Tarjima haqida
keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
keltiradigan zotlardir. Endi, qachonki, ular Sizdan ba'zi bir ishlari uchun izn so'rasalar, bas, ulardan xohlaganlaringizga izn bering va Allohdan ularga mag'firat so'rang! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. 63. (Ey, mo'minlar,) payg'ambarni chaqirishni o'rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar! Sizlardan berkingan hollarida (payg'ambar huzuridan) sug'urilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg'ambarning) amriga xilof ish tutadigan kimsalar o'zlariga biror kulfat yetib qolishidan yoki alamli azob yetib qolishidan saqlansinlar! 64. Ogoh bo'lingizkim, osmonlar va Yerdagi bor narsalar, albatta, Allohnikidir! U sizlar nimada ekaningizni (mo'min yoki munofiqligingizni) ham, o'ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur. Bas, ularni (o'shanda) qilib o'tgan ishlaridan xabardor qilur. Alloh barcha narsani biluvchidir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 236
FURQON SURASI
Furqon - ajrim etuvchi. Ya'ni, haq bilan botilni, hidoyat bilan zalolatni ajrim qilib beruvchi ilohiy kitob. Undan murod Tavrot, Zabur, Injilning asl nusxalari va Qur'oni karim bo'lishi mumkin. Surada Islom aqidalariga oid masalalar, imon, islom, kufr, shirk va oxirat haqida muhim ma'lumotlar mavjud.
(Qur'on)ni nozil etgan zot barakotli (buyuk)dir. 2. U (yana) osmonlar va Yerning hukmronligiga ega, farzand tutmagan, podshohlikda sherigi bo'lmagan va barcha narsani yaratib, (aniq) o'lchovi bilan o'lchab qo'ygan zotdir.
o'zlariga ham biror zarar yoki foyda berishga ega bo'lmaydigan va na o'lim berishga, na hayot berishga va na qayta tiriltirishga ega bo'lmaydigan "ilohlar"ni tutdilar (ularga sig'indilar). 4. Kufrda bo'lganlar: "Bu (Qur'on) faqat (Muhammad) o'zi to'qib olgan bir yolg'ondir. Unga bu (ishda) boshqa qavmlar (ba'zi ahli kitoblar) yordam bergan", - deb nohaqlik va bo'hton qildilar. 5. Yana ular: "(Bu) avvalgilarning afsonalaridir, (Muhammad) ularni ko'chirib olgan. Bas, (bu afsonalar) unga ertayu kech o'qib berilur", - dedilar. 6. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Uni osmonlar va Yerdagi (barcha) sirni biladigan zot nozil qilgandir. Albatta, U mag'firatli va rahmlidir". 7. (Yana) dedilar: "Bu qanday payg'ambarki, (oddiy odamlardek) taom yesa va bozorlarda yursa?! Unga (payg'ambarligini tasdiqlaydigan) biror farishta tushirilib, u bilan birga ogohlantiruvchi bo'lsa edi?! 8. Yoki unga (osmondan ehtiyoji uchun) xazina tashlansa edi yoxud uning uchun bir bog' bo'lib, u (boq)dan ovqatlansa edi". Zolimlar (mo'minlarga): "Sizlar faqat bir sehrlangan kishiga ergashmoqdasiz",- dedilar. 9. (Ey, Muhammad,) qarang, ular Sizga qanday masallarni to'qidilar-a?! Bas, ular (haq) yo'ldan ozdilar. Endi ular yo'l (topish)ga qodir bo'lmaydilar. 10. Agar xohlasa, Siz uchun (shu dunyodayoq) o'shandan (ular aytgan bog' va xazinadan) yaxshiroq narsani - ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarni qilib bera oladigan va Siz uchun qasrlarni qurib beradigan zot (Alloh) barakotli (buyuk)dir. 11. Yo'q, ular qiyomatni inkor etdilar. Biz esa qiyomatni inkor etganlar uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz.
13. Qachonki, kishanlangan hollarida uning tor joyiga tashlanganlarida, o'sha joyda (o'zlariga) halokat tilab qolurlar. 14. (Shunda ularga): "Sizlar bugun bir halokat emas, ko'p halokatlarni tilanglar" (deyilur). Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 237
15. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Shu (do'zax) yaxshiroqmi yoki taqvodorlarga va'da qilingan mangulik jannatimi?!" Ular uchun (bu) mukofot va natijadir. 16. Ular uchun o'sha joyda mangulik hollarida barcha xohlagan narsalari muhayyo bo'lur. Bu Rabbingiz zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir. 17. (Alloh) ularni (mushriklarni) ham, Allohni qo'yib ibodat qilayotgan butlarini ham to'plab (ularga): "Mening anavi bandalarimni sizlar yo'ldan ozdirdingizlarmi yoki ularning o'zlari yo'ldan ozdilarmi?" - deydigan Kunda, 18. ular derlar: "Ey, pok Parvardigor, bizlar uchun Sendan o'zga do'stlar tutish mumkin bo'lmagan edi. Lekin, (Sen) ularni va ota-bobolarini (shunday) ta'minladingki, hatto ular (Seni) eslashni ham unutdilar va halokat qavmi bo'lib qoldilar". 19. (Ey, mushriklar,) mana, ular (sizlar "Xudo"lar deb sig'ingan butlar) aytayotgan so'zlaringizda sizlarni yolg'onchi qildilar. Endi (azobdan) qutulishga ham, (o'zlaringga) yordam qilishga ham qodir emassizlar. Sizlardan kim zolim - mushrik bo'lsa, Biz unga katta azobni totdirurmiz. 20. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari Biz yuborgan barcha payg'ambarlar ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Biz sizlarning ba'zilaringizni ba'zilaringiz uchun sinov qilib qo'ydik - (qani,) sabr qila olurmisizlar? Rabbingiz esa ko'rib turuvchi zotdir.
O’N TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************
bizlar Rabbimizni (ko'zlarimiz bilan) ko'rsak edi", - dedilar. Darhaqiqat, ular o'zlariga bino qo'ydilar va haddan juda oshib ketdilar. 22. Ular farishtalarni ko'radigan kunni (qiyomat kunini eslang). O'sha kunda jinoyatchilar uchun (hech qanday) xushxabar bo'lmas. Va (farishtalar ularga) derlar: "(Sizlar uchun xushxabar) butunlay haromdir!" 23. (Zotan) Biz ular qilgan har bir amalga kelib, uni sochilgan to'zon (kabi foydasiz) qilib qo'ygandirmiz. 24. Jannat ahli esa u kunda eng yaxshi qarorgoh va eng go'zal oromgohlarda bo'lurlar. 25. Bulutli osmon yorilib, farishtalar (yer yuziga) tushiriladigan kun (qiyomat)ni eslang! 26. O'sha kunda haqqoniy podshohlik (yolg'iz) Rahmon uchundir. U (kun) kofirlarga ko'p qiyin kun bo'lur. 27. U kunda zolim qo'llarini (barmoqlarini) tishlab (nadomat qilib), der: "Eh, qani edi, men ham payg'ambar bilan bir yo'lni tutganimda! 28. O'lim bo'lsin menga! Qaniydi falonchini do'st tutmaganimda! 29. Aniqki, menga eslatma (Qur'on) kelganidan so'ng, o'sha (falonchi) meni yo'ldan ozdirdi". (U kunda) shayton (o'ziga ergashgan barcha) insonni yordamsiz qo'yuvchidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 238
Muayt bo'lib, uni Islomdan qaytargan shaxs Ubay ibn Xalafdir.
tark etdilar". 31. Biz (Sizdan oldingi) har bir payg'ambar uchun (ham) jinoyatchi kimsalardan mana shunday dushman(lar) ilganmiz. Rabbingizning O'zi yetarli rahnamo va yordamchidir! 32. Kufrda bo'lgan kimsalar: "(Nega bu Qur'on unga payg'ambarga) yaxlit bir to'plam holida nozil qilinmadi?" - dedilar. (Ey, Muhammad,) Biz u (Qur'on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun mana shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan o'qib berdik.
(javob)ni va go'zal tafsirni keltirib qo'ydik. 34. Ular yuztuban hollarida jahannam tomonga sudralurlar. Ana o'shalar eng maqomi yomon va yo'ldan ozgan kimsalardir. 35. Qasamki, Biz Musoga Kitob (Tavrot) ato etdik va birodari Horunni u bilan birga vazir etdik. 36. So'ngra dedik: "Bizning oyatlarimizni yolg'onga yo'ygan qavm (Fir'avn va uning qavmi) oldiga boringiz!" Bas, (o'z kufrlaridan qaytishmagach,) Biz ularni (dengizga g'arq qilish bilan) qirib tashladik. 37. Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular payg'ambarlarini inkor etishgach, Biz ularni g'arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qo'ydik. Yana Biz (bu kabi) zolimlar uchun (oxiratda ham) alamli azob tayyorlab qo'ygandirmiz. 38. Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini hamda shu oradagi ko'p avlodlarni (eslang)!
aslo!) Ular hayvonlarga o'xshaydilar, xolos. Balki, ular yanada yo'ldan ozganroqdirlar. 45. Parvardigoringizning soyani qanday yoyib qo'yganini ko'rmadingizmi?! Agar xohlasa, uni sokin qilib qo'ygan bo'lur edi. So'ngra quyoshni unga (soyaning borligiga) dalil qildik. 46. So'ngra uni astagina O'zimizga tortib olurmiz. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 239
47. (Alloh) sizlar uchun tunni libos (parda), uyquni orom qilib qo'ygan, kunduzni esa (sizlar uchun) jonlanish qilgan zotdir. 48. U O'z rahmati (yomg'iri) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan zotdir. Osmondan pok suv (yomg'ir) yog’dirdik. 49. Bu o'lik shahar (yerlarini) tiriltirish va O'zimiz yaratgan ko'plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug'orish uchundir. 50. U (suv)ni eslatma olishlari uchun (odamlar) oralarida taqsimlab qo'ydik, (ammo) odamlarning ko'plari faqat noshukrlikni istadilar. 51. Agar Biz xohlasak, har qishloq (va shahar)ga bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) yuborgan bo'lur edik. 52. Bas, Siz kofirlarga itoat etmang va u (Qur'on)ning yordamida ularga qarshi qattiq kurashing!
tavhid dinini tark etishni taklif qilganlarida, Alloh taolo ularning bu taklifini rad etishga va ular bilan ilohiy oyatlar asosida bahs yuritishga buyuradi.
o'rtasida to'siq va puxta parda qilib qo'ygan zotdir. 54. U (haqir) suvdan (maniydan) insonni yaratib, so'ng uni (nasl) - nasabli va quda-anda qilib qo'ygan zotdir. Darhaqiqat, Rabbingiz (har ishga) qodirdir. 55. (Kofirlar) Allohni qo'yib, o'zlariga foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir o'z Parvardigoriga qarshi (shaytonga) yordamchidir.
oxirat azobidan) ogohlantiruvchi qilib yubordik. 57. Ayting: "Men sizlardan uning ustidan (hech qanday) haq so'ramayman, faqat Parvardigori sari yo'l tutishni xohlaydigan kishilar bo'lsa bas". 58. O'lmaydigan Tirik zotga tavakkul qiling hamda Unga hamdi bilan tasbeh ayting! U O'z bandalarining gunohlaridan yetarli ogohdir. 59. U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi (barcha) narsalarni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida xabardor (bilimdon kishilar)dan so'rang! 60. Qachonki (mushriklarga): "Rahmonga sajda qilinglar!" - deyilsa, ular: "Nima u Rahmon? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?" - deyishadi va (bu so'z) ularni yanada (imondan) yiroqlashtiradi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 240
62. U eslatma olmoqchi yoki shukr qilmoqchi bo'lgan kishilar uchun kecha va kunduzni (o'zaro) o'rinbosar qilib qo'ygan zotdir. 63. Rahmonning (suyukli) bandalari yerda tavoze bilan yuradigan, johil kimsalar (bema'ni) so'z qotganda "Salomatlik bo'lsin", deb javob qiladigan kishilardir. 64. Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir. 65. Ular: "Parvardigoro, O'zing bizlardan jahannam azobini daf etgin. Darhaqiqat, uning azobi halokatlidir. 66. Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon maqomdir",- deydigan kishilardir. 67. Ular ehson qilganlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar, (tutgan yo'llari) buning o'rtasida - mo''tadildir.
o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlar)ni qilsa, gunoh (uqubat)ga uchrar. 69. Qiyomat kunida unga azob bir necha barobar ziyoda qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur. 70. Illo, kimki tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amal qilsa, bas, Alloh ana o'shalarning yomonlik (gunoh)larini yaxshilik (savob)larga aylantirib qo'yur. Alloh mag'firatli va rahmli zotdir. 71. Kimki tavba qilib ezgu (ishlarni) qilsa, bas, albatta, u Alloh (rizosi va mag'firati)ga qaytgan bo'lur. 72. Ular (Rahmonning suyukli bandalari) yolg'on guvohlik bermaslar va behuda (so'z yo ish) oldidan o'tgan vaqtlarida olijanoblik bilan (undan yuz o'girgan hollarida) o'tarlar. 73. Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlar)ga kar va ko'r hollarida yiqilmaydilar (balki ularni anglab-bilib amal qilurlar). 74. Ular: "Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin", - deydigan kishilardir. 75. Aynan o'shalar sabr qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar. 76. Ular o'sha joyda mangu qolurlar. U eng go'zal qarorgoh va eng go'zal dargohdir. 77. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar duolaringiz bo'lmaganida, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas edi. Bas, sizlar (U yuborgan payg'ambarni) inkor etdingiz. Endi, albatta, sizlarga (azob- uqubat) lozim bo'lur".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 241
SHUARO SURASI
Shuaro - shoirlar. Surada tavhid, imon, Islom, insoniy fazilatlarga da'vat, koinot sirlari, payg'ambarlar, oxiratga taalluqli ma'lumotlar yoritiladi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 242
20. (Muso) aytdi: "O'shanda men u ishni yanglishganlardan bo'lib qilgan edim. 21. So'ngra sizlardan qo'rqib qochib ketdim. Keyin Rabbim menga hikmat berdi va meni payg'ambarlardan qildi. 22. O'sha sen menga minnat qilayotgan ne'mat (aslida) sen Isroil avlodini qul qilib olishing tufaylidir".
tarbiya topgan bo'lur edim. Shuning uchun meni parvarish qilganingni minnat qilma.
24. (Muso) aytdi: "Agar ishonadigan bo'lsanglar, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling