Tarjima haqida


emas. Alloh (esa) ularning qilmishlarini ko'rib turuvchidir


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72

emas. Alloh (esa) ularning qilmishlarini ko'rib turuvchidir.  

 

97. Ayting (ey, Muhammad): "Kim Jabroilga dushman bo'lsa, axir, u uni (Qur'onni) qalbingizga 



Allohning izni bilan o'zidan avvalgi (ilohiy kitoblar)ni tasdiq etadigan, mo'minlarga hidoyat va 

xushxabar holida nozil qildi-ku! 

 

Izoh: Yahudiylar Jabroil (a. s.)ni o'zlariga dushman deb bilishar edi. Zero, u Muhammad (a. s.)ga keltirgan 



vahiylarida, ularning sir-asrorlarini fosh qilar, ulara yoqmaydigan ahkomlarni keltirar edi. Ularning bu ulug' 

farishtani yoqtirmasligiga boshqa sabablar ham bor.  

 

98. Kim Allohga, Uning farishtalariga, payg'mbarlariga, Jabroil va Mekoilga dushman bo'lsa, (bilib 



qo'ysinki,) Alloh ham (unday) kofirlarga dushmandir".  

 

99. Haqiqatan, Biz Sizga aniq oyatlarni nozil qildik. Ularni faqat fosiqlargina inkor eturlar.  

 

100. Har gal biror ahd-paymon qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi? Aslida ularning 

aksariyati imon keltirmaslar.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

13

 



101. Alloh tomonidan ulardagi narsani tasdiq etuvchi Payg'mbar (Muhammad) kelishi bilan, kitob 

(Tavrot) berilganlardan bir guruhi Allohning kitobi (Qur'on)ni xuddi bilmagandek ortlariga 

uloqtirdilar.  

 

102. (Ular), yana Sulaymon podshohligidagi shaytonlar (jinlar) o'qigan narsalarga ergashib ketdilar. 



Sulaymon kofir emas edi, lekin odamlarga sehr (jodu)ni hamda Bobildagi Horut va Morut nomli 

farishtalarga tushirilgan narsalarni o'rgatadigan shaytonlar kofir edilar. (Ikki farishta): "biz faqatgina 

sinov (vositasimiz, bizga ishonib) kofir bo'lib qolma", - deb (ogohlantirmaguncha) hech kimga (sehrni) 

o'rgatmas edilar. Ikkisidan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganar edilar. Lekin, ular 

Allohning iznisiz u bilan hech kimga zarar yetkaza olmaslar. (Xullas,) o'zlariga foydasiz, balki zararli 

narsalarni ta'lim olar edilar. (Allohning kitobini sehrga) almashganlarga oxiratda nasiba yo'qligini ham 

yaxshi bilar edilar. O'z (nasiba)larini qanchalik yomon narsaga sotib yuborganlarini bilsalar edi!  

 

103. Qani endi ular imonga kelib, taqvo yo'lini tutganlarida, Alloh tarafidan beriladigan savob yaxshiroq 



bo'lishini bilsalar edi!  

 

104. Ey, mo'minlar, "Roino" demay, "Unzurno" deb aytingizlar, hamda (Muhammad so'zini) 



tinglangizlar. Kofirlarga esa alamli azob bordir.  

 

Izoh: Rasululloh mo'minlarga va'z-nasihat qilganlarida: "Roino", - deb iltimos qilar edilar. Ya'ni, "Bizning 



holatimizni rioya qiling, shariat ahkomlarini osonlashtirib tushuntiring", - degan ma'noda murojaat qilib turar 

edilar. Yahudiylar tilida "Roino" so'zi so'kishganda ishlatiladigan so'z bo'lib, tasodifan bir xil talaffuz hosil 

bo'lganidan foydalanib, ular ham masxara qilish niyati bilan Rasululloh gapirganlarida shu so'zni aytib 

turadigan bo'ldilar. Shuning uchun Alloh taolo bu so'z o'rniga "unzurno", ya'ni, "Holimizga boqing!" - degan 

ma'nodagi so'zni aytishga buyurdi.  

 

105. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)ning kofirlari va mushriklar sizlarga Rabbingiz tarafidan 



biror yaxshilik (vahiy) tushishini aslo yoqtirmaydilar. Alloh esa rahmatiga O'zi xohlagan (kishi)ni xos 

etadi. Alloh buyuk fazl sohibidir.  

 

106. (Ey, Muhammad,) biror oyatni bekor qilsak yoki yodingizdan chiqartirsak, undan yaxshirog'ini 



(ummatingizga munosibrog'ini) yoki o'shaning (aynan) o'ziga teng (boshqa oyat)ni keltiraveramiz. 

Allohning har narsaga qodir ekanini bilmadingizmi?!  

 

Izoh: Haqiqatan, Qur'on oyatlari tahlil qilinsa, juda ko'poyatlar mazmuni boshqa yerdagi ba'zi oyatlar 



mazmuniga qarama-qarshidek tuyuladi. Aslida esa, Alloh taolo o'z bandalarining hol-ahvollari, 

dunyoqarashlari, imkon va ehtiyojlarini bilgani uchun vaqti-vaqti bilan o'z hukm va buyruqlarini o'zgartirib 

turgan. Masalan, Odam Ato zamonida erkaklar o'z opasi yoki singlisiga uylanishi mumkin edi. Keyin bu man 

etildi. Nuh (a. s.)ga barcha hayvonot go'shti halol qilingan edi. Muso (a. s.)dan boshlab ba'zi hayvonlar go'shti 

harom qilindi. Aroq ham birdaniga harom qilinmadi. Uch bosqich bilan, ya'ni, musulmonlarni sekin-asta 

ko'niktirish yo'li bilan man etildi.  

 

107. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga xos ekani va sizlar uchun Allohdan boshqa biror do'st 



yoki yordamchi yo'q ekanini bilmas edingizmi?!  

 

108. Yoki (ey, mo'minlar,) ilgari Musodan so'ralganidek, payg'mbaringizdan ham so'rashni 



xohlaysizmi? Kim imonni kufrga almashtirsa, to'g'ri yo'ldan adashishi muqarrardir.  

 

109. Ahli kitoblarning ko'pchiligi, imon keltirganingizdan keyin va ularga haqiqat ravshan bo'lgandan 



so'ng ham hasad yuzasidan sizlarni (yana) kufrga qaytarishni istaydilar. Bas, Alloh O'z amrini 

keltirguncha ularni afv etib, (xatolaridan) o'ting. Albatta, Alloh har narsaga qodirdir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

14

 



110. Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz! O'zingiz uchun nimaiki yaxshilik qilgan 

bo'lsangiz, uni Alloh huzurida topajaksiz. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.  

 

111. Ular: "Jannatga faqat yahudiy yoki nasroniy bo'lganlar kiradi", - dedilar. Bu ularning orzulari. 



Ayting (ularga): "Agar rostgo'y bo'lsangiz, dalilingizni keltiring!"  

 

Izoh: Ya'ni, yahudiylar: "Faqat biz kiramiz", - desalar, nasroniylar: "Ular emas, biz kiramiz",-der edilar.  

 

112. Yo'q, kimki yuzini (o'zini) Allohga bo'ysundirsa, Rabbi huzurida unga ajr muhayyodir. Ularga xavf 

ham yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.  

 

113. Yahudiylar: "Nasroniylar hech narsada yo'q" - desalar, nasroniylar: "Yahudiylar hech narsada 



yo'q" - deydilar, vaholanki, ular (har ikki toifa) kitob o'qiydigan (savodxon) edilar. Shuningdek, 

(o'qishni) bilmaydiganlar (boshqa soxta dinlarga mansub kimsalar) ham ularning gapiga o'xshash gapni 

aytdilar. Ularning (bu kabi) kelisha olmagan narsalari yuzasidan qiyomat kuni Alloh hukm qilur.  

 

Izoh: Ya'ni, har ikki tomon bir-birlarining dinlarini inkor etadilar.  

 

114. Allohning masjidlarida Uning nomi zikr etilishiga qarshilik qiladigan va ularni xarob qilishga 

urinuvchilardan kim ham zolimroqdir?! Axir, bu (kabi) kimsalar uchun u yerlar (Ka'ba yoki Baytul-

Maqdis)ga faqat qo'rqqan hollaridagina kirishlari mumkin edi. Ular uchun bu dunyoda rasvolik, 

oxiratda esa, buyuk azob (bordir).  

 

115. Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, o'sha tomonda 



Allohning "yuzi" mavjuddir. Albatta, Alloh (fazli) keng, dono zotdir.  

 

116. "Allohning farzandi bor", - dedilar. U (Alloh) esa (ularning iddaosidan) pok zotdir. Balki, osmonlar 



va Yerdagi narsalar Uning mulkidir. Hamma(si) Unga bo'ysunuvchidir.  

 

Izoh: Yahudiylar: "Uzayr (a. s.)ni Allohning o'g'li", - degan bo'lsalar, nasroniylar: "Iso (a. s.) Allohning o'g'li", 



- dedilar.  

 

117. (U) Yeru osmonlarning Yaratuvchisidir. Biror ishni qiladigan bo'lsa, (faqatgina unga) "Bo'l!" desa, 



bas, u bo'ladi.  

 

118. Bilmaydigan (nodon) kimsalar: "Alloh bizga (bevosita) gapirsa edi yoki biror alomat kelsa edi", - 



deydilar. Ulardan oldingilari ham ularning gaplariga o'xshash gaplarni aytgan edilar: dillarida 

o'xshashlik bor. Biz chinakam ishonadigan kishilar uchun oyatlarni bayon qildik.  

 

119. Albatta, Biz Sizni haq bilan (Qur'on, tavhid, Islom bilan) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi 



qilib yubordik. Do'zax ahli uchun Siz javobgar bo'lmaysiz.  

 

120. Yahudiy va nasroniylar, to ularning dinlariga kirmaguningizcha, Sizdan sira rozi bo'lmaydilar. 



Ayting: "Allohning yo'li to'g'ri yo'ldir". Qasamki, agar Sizga kelgan (to'g'ri) ma'lumotlardan keyin ham 

ularning xohishlariga ergashsangiz, Alloh tarafidan Sizga biror do'st ham, yordam beruvchi ham 

yo'qdir.  

 

121. Biz kitob (Tavrot, Injil yoki Qur'on) bergan kishilar (mo'minlar) uni to'g'ri (buzmay) tilovat 



qiladilar. Ular unga (Muhammadga va Kitobga) imon keltiradilar. Kim uni inkor etsa, ana o'shalar 

ziyon ko'ruvchilardir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

15

122. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni va sizlarni (butun) olamlar uzra afzal qilganimni 



eslangiz! 

 

123. Birov biror narsada o'zganing o'rniga o'ta olmaydigan, (gunohkor uchun) badal ham olinmaydigan, 



unga shafoat ham foyda bermaydigan hamda ularga yordam ham berilmaydigan kun (qiyomat)dan 

qo'rqingiz! 

 

124. Eslang: Ibrohimni bir necha so'zlar bilan Rabbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi. 



Shunda (Alloh): "Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman", - dedi. (Ibrohim) 

"Zurriyotimdan hammi?" - deb so'radi. (Alloh) aytdi: "Mening ahdim zolimlarga tegishli emas".  

 

Izoh: Imtihon so'zlari: mo'ylabni qisqartirib turish, og'iz va burunni chayish, misvok bilan tish tozalash, 



tirnoqlarni, qo'ltiq va qovuq yunglarini olib turish, xatna qildirish va suv bilan istinjo (mustahab) qilish. Ibn 

Abbos (r. a. ) ularni o'ttizta sifat bilan izohlaganlar. U sifatlar Baroat (tavba), Ahzob va Maorij suralarida chin 

mo'minlarning sifatlari shaklida berilgan, deb isbotlaydilar.  

 

125. Eslang: Bayt (Ka'ba)ni odamlar uchun ziyoratgoh va xavfsiz joy qilib qo'ydik. "Ibrohim maqomi"ni 



namozgoh qilib olinglar! Ibrohim bilan Ismoilga: "Tavof, e'tikof va ruku'-sujud qiluvchilar uchun 

Baytimni poklangiz!" - deb buyurdik.  

 

Izoh: "Ibrohim maqomi" Ka'ba darvozasidan taxminan 20 qadam narida bir maxsus joy bo'lib, Ibrohim (a. s.) 



shu yerda turib duo qilganlar. Hozirgacha o'sha joy osori atiqalardan sanalib, bir tosh ustiga Ibrohim (a. s.) 

oyoq izlari ramziy aks ettirilgan va oynali qubba bilan yopib qo'yilgan.  

 E'tikof - bu Ka'bada yoki boshqa masjidlarda maxsus tartibda ibodat bilan mashg'ul bo'lib o'tirish. Odatda 

Ramazon oyining uchinchi o'n kunligida e'tikofda bo'ladilar.  

 

126. Eslang: Ibrohim: "Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va 



oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin", - deganda, Alloh: "Kofirlarni esa 

bir oz rizqlantirib, so'ng do'zax azobiga mubtalo eturman. Bu o'ta yomon oqibatdir", - dedi.  

 

127. Eslang: Ibrohim (o'z o'g'li) Ismoil bilan birgalikda Uy (Baytulloh)ning poydevorini ko'tarar 



ekanlar, (shunday duo qildilar): "Ey, Rabbimiz, bizdan (ushbu ishimizni) qabul et. Albatta, Sen 

eshituvchi va dono zotdirsan!  

 

128. Ey, Rabbimiz, bizni o'zingga bo'yin sunuvchi qilgin va zurriyotimizdan ham Senga itoat qiladigan 



ummat (chiqargin)! Shuningdek, bizga (hajga doir) ibodatlarimizni ko'rsatib ber va tavbalarimizni 

qabul et! Albatta, Sen tavbalarni qabul etuvchi, rahmli zotdirsan.  

 

129. Ey, Rabbimiz, ularga (kelajak ummatlarga) o'zlaridan (chiqqan), ularga oyatlaringni tilovat qilib 



beradigan, kitob va hikmat (Qur'on va Hadis)ni o'rgatadigan va ularni (kufr va gunohlardan) 

poklaydigan bir payg'mbarni yuborgin! Albatta, Sen qudrat va hikmat egasidirsan".  

 

130. Ibrohimning dinidan faqat o'zini qadrlamaydigan (pastkash) kishilargina yuz o'giradilar. Dunyoda 



Biz uni (payg'mbarlikka) tanlab oldik va u oxiratda (ham), albatta, solih (banda)lardan bo'lur.  

 

131. Eslang, Rabbi unga: "Bo'yin sun!" - deganida, u: "(Barcha) olamlarning Rabbiga bo'yin sundim", - 



degan.  

 

132. Ibrohim o'z o'g'illariga, shuningdek, (nabirasi) Ya'qub ham shu dinni vasiyat qilib dedilar: 



"O'g'illarim, albatta, Alloh sizlar uchun shu dinni tanladi. Bas, musulmonlik holingizdagina dunyodan 

o'tingiz!"  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

16

Izoh: Ibrohim (a. s.) o'g'illari nechta bo'lganligi haqida turli rivoyatlar bor. Ba'zilar ikkita - Ismoil va Ishoq 



desalar, ayrim olimlar to'rtta - yana Madyan va Madoin degan farzandlari ham bo'lgan, deydilar. Boshqa 

manbalarda 8 yoki 14 nafar o'g'illari bo'lgan, deyiladi.  

 Ya'qub (a. s.)ning o'g'illari 12 nafar: Rubin, Sham'un, Loviy, Yahudo, Yashnuxun, Zabulun, Zavobiy, Naftuniy, 

Kudo, Avshiz, Binyomin, Yusuf. Manbalarda bu nomlar boshqacha ham berilgan (Xozin, Qoziy va Abul-Lays 

tafsirlariga qaralsin).  

 

133. (Ey, Isroil avlodi!) Yoki Ya'qubga o'lim kelganda, o'g'illariga: "Mendan keyin nimaga 



sig'inasizlar?" - deganida, ular: "Sening ilohing va bobolaring - Ibrohim, Ismoil va Ishoq ilohi bo'lmish 

yagona Allohga sig'inamiz va bizlar faqat Uning o'zigagina bo'yin sunuvchilarmiz", - deb javob 

berganlariga guvoh bo'lganmisizlar?  

 

134. Ular o'tib ketgan ummat(lar)dir. Ularning a'mollari o'zlariga va sizlarning a'mollaringiz 



o'zlaringizga. Sizlar ularning qilgan ishlari uchun javob bermaysiz.  

 

135. (Yahudiylar va nasroniylar): "Yahudiy yoki nasroniy bo'ling, shunda hidoyat topasiz", - dedilar. Siz 



(ey, Muhammad,) ayting: "Aslo yo'q, biz to'g'ri yo'ldan toyilmagan, mushriklardan bo'lmagan Ibrohim 

diniga ergashamiz".  

 

136. Aytingiz (ey, mo'minlar): "Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, 



Ya'qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg'mbarlarga 

Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik (ishondik). Biz ular o'rtasidan birortasini 

(payg'mbar emas deb) ajratib qo'ymaymiz va Unga (Allohga) bo'yin sunuvchilarmiz".  

 

137. Agar ular (ahli kitoblar) sizlar imon keltirgan narsalarga imon keltirsalar, to'g'ri yo'lni topgan 



bo'ladilar. Bordiyu yuz o'girsalar, u holda, demak, sizlarga nisbatan adovatlari bordir. Sizni ulardan 

(himoya etishga) Allohning o'zi kifoya qilur. U eshituvchi va donodir.  

 

138. Allohning "bo'yog'i"ga (diniga kiringiz!) Allohnikidan yaxshiroq "bo'yoq" (din) bormi?! Biz 



Ungagina sig'inuvchilarmiz.  

 

Izoh: Nasroniylar (xristianlar) yangi tug'ilgan farzandni maxsus sariq suvga botirib oladilar va bu marosimni 



"ma'mudiya" - "cho'qintirish" (kreheniye) deb ataydilar. Ularning e'tiqodi ko'ra cho'miltirishdan keyin bola 

haqiqiy nasroniy sanaladi. Bu oyatdagi bo'yoq o'sha odatga muqobil ravishda din yoki imon ma'nosida kelgan.  

 Rivoyatlarga qaraganda, Usmon (r. a. ) o'z mushafining shu oyatlar bitilgan sahifasini o'qib turganlarida, 

qilich tig'i bilan shahid bo'lganlar. Toshkentda saqlanayotgan Usmon mushafining 37-38-oyatlari yozilgan 

betidagi qon dog'lari qo'lyozmaning asl ekanligidan dalolat beradi. Bunga kelajakdagi ilmiy tadqiqotlar 

natijasi aniqlik kiritishi mumkin.  

 

139. Ayting (ey, Muhammad): "Bizning ham, sizning ham Rabbingiz bo'lmish Alloh haqida biz bilan 



tortishasizmi?! Bizning a'mollarimiz - bizga, sizning a'mollaringiz - sizga. Biz faqat Ungagina ixlos 

qiluvchilarmiz".  

 

140. Yoki sizlar (Isroil avlodi): "Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodi (hammasi) yahudiy yoki 



nasroniy bo'lgan" deysizmi? Ayting (ey, Muhammad): "(Ularning dinlarini) sizlar biluvchiroqmi yoki 

Allohmi? Guvohlikni Allohdan yashirgan kimsadan kim ham zolimroqdir?!" Alloh qilayotgan 

ishlaringizdan g'ofil emasdir.  

 

141. Ular o'tib ketgan ummatdir. Ularning qilgan a'mollari (ishlari) o'zlariga, sizlarning qilgan 



a'mollaringiz o'zingizgadir. Sizlar ularning qilmishlari uchun javob bermaysizlar.  

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

17

IKKINCHI JUZ' 

*************************** 

 

142. Odamlarning nodonlari: "Ular (musulmonlar) ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois 



nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni 

to'g'ri yo'lga boshlaydi".  

 

Izoh: Musulmonlarning qiblasi hijratgacha Baytul-Maqdis edi. Qibla Makka shahridagi Ka'ba tomonga 



o'zgargandan keyin yahudiylar, mushriklar va munofiqlar ta'na toshini otdilar. Buning javobiga Alloh taolo 

hamma tomon O'zining qo'lida, qiblani o'zgartirgan bo'lsa, bu Uning ishi deb bilish zarurligini bayon 

qilmoqda.  

 

143. Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va 



Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz 

faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik). 

Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh 

imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, 

Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.  

 

Izoh: O'rta ummat - ummatlarning yaxshisi demakdir. Zero, "Har bir narsada o'rta hollik yaxshidir" degan 



hikmatli so'zga hech kim e'tiroz bildirgan emas. Yana bir ma'nosi - qiblalaringni Yer kurrasining o'rta qismida 

qilganimdek, o'zlaringni ham o'rtahol ummat qildim. Ya'ni, yahudiylardek Maryamni zinokorga ham 

chiqarmaydigan, nasroniylardek Isoni Allohning o'g'li deb ilohiylashtirmaydigan o'rta, adolat maqomida 

bo'lursizlar. Yana boshqacha ta'villar ham bor. Boshqa odamlarga, ya'ni ummatlarga guvoh bo'lishingiz, 

degan oyatning ta'vili shukim, qiyomat kuni boshqa payg'mbarlarning ummatlari o'z payg'mbarlarini tan 

olmasdan: "Bizga Allohni tanitmagan, buyruqlarini yetkazmagan", - deb da'vo qilar ekanlar. Shunda Alloh 

taolo Muhammad (a. s.) ummatidan so'raganda: "Biz guvohlik berurmizki, o'tgan hamma payg'mbarlar 

Allohning buyruqlarini o'z ummatlariga mukammal yetkazganlar", - der ekanlar. "Sizlar buni qayerdan 

bilursizlar?" - deyilganda, ular: "Bizga Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Qur'on orqali yetkazganlar" - deb 

Rasulullohni guvoh qilib ko'rsatar ekanlar. Oyat mazmuni shu ta'vilni taqozo etadi.  

 

Izoh(a): Alloh taoloning qiblani o'zgartirishi sabablaridan biri - chin mo'minlarni sinash ekanligi bayon 

qilinmoqda. Zero, shu voqeadan keyin ko'p munofiqlar asl qiyofalarini ko'rsatib, dindan qaytib ketdilar. 

Payg'mbarga ergashib, uning yuzlangan qiblasiga hech ikkilanmay o'girilganlarning chin musulmon ekanligi 

ayon bo'ldi. Qiblani qayta tikladik, deb izoh berilishining boisi, Payg'mbarimiz Muhammad (a. s.) Makkada 

dastlab Ka'baga qarab namoz o'qir edilar. Madinaga hijrat qilgan birinchi kunlarida Baytul-Maqdis tomoniga 

qarab o'qishga buyurildilar. Bundan yahudiylar mamnun bo'lib yurdilar. So'ngra qibla yana Ka'baga 

ko'chirildi. Bu Allohning irodasi bilan bo'lgach, haqiqiy mo'minlar e'tirof etdilar, munofiqlar esa fosh 

qilindilar.  

 

144. Goho yuzingizni (vahiy kutib) osmon bo'ylab o'girib turishingizni ko'rayapmiz. (Xotirjam bo'ling,) 



Sizni o'zingiz rozi bo'ladigan qibla (Ka'ba)ga (yuz) o'girtiramiz. Yuzingizni Masjidi Harom (Ka'ba) 

tomonga buring! (Ey, mo'minlar, sizlar ham) qayerda bo'lsangizlar, yuzlaringizni o'sha tarafga 

buringiz! Ahli kitoblar bu - Parvardigorlaridan (kelgan) haqiqat (ilohiy farmon) ekanini yaxshi biladilar. 

Alloh ularning qilmishlaridan g'ofil emasdir.  

 

145. Qasamki, agar Siz ahli kitoblarga har qanday hujjat keltirsangiz ham, ular qiblangizga 



ergashmaydilar. Siz ham ularning qiblalariga ergashuvchi emassiz. Ular (yahudiylar va nasroniylar) bir-

birlarining qiblalariga tobe emaslar. Bordiyu, Sizga kelgan ilm (vahiy)dan keyin ham ularning 

xohishlariga ergashib ketsangiz, u holda, albatta, Siz zolimlardandirsiz.  

 

146. Biz kitob bergan o'sha (zolim) kimsalar uni (Muhammadni) xuddi o'z farzandlarini tanigandek 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

18


Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling