlarimizni va ishimizdagi


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72

147. Ularning gaplari faqat quyidagi bo'ldi: "Ey, Rabbimiz! Bizlarning gunohlarimizni va ishimizdagi 

isrofgarchiligimizni kechir, (jang asnosida) qadamlarimizni mustahkam qil va bizga kofirlar qavmi 

ustidan g'alaba nasib et!"  

 

148. Bas, Alloh ularga ham bu dunyoning savobi (g'alaba va o'lja)ni, ham oxiratning chiroyli savobi 

(mag'firat va jannat)ni berdi. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar.  

 

149. Ey, mo'minlar! Agar kofirlarga bo'yin sunsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga) qaytarurlar. 



(Natijada) ziyon ko'ruvchilarga aylanib qolursizlar.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

46

150. Aslida Alloh himoyachingizdir va U yordam beruvchilarning afzalidir.  



 

151. Alloh hujjat nozil qilmagan (but, sanam kabi) narsalarni Unga sherik qilganlari uchun kofirlarning 

dillariga vahima solurmiz. Ularning borar joylari do'zaxdir. Zolimlarning joyi naqadar noxush!  

 

152. Sizlar Uning izni bilan ular (kofirlar)ni tor-mor qila boshlaganingizda, Alloh o'z va'dasiga sodiq 

chiqdi*. Loqaydlik qilib, (Payg'ambar) buyrug'idan chiqib, tortisha boshlamaguningizcha va yoqtirgan 

narsangiz (g'alaba)ni sizlarga ko'rsatgunga qadar (yutuq sizlar tomonda bo'ldi). Oralaringizda dunyoni 

yoqtiradiganlar ham, oxiratni yoqtiradiganlar ham bor edi. So'ngra sizlarni sinovdan o'tkazish uchun 

(g'alabangizni mag'lubiyat sari) burib yubordi va gunohlaringizdan o'tdi. Alloh mo'minlarga nisbatan 

fazl sohibidir.  

 

Izoh: Bu va keyingi oyatlarda hijratning uchinchi yili kechgan Uhud jangi to'g'risida ma'lumot beriladi. 



Madina hududidagi Uhud tog'i etagida po'y bergan bu to'qnashuvda dastlab Makka qo'shini ustidan 

musulmonlar g'alaba qila boshlaydi. Lekin jang so'ngida ba'zi musulmonlarning aybi bilan mag'lubiyatga 

uchraydilar. Rasululloh bir guruh kamonchilarni hozirgi "Rumot" deb ataladigan tepalikda turishga 

buyurganlarida, ular itoatsizlik qilib, ijozat bo'lishini kutmasdan o'z joylaridan o'lja tomon jilib ketishadi. 

Harbiy intizomning buzilishi musulmonlarning mag'lubiyatiga sabab bo'ladi. Kamonchilarning joyi bo'shab 

qolganini payqagan yov qo'shinlari o'sha tarafdan hujum uyushtiradilar va natijada Rasulullohning amakilari 

buyuk sarkarda Amir Hamzadek pahlavonlarning ham ko'pchiligi shahid bo'ladi. Janob Payg'ambarimiz (a. 

s.)ning ham muborak tishlari shu jangda sinadi.  

 

153. O'shanda hech kimga qayrilib boqmay, (joyingizdan) tez jilib ketdingiz. Payg'ambar esa 



ortingizdagi (harbiy) bo'linmadan (turib) sizlarni chaqirganicha qoldi. Qo'lingizdan ketgan narsalar 

(g'alaba, o'ljalar) hamda sizlarga yetgan musibatlar uchun tashvish tortmang, deb, (Alloh) sizlarga g'am 

ustiga yana g'am berib jazoladi. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.  

 

154. So'ngra bu g'amning ketidan sizlarga bir tinch uyqu nozil etdiki, u sizlarning bir qismingizni 



mudratib qo'ydi. Boshqa bir qism (munofiqlar) esa jon talvasasiga tushib, Allohning sha'niga nohaq 

johilona badgumonlik qildilar va aytdilarki: "Endi bizga bu ishdan biror narsa (g'alaba) bo'larmidi?!" 

Ayting: "Barcha ish Allohga (oid)dir". Ular ichidagi sirlarini Sizdan yashiradilar. Aytadilarki: "Agar 

bizda bu ish yuzasidan ixtiyor bo'lganda edi, bu yerda qatl qilinmagan bo'lur edik". Ayting: "Agar 

uylaringizda bo'lganingizda ham (taqdirda) qatl qilinishlik yozilgan kimsalar o'zlarining (o'ladigan) 

joylariga borib qolgan bo'lar edilar". Ko'ksingizdagi (imon)ni sinash va dillaringizni (shayton 

vasvasasidan) poklash uchun (Alloh shu mag'lubiyatni ravo ko'rdi). Alloh ko'ngillardagi kechinmalarni 

(ham) yaxshi biluvchidir.  

 

155. Ikki (harbiy) bo'linma to'qnashgan kunda orangizdan yuz o'girib ketganlarni shayton ba'zi 

qilmishlari tufayli yanglishtirgan edi. Alloh ularni afv etdi ham. Zero, Alloh kechiruvchan va halim 

zotdir.  

 

156. Ey, imon keltirganlar! O'zlari kofir bo'lib, Yer (yuzi) bo'ylab safarga yoki g'azot (jang)ga ketgan 

birodarlari haqida: "Agar biz bilan qolganlarida o'lmagan va qatl qilinmagan bo'lur edilar", - deb, 

ularning dillariga Alloh hasrat (nadomat) solishini xohlovchi kishilar kabi bo'lmangiz! Alloh tiriltiradi 

ham, o'ldiradi ham. Alloh qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

157. Albatta, Alloh yo'lida qatl qilinsangiz yoxud o'lsangiz, Allohning mag'firati va rahmati (ularning) 

to'plagan (boyliklari)dan afzalroqdir.  

 

158. Qasamki, xoh o'ling, xoh qatl etiling, albatta, Alloh huzuriga jam etilursizlar.  



 

159. Allohning rahmati sababli (Siz, ey, Muhammad,) ularga (sahobalarga) muloyim bo'ldingiz. Agar 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

47

dag'al, toshbag'ir bo'lganingizda, albatta, (ular) atrofingizdan tarqalib ketgan bo'lur edilar. Bas, ularni 



afv eting, (gunohlari uchun) kechirim so'rang va ular bilan kengashib ish qiling! (Biror ishga) azmu 

qaror qilsangiz, Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar.  

 

160. Agar sizlarga Alloh madad bersa, hech kim sizlarga g'olib bo'lmas. Bordiyu qarovsiz qoldirsa, 

Undan o'zga sizlarga kim ham madad berar edi?! Allohga tavakkulni mo'minlar qilsin!  

 

161. Payg'ambar (zoti) xiyonat qilishi mumkin emas. Kimda-kim xiyonat qilsa, qiyomat kuni o'sha 

xiyonati bilan birga (huzurimga) kelur. So'ngra har bir jon (egasi) O'z amallariga (yarasha) mukammal 

jazo olur. Ular (haqqi)ga zulm qilinmagay.  

 

Izoh: Bu yerdagi xiyonat so'zidan urushdan qo'lga kiritilgan o'lja nazarda tutiladi. Demak, hech bir 



payg'ambar o'lja taqsimida xiyonat qilib, undan o'ziga nohaq yo'l bilan o'zlashtirib olishi mumkin emas.  

 

162. Allohning rizosini izlagan kishi bilan Allohning g'azabiga uchragan kimsa barobar bo'lurmi?! 



Uning (g'azabga uchraganning) borar joyi - jahannam! Naqadar behuzur joy u!  

 

163. Ular Alloh huzurida (turli) darajalar (sohibidirlar). Alloh ularning qilayotgan amallarini ko'rib 

turuvchidir.  

 

164. O'zlari ichidan Allohning oyatlarini o'qib beradigan, (shirk va gunohlardan) musaffo qiladigan 

hamda ularga Kitob va Hikmatni ta'lim beradigan Payg'ambarni yuborib, Alloh mo'minlarga 

mehribonlik qildi. Ular esa bundan oldin aniq gumrohlikda edilar.  

 

165. Sizlarga (Uhud jangida) bir musibat yetgan bo'lsa - sizlar (Badr jangida) ularga ikki barobar 

musibat yetkazgansiz. "Bu qayoqdan keldi?" - deysizmi?! "Bu (mag'lubiyat) o'zingizdan", - deb ayting! 

Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.  

 

166. Ikki (harbiy) bo'linma to'qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat, albatta, Allohning izni bilan (sodir 



bo'lgan) va chinakam mo'minlarni bilish 

 

167. hamda munofiqlarni aniqlash uchun edi. Ularga: "Kelinglar, Alloh yo'lida jang qilinglar yoki 

(dushmanni) daf qilinglar!" - deyilsa, (ular): "Agar (jiddiy) urush bo'lishini bilganimizda, ortingizdan 

borgan bo'lar edik", - degan edilar. O'sha kuni ular imondan ko'ra kufrga yaqinroq edilar. Ular 

dillarida yo'q narsalarni og'izlari bilan gapiradilar. Alloh (esa) yashirgan narsalarini yaxshiroq 

biluvchidir.  

 

168. Birodarlariga: "Agar (Uhud jangida halok bo'lgan musulmonlar) bizga bo'yin sunib (urushdan 

chiqib ketganlarida) o'ldirilmagan bo'lur edilar", - deb, (o'zlari jangdan g'olib) o'tirgan kimsalarga 

ayting: "Agar gaplaringiz rost bo'lsa, o'zlaringdan o'limni daf qilinglar-chi?!"  

 

169. Alloh yo'lida o'ldirilganlarni aslo o'lik deb hisoblamang! Aslida (ular) tirikdirlar, Parvardigorlari 

huzurida rizqlanib tururlar.  

 

170. (Mazkur shahidlar) Alloh o'z fazli bilan ato etgan (ne'matlardan) xushnud, ortlarida (tirik) g'olib, 

hali ularga qo'shilmagan (g'oziylar)ga (qiyomatda) xavf va tashvish bo'lmasligi haqida bashorat bergan 

hollarida (yashaydilar).  

 

171. (Yana bir) bashoratlari Alloh beradigan ne'mat, fazl va mo'minlarning mukofotini Alloh zoye 

qilmasligi haqidadir.  

 

172. Ularga jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg'ambar (buyruqlariga) itoat qilgan edilar. 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

48

Ularning chiroyli ish qilib, taqvoli bo'lganlariga ulkan mukofotlar bordir.  



 

173. Ularga odamlar: "Sizlarga qarshi (hujum uchun makkalik) odamlar (lashkar) to'pladilar. Ulardan 

qo'rqingiz!" - deganlarida, (bu gap) ularning imonlarini yanada ziyoda qildi va aytdilarki: "Bizga 

Allohning o'zi kifoya. U vakillikka o'ta loyiqdir!"  

 

174. Ular (Badr jangidan) Allohning ne'mati va fazli ila biror yomonlikka uchramay qaytdilar va 



Allohning rizosini izladilar. Alloh, albatta, buyuk fazl egasidir.  

 

175. Albatta, o'sha shayton o'z do'stlari (munofiqlar)ni qo'rqitadi. Agar (chinakam) mo'min 

bo'lsangizlar ulardan qo'rqmangiz, (balki) Mendan qo'rqingiz!  

 

176. Kufrda tez harakat qilayotganlar Sizni g'amgin etmasin! Ular Allohga hech qanday zarar yetkaza 

olmaydilar. Alloh ularga oxiratda biror nasiba (savob) bermaslikni xohlaydi. Ularga ulkan azob 

(muhayyodir).  

 

177. Albatta, imonni kufrga almashtirganlar Allohga zinhor zarar yetkaza olmaydilar. Ularga alamli 

azob (bordir).  

 

178. Kofir bo'lganlar, ularga muhlat berib turganimizni yaxshilik deb o'ylamasinlar! Muhlatni ularga 

gunohlari yanada ko'payishi uchun beramiz. Ularga xor qiluvchi azob (bordir).  

 

179. Alloh mo'minlarni sizlardagi hozirgi holatdek o'z hollariga tashlab qo'yuvchi emas. U hali pok kimu 

nopok kim ajrim etadi. Alloh sizlarni ilmi g'aybdan xabardor qilmadi, lekin Alloh O'z payg'ambarlari 

ichidan xohlaganlarini (ilmi g'aybdan qisman bildirish uchun) tanlab oladi. Bas, Allohga va Uning 

payg'ambarlariga imon keltiringiz! Imon keltirib, taqvoli bo'lsangiz, sizlarga buyuk mukofot (bordir).  

 

180. Allohning fazli bilan bergan narsasi ustida baxillik qiluvchilar buni o'zlariga yaxshi deb 

hisoblamasinlar! Aslo! Bu ular uchun yomondir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari (o'z 

bo'yinlariga) bo'yinturuq qilib ilib qo'yiladi. Osmonlar va Yerning merosi Allohga (qolur). Alloh 

qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.  

 

181. "Alloh faqir, biz boymiz" degan odamlarning gapini Alloh eshitdi. Ularning (bu) gaplarini hamda 



payg'ambarlarni nohaq qatl etganlarini yozib qo'yamiz va (qiyomatda): "Yong'in azobini totib ko'ring!" 

- deymiz.  

 

182. Bu - o'z qilmishlaring mahsuli va Allohning bandalarga zulm qilmasligidandir.  

 

183. "Biror payg'ambar kelsa, (uni sinab ko'rish uchun) qilgan qurbonligini (osmondan tushgan) o't yeb 

bitirmaguncha unga ishonmasligimiz uchun Alloh biz bilan ahdlashgan", - degan kimsalarga ayting: 

"Mendan oldin ham sizlarga (ajdodlaringizga) payg'ambarlar hujjatlar va sizlar aytgan (qurbonlik kabi 

mo''jizalar) bilan kelgan edilar. Gaplaringiz rost bo'lsa, nima uchun ularni qatl etgansizlar?"  

 

184. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarayotgan bo'lsalar, (xafa bo'lmang, zero,) Sizdan ilgari hujjatlar, 

ilohiy bitiklar va nur taratuvchi kitoblarni keltirgan (qator) payg'ambarlar ham yolg'onchiga 

chiqarilganlar.  

 

185. Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringiz sizlarga to'la-

to'kis berilur. Bas, (o'sha kuni) kim do'zaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, demak, u (katta) 

yutuqqa ega bo'libdi. Bu dunyo hayoti esa, faqat g'urur (aldov) matohidir.  

 

186. Mol-mulklaringiz va jonlaringiz (ofati va musibati) ila sinalursizlar. Shuningdek, sizlardan oldin 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

49

Kitob berilganlar va mushriklardan ko'p aziyatli (achchiq) gaplarni eshitasizlar. Agar sabr qilsalaringiz 



va taqvoli bo'lsalaringiz, albatta, bu ishlarning puxtaligidandir.  

 

187. Eslang (ey, Muhammad,) Alloh ahli kitoblardan, uni (Kitobni) odamlarga, albatta, aniq bayon 



qilasizlar, uni (hech kimdan) sir tutmaysizlar, deb ahd olgan edi. Lekin, ular uni ortlariga uloqtirib, uni 

ozgina bahoga sotib yubordilar. Bu savdolari naqadar noxush!  

 

188. O'z qilmishlariga suyunadigan, qilmagan (yaxshi) ishlari uchun maqtalishni sevadiganlar azobdan 

xalos bo'ladilar deb, aslo hisoblamang! Ularga alamli azob (bordir).  

 

189. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga tegishlidir. Alloh har narsaga qodirdir.  

 

190. Osmonlar va Yerning yaratilishida, tun va kunning o'rin almashib turishida aql egalari uchun 

alomatlar bordir.  

 

191. Ular turib ham, o'tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadilar va osmonlaru Yerning yaratilishi 

haqida fikr yuritadilar: "Ey, Rabbimiz! Bu (koinot)ni behuda yaratmagansan. Sen (ayblardan) pok 

zotdirsan. Bas, bizni do'zax azobidan saqlagin!  

 

Izoh: Ya'ni aql egalari bo'lmish musulmonlar imkoniyatlariga qarab namozlarni tik holda, o'tirib, unga ham 



ojiz bo'lsalar, yotgan holda imo-ishora bilan o'qiyveradilar. Boshqa bir tafsiri shuki, bu yerdagi zikrdan 

maqsad namoz emas, balki Allohni yod etish, duo va iltijo, tasbeh kabi zikrlardir.  

 

192. Ey, Rabbimiz! Kimni Sen do'zaxga kirgizsang, albatta, uni xor qilgan bo'lursan. Zolimlarga esa 



yordamchilar yo'qdir.  

 

193. Ey, Rabbimiz! Biz "Rabbingizga imon keltiring" deb, imonga chorlagan jarchi (Muhammad)ni 

eshitdik va darhol imon keltirdik. Rabbimiz! Gunohlarimizni kechir, xatolarimizni o'chir va bizlarni 

solih kishilar qatorida vafot ettir! 

 

194. Ey, Rabbimiz! Yana bizlarga payg'ambarlaring vositasi ila va'da qilgan narsalaringni ato et va 

bizlarni qiyomat kunida sharmsor qilmagin! Albatta, Sen va'daga xilof qilmagaysan".  

 

Izoh: Bu oyatdagi "payg'ambarlaringga" degan so'zni payg'ambarlaringga imon keltirganimizga qilgan 



va'dang yoki ularning tili bilan va'da qilgan savoblaringni ato et, deb tushunish ham mumkin.  

 

195. Bas, Parvardigorlari ularni (duolarini) ijobat etib, (dedi:) "Albatta, Men sizlardan amal 



qiluvchining - xoh erkak bo'lsin va xoh ayol bo'lsin - amalini zoye qilmasman. O'z (vatanlaridan) hijrat 

qilgan, (yurtlaridan) badarg'a qilingan, Mening yo'limda aziyat chekkan, jang qilgan va qatl 

etilganlarning gunohlarini kafforat qilurman va Allohning mukofoti sifatida ularni ostilaridan anhorlar 

oqib turadigan, abadiy yashaladigan jannat (bog'lari)ga kirgizurman. Allohning huzurida esa, (yanada) 

yaxshiroq savob (bordir).  

 

Izoh: Ya'ni qilgan xayrli ishlarining savobini albatta ato qilurman. Ummu Salama (r. a. ) Rasulullohdan: 



"Nima uchun Alloh taolo hijrat qilgan erkaklarni maqtayveradi, lekin ayollarni maqtamaydi?" - deb 

so'raganlarida shu oyat nozil qilingan.  

 

196. Kofir bo'lganlarning shaharma-shahar sayr etib (yayrab) yurishlari Sizni zinhor aldab qo'ymasin! 



 

197. Arzimas rohat. Keyin esa boradigan joylari - jahannam. Naqadar mudhish joy u!  

 

198. Lekin, Parvardigorlaridan qo'rqqan (taqvoli)lar uchun esa ostidan anhorlar oqib turadigan jannat 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

50

(bog'lari) bo'lib, (ular) u yerda abadiy bo'lurlar. Bu Alloh tomonidan berilajak ziyofatdir. Allohning 



huzuridagi (maxsus savoblar esa) yaxshilar uchun (hammasidan) afzaldir.  

 

199. Darvoqe, ahli kitoblar ichida Allohga, sizlarga nozil qilingan (Kitob)ga hamda o'zlariga nozil 

qilingan (Kitob)ga ishonib, Allohga itoat ila bosh eguvchilar ham bor: ular Alloh oyatlarini ozgina 

bahoga sotib yubormaydilar. Aynan ular uchun Parvardigorlari huzurida mukofot muhayyodir. Alloh 

hisob-kitobda tezkordir!  

 

200. Ey, mo'minlar! Sabr qilingiz, bag'rikeng bo'lingiz va (Alloh yo'liga) taxt bo'lib turingiz va Allohdan 

qo'rqingiz, zora (shunda) tole topsangizlar! 

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

51

NISO SURASI 

 

Niso - ayollar.  



 

 Bu surada asosan oila, turmush, meros masalalari, yetimlarga munosabat, er-xotin huquqlari, fahsh va zino 

ishlarining zararlari va boshqa muhim ma'lumotlar o'z aksini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda 

ikkisidan ko'p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo'rqingiz! Shuningdek, o'rtalaringizdagi 

o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz! Albatta, 

Alloh sizlarni kuzatib turuvchidir.  

 

2. (Voyaga yetgan) yetimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok narsani nopok narsaga 

almashtirmangiz! Ularning mollarini o'z mollaringizga qo'shib ham yemangiz! Zero, bu katta gunohdir.  

 

3. Agar yetimlarga (nisbatan) adolatli bo'la olmaslikdan qo'rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo'lgan 

ayollarga, ikkita, uchta, to'rttadan uylanaveringizlar. Bordiyu (ular o'rtasida) odil bo'la olmaslikdan 

qo'rqsangiz, bir ayolga (uylaning) yoki qo'l ostingizdagi cho'rilar (bilan kifoyalaning). Shu (adolatdan) 

og'ib ketmasligingizga yaqinroqdir.  

 

Izoh: Ma'lumki, Muhammad (a. s.) payg'ambar bo'lib kelmaslaridan oldingi johiliyat davrida ayollar huquqi 



poymol qilinar edi. Bir erga o'nlab ayollar cho'ridek tutqin edi. Uning ustiga tez-tez bo'lib turadigan janglarda 

erkaklar qurbon bo'lib ketar, tul ayollar soni esa ortib borar edi. Ijtimoiy hayotdagi bu muammoni Islom dini 

odilona hal etish yo'lini ko'rsatib berdi. Imkoniyatiga qarab, to to'rt nafargacha ayolga uylanish mumkinligi, 

ular o'rtasida odillik qilishga ko'zi yetmasa, bittadan ortiq uylanmaslik zarurligi uqtiriladi. Lekin bu ruxsatni 

suiiste'mol qilish mutlaqo durust emas. Ya'ni imkoniyati moddiy jihatdan yetarli bo'lishining o'zi ko'pxotinlik 

uchun yetarli shart o'rnini bosa olmaydi. Balki bu yerda birinchi oila a'zolarining axloqiy va ma'naviy 

jihatlariga salbiy ta'sir ko'rsatmasligini ham e'tiborga olish kerak bo'ladi. Bundan tashqari shariat hukmlari 

bilan birga musulmon odam o'zi yashab turgan jamiyatdagi shart-sharoitlar, davlat qonunchiligi va boshqa 

mahalliy urf va an'analarni ham rioya qilish shartdir. Aks holda, gunoh va jinoyatlar sodir etishga bandaning 

o'zi sababchi bo'lib qolishi mumkin.  

 

4. Xotinlarga mahrlarini mamnunlik bilan beringiz! Agar sizlarga o'zlari undan biror narsani ixtiyoriy 



ravishda kechsa (bersa)lar, sizlar uni bemalol, ishtaha bilan tanovul qilaveringizlar.  

 

5. (Qaramog'ingizdagi) aqli norasolarga Alloh sizlarga (hayot) turumi qilib qo'ygan mollaringiz 

(yetimlarning omonat mollari)ni berib qo'ymangiz, balki o'sha (mollar)dan yediring, kiydiring hamda 

ularga yaxshi gapiring! 

 

6. Yetimlarni, to balog'at yoshiga yetgunlaricha, imtihon qilib (jinsiy holatini tekshirib) turinglar: 

voyaga yetganliklarini sezsangiz, (omonat) mol-mulklarini o'zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va 

(ulg'ayib qolmasinlar deb) shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz! Kim boy bo'lsa, (yetim molidan) 

saqlansin. Agar kambag'al bo'lsa, yaxshilikcha (me'yorida olib) yesin. Mol-mulklarini o'zlariga 

qaytarganingizda, ularga guvoh chaqiringlar. Alloh hisob-kitobda kifoya qiluvchidir.  

 

7. Erkaklar uchun ota-onalari va yaqin qarindoshlari qoldirib ketgan (meros)dan ulush bordir. Ayollar 



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling