Tarjima haqida
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
vahiy qilur. 4. Osmonlar va Yerdagi (bor) narsalar Unikidir. U oliy va buyukdir. 5. (Mushriklar shirkidan) ustilaridagi osmonlar yorilib ketishga yaqin qolur. Farishtalar esa, Parvardigorlari hamdi bilan tasbeh ayturlar va yerdagi (mo'min-musulmon)lar uchun (Allohdan) mag'firat so'rarlar. Ogoh bo'lingizkim, albatta, Allohning O'zigina mag'firat qiluvchi va rahmlidir! 6. (Allohni) qo'yib (boshqa) "do'stlar"ni ushlagan (sig'ingan) kimsalar ustidan Alloh kuzatib turuvchidir. (Ey, Muhammad,) Siz ularga vakil (qo'riqchi) emasdursiz. 7. (Barcha) qishloq (shahar)lar onasi (Makka ahlini) va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun va shubhasi yo'q "to'planish Kuni"dan ogohlantirishingiz uchun Biz Sizga mana shunday arabiy Qur'onni vahiy qildik. (U kunda) bir guruh jannatda bo'lsa, bir guruh do'zaxdadir. 8. Agar Alloh xohlaganida, albatta, ularni (insonlarni) bir millat (bir dinda - Islomda) qilgan bo'lur edi. Lekin, U O'zi xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) doxil qilur. Zolim (kofir)lar uchun esa, biror do'st va yordamchi yo'qdir. 9. Yoki ular (Allohni) qo'yib (boshqa)larni do'st tutib oldilarmi (o'shalarga sig'inmoqdalarmi)?! (Yo'q,) Allohning O'zigina (chin) do'stdir. U o'liklarni tiriltirur va U barcha narsaga qodirdir. 10. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlar ixtilof qilgan har bir narsaning hukmi Allohga havoladir. Mana shu Alloh Rabbimdir. Unga tavakkul qildim va Unga iltijo qilurman".
va chorva hayvonlaridan ham juft-juft (yaratdi). U sizlarni o'shanda (juftlikda) ko'paytirur. Uning mislidek biror narsa yo'qdir. U eshituvchi va ko'ruvchidir. 12. Osmonlar va Yer (xazinalarining) ochqichlari Unikidir. U O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va tang qilur. Darhaqiqat, U barcha narsani biluvchidir. 13. (Ey, imon keltirganlar, Alloh) sizlar uchun din bo'yicha Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek,) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani - shariat qildi: "Dinni barpo qilinglar va unda firqa-firqaga bo'linmangizlar!" (Ey, Muhammad,) mushriklarga Siz da'vat qilayotgan narsa (tavhid) og'irlik qildi. Alloh unga (dinga) O'zi xohlagan kishilarni tanlar va Unga inobat qiladigan kishilarni hidoyat qilur. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 329
14. Ular (o'tgan qavmlar) o'zlariga (bo'linmaslik haqida) bilim (hujjat) kelganidan so'ng o'zaro hasad (adovat) qilishib, firqa-firqa bo'lib ketganlar. Agar Rabbingiz tomonidan belgilangan muddatgacha (qiyomatgacha kechiktirish haqidagi) So'z kechmaganida, albatta, ularning o'rtasi ajrim qilingan bo'lur edi. Albatta, ulardan keyin Kitobga (Tavrot va Injilga) voris qilingan kimsalar (yahudiy va nasroniylar) ham undan (o'z Kitoblaridan) shak-shubhadadirlar. 15. Bas, (ey, Muhammad,) mana shuning uchun da'vat qiling va o'zingizga buyurilganidek, To'g'ri yo'lda bo'ling hamda ularning (mushriklarning) havoyi nafslariga ergashmang va ayting: "Men Alloh nozil qilgan Kitobga imon keltirdim va sizlarning o'rtangizda adolatli bo'lishga buyurildim. Alloh Rabbimiz va Rabbingizdir. Bizlarning amallarimiz o'zimizga, sizlarning amallaringiz o'zlaringizgadir. Bizlar bilan sizlarning o'rtangizda (biror) xusumat yo'qdir. Alloh (qiyomatda) barchamizni jamlar va qaytishlik faqat Uning huzurigadir".
nazdida botil (behuda)dir. Ularga (bu dunyoda) g'azab, (oxiratda esa) qattiq azob bordir. 17. Alloh Haqqoniy Kitobni va tarozi (adolat)ni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol, Qiyomat yaqindir. 18. Unga (Qiyomatga) imon keltirmaydigan kimsalar uni qistagaylar. Imon keltirgan zotlar esa undan qo'rquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini bilurlar. Ogoh bo'lingizkim, Qiyomat xususida tortishadigan kimsalar chuqur zalolatdadirlar! 19. Alloh bandalariga mehribondir. U O'zi xohlagan kishilarga (farovon) rizq berur. U kuchli va qudratlidir. 20. Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki, dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba bo'lmas. 21. Balki ular (mushriklar) uchun dindan Alloh ruxsat etmagan narsalarni - ularga shariat qilib bergan sheriklari (butlari) bordir?! Agar So'z (qiyomatga tayin) bo'lmaganida, albatta, ularning o'rtalarida (shu dunyodayoq) hukm qilingan bo'lur edi. Zolimlar uchun, albatta, alamli azob bordir. 22. (Qiyomat kunida) u zolimlarni o'z qilmishlaridan qo'rqib turgan hollarida ko'rasiz. U (jazo baribir) ularga tushuvchidir! Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannatlarning boqlarida bo'lishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shu katta fazlning o'zidir.
(Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat qarindoshchilikdagi do'stlik (yaqinlik)nigina (so'rayman)". Kimki, biror chiroyli amal qilsa, Biz uning uchun o'sha (amali)da yana husnni ziyoda qilurmiz (ziyoda savob ato eturmiz). Albatta, Alloh mag'firat qiluvchi va yaxshilikni biluvchidir. 24. Yoki ular: "Alloh sha'niga yolg'on to'qidi" deydilarmi?! (Undoq emas,) chunki agar (Siz yolg'on to'qiydigan bo'lsangiz) Alloh xohlasa, dilingizni muhrlab qo'yur. Alloh O'z so'zlari bilan botil (nohaq gaplar)ni yo'q qilur va Haqni haq qilur (ro'yobga chiqarur). Albatta, U dillardagi (sirlar)ni biluvchidir. 25. U bandalaridan tavbani qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qiladigan ishlaringizni biladigan zotdir. 26. U imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni (duolarini) ijobat qilur va ularga O'z fazlidan Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 330
ziyoda qilur. Kofirlar uchun esa qattiq azob bordir. 27. Agar Alloh bandalarining rizqlarini keng-mo'l qilib yuborsa, albatta, ular yer yuzida tajovuzkorlikka o'tib ketgan bo'lur edilar. Lekin, U O'zi xohlaganicha o'lchov bilan (rizq) tushirur. Albatta, U bandalaridan xabardor va ko'rib turuvchidir. 28. U (odamlar) umidsizlikka tushganlaridan keyin yomg'ir ёg'diradigan va O'z rahmat (barakot)ini keng yoyadigan zotdir. U do'st va hamd egasidir. 29. Osmonlar va Yerning yaratilishi hamda (Alloh) tarqatib yuborgan ulardagi jonivorlar Uning alomatlaridandir. U O'zi xohlagan vaqtida ularni yig'ib olishga qodirdir. 30. (Ey, insonlar,) sizlarga ne musibat yetsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir. Yana U ko'p (gunohlar)ni afv etib turur. 31. Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror do'st ham, yordamchi ham yo'qdir.
33. Agar (Alloh) xohlasa, shamolga taskin berur, bas, ular u (dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, bunda har bir (baloga) sabr qiluvchi, (Allohning ne'matlariga) shukr qiluvchi uchun ibratlar bordir. 34. Yoki (kemadagi odamlarni) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (g'arq) qilur va ko'plarni (halokatdan qutqarib) afv etur, 35. (toki) oyatlarimiz xususida tortishadigan kimsalar o'zlari uchun (Allohning azobidan) qochib qutuladigan joy yo'q ekanini bilib olsinlar! 36. Bas, (ey, insonlar,) sizlarga ato etilgan narsa(lar) dunyo hayoti matosidir va imon keltirgan hamda yolg'iz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (dunyo matolaridan) yaxshiroq va boqiyroqdir. 37. Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir. 38. Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o'zaro maslahat (bilan) bo'lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan ehson qilurlar. 39. Ular o'zlariga tajovuz qilinganda (unga qarshi kurashib,) g'olib bo'ladigan zotlardir. 40. (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o'rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas. 41. Albatta, kimki mazlum bo'lganidan so'ng (zulm qilgan kimsadan) g'olib bo'lsa (intiqom olsa), bas, ular(ni ayblash)ga yo'l yo'qdir. 42. Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaqlik bilan hadlaridan oshadigan kimsalar(ni ayblab jazolash)gagina yo'l bordir. Ana o'shalar uchun alamli azob bordir. 43. Albatta, kimki (aziyatlarga) sabr qilsa va (Alloh uchun) kechirib yuborsa, albatta, bu puxta ishlardandir. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 331
44. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, unga o'shandan keyin biror (yo'l ko'rsatuvchi) do'st yo'qdir. (Unday) zolimlarning (qiyomat Kuni) azobni ko'rgan vaqtlarida: "(Yana dunyoga) qaytishga biror yo'l bormikan?" - deyayotganlirini ko'rarsiz.
qilinayotganlarini ko'rarsiz. Imon keltirgan zotlar: "Albatta, (chin) ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga, ahli (oila)lariga ziyon qilgan kimsalardir", - deydilar. Ogoh bo'lingizkim, (u) zolimlar mangu azobdadirlar. 46. Ularga Allohdan o'zga yordam beradigan hech qanday do'stlar bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror (To'g'ri) yo'l yo'qdir. 47. (Ey, insonlar,) Alloh tomonidan hech qaytarib bo'lmaydigan bir kun (qiyomat) kelib qolishidan ilgari Rabbingizga ijobat (itoat) etingiz! U kunda sizlar uchun panoh ham bo'lmas va sizlar uchun (qilmishlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo'lmas. 48. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) endi ham (imon keltirishdan) yuz o'girsalar, bas, Biz Sizni ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q! Sizning zimmangizda faqat (vahiyni) yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga O'z tomonimizdan rahmat (ne'mat)ni tottirgan vaqtimizda u bilan shodlanur, (ammo) agar ularga o'z qo'llari qilgan (gunoh)lari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, inson (zoti) noshukrdir. 49. Osmonlar va Yerning hukmronligi Allohga (xos)dir. U O'zi xohlagan narsani yaratur. U O'zi xohlagan kishiga qizlarni hadya etur va O'zi xohlagan kishiga o'g'illarni hadya etur. 50. Yoki ularga o'g'illar va qizlarni qo'shib berur va O'zi xohlagan kishini tug'mas (bepusht) qilib qo'yur. Albatta, U (barcha narsani) biluvchi va (o'zi xohlagan narsani yaratishga) qodirdir. 51. Insonga Alloh (bevosita) so'z qotishi mumkin emas. Faqat vahiy orqali yo parda ortidan yoki elchi (farishta) yuborib, (Allohning) izni bilan u xohlagan narsani vahiy qilishi mumkin. Albatta, U (sha'ni) oliy va hikmatli zotdir.
oldin na Kitobni (Qur'onni) va na imonni (mohiyatini) biluvchi edingiz. Lekin Biz uni (Qur'onni) nur qildikki, u bilan bandalarimizdan O'zimiz xohlagan kishilarni hidoyat qilurmiz. Albatta, Siz (vahiy yordamida) To'g'ri yo'lga boshlaysiz. 53. (U) osmonlardagi va yerdagi (bor) narsa O'ziniki bo'lmish Allohning yo'lidir! Ogoh bo'lingizkim, (barcha) ishlar Allohga qaytur! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 332
ZUXRUF SURASI
Zuxruf - zeb-ziynat demakdir. Surada shu haqda oyat nozil qilingani uchun shu lafz bilan nomlangan. Surada Allohning beadad ne'matlari, mushriklarning Alloh sha'niga to'qigan bo'htonlari, Ibrohim va Muso payg'ambarlarning qissalaridan lavhalar va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.
2. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki, 3. albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on qildik! 4. Darhaqiqat, u (Qur'on) dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul - Mahfuzda) oliy (martabali) va hikmatli (Kitob)dir. 5. Bas, haddan oshuvchi qavm bo'lsangiz, sizlardan (bu) eslatmani burib (o'z hollaringizga tashlab) qo'yaylikmi?! 6. Avvalgilarga ham qanchalab payg'ambar yuborganmiz. 7. Ular ham o'zlariga kelgan payg'ambarni faqat masxara qilar edilar. 8. Bas, ulardan (makka kofirlaridan) kuchliroqlarni ham halok qilganmiz. (Qur'onda) avvalgilarning masal (qissa)lari o'tdi. 9. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" deb so'rasangiz, albatta: "Ularni qudratli va bilimli (Alloh) yaratgan", - derlar. 10. O'sha zot sizlar uchun yerni beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va (safarlarda) yo'l topishlaringiz uchun unda (yerda) yo'llarni (paydo) qildi.
qishloqlarni "tiriltirdik" (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday chiqarilursizlar. 12. O'sha zot barcha juftlarni (mavjudotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan ulovlarni (paydo) qildi. 13. Toki sizlar ularning ustiga mingaysizlar, so'ngra unga o'rnashib olgach, Parvardigoringiz ne'matini eslab aytursizlar: "Bizlarga bu (ulov)ni bo'ysundirib qo'ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o'zimiz bunga qodir emas edik. 14. Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz". 15. Ular (mushriklar) Unga O'z bandalaridan (farishtalarni) a'zo qildilar. Darhaqiqat, inson aniq noshukurdir. 16. Yoki (Alloh) O'zi yaratadigan narsalardan qizlarni olib, sizlarga o'g'illarni tanlab berdimi?! Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 333
17. Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilgan narsa (qiz tug'ilgani) haqida "xushxabar" berilsa, g'azabga to'lib, yuzi qorayib ketar. 18. Zeb-ziynat ichida o'stiriladigan, munozarada (o'z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan (zaifa)ni- ya! 19. Rahmonning bandalari bo'lmish farishtalarni "qizlar" dedilar. YO ularni (farishtalarni) yaratishga guvoh bo'lganmidilar?! Ularning bu "guvoh"liklari, albatta, yozilur va ular (qiyomat kunida) so'roq qilinurlar. 20. Ular: "Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (butlarga) ibodat qilmagan bo'lur edik", - deydilar. Ular uchun bunga (hech qanday) bilim (asos) yo'qdir. Ular faqat yolg'on so'zlamoqdalar. 21. Yoki Biz ularga undan (Qur'ondan) oldin (biror) kitob ato etganmiz-u, ular o'shani tutuvchimilar?! 22. Balki ular (shunday) deydilar: "Bizlar ota-bobolarimizni bir din uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan borib hidoyat topuvchilardirmiz".
yubormaylik, u joyning maishatparastlari: "Albatta, bizlar ota-bobolarimizni bir millat (din) uzra topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan ergashuvchidirmiz", - deganlar. 24. (Payg'ambar ularga) "Agar men sizlarga siz ota-bobolaringizni u uzra topgan narsa (din)dan To'g'riroq (din)ni keltirgan bo'lsamchi?" - deganida, ular: "Albatta, bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirdirmiz", - dedilar. 25. Bas, ulardan intiqom oldik. Endi, u (payg'ambarlarni) yolg'onchi qiluvchilarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring! 26. Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: "Men sizlar ibodat qilayotgan ma'budalardan bezordirman. 27. Illo, meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak". 28. U (Ibrohim) o'sha (nasihat)ni zora qaytsalar, deb o'z ortida qoluvchi so'z qildi. 29. Men esa (u qoldirgan so'zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham - to ularga Haq (Qur'on) va aniq payg'ambar (Muhammad) kelgunicha, (farovon hayotdan) foydalantirdim. 30. (Ammo) ularga Haq (Qur'on) kelgach, ular: "Bu sehrdir, bizlar unga kofirdirmiz", - dedilar. 31. Yana ular: "Bu Qur'on ikki shahar(ning biri)dan bo'lgan ulug' odamga nozil qilinganida edi", - dedilar.
haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo'lganida edi makkalik Valid ibn Mug'ira yoki toiflik Urva ibn Ma'ud as- Saqafiy kabi boy-badavlat, mashhur zodagonlardan biriga nozil qilingan bo'lur edi, der edilar.
dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham ularning o'rtalarida Biz taqsimlaganmiz va bir-birlarini bo'yin Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 334
sundirish (ishlatish)lari uchun ba'zilarini ba'zilaridan darajalarini ko'tarib qo'yganmiz. Rabbingizning rahmati esa ular to'playdigan narsa (boylik)laridan yaxshiroqdir. 33. Agar (imon keltirmaganlarning to'q yashayotganlarini ko'rib) odamlar bir millat (kofir) bo'lib olishlari bo'lmaganida edi, albatta, Rahmonga kofir bo'ladigan kimsalarga uylarining shiftlarini ham, unga chiqadigan narvonlarni ham kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik.
(kumushdan qilib qo'ygan bo'lur edik). 35. Yana (barcha) zeb-ziynatni ham. (Zero, bularning) barchasi faqat dunyo hayoti matolaridir. Oxirat esa, Rabbingiz nazdida, taqvodorlar uchundir. 36. Kimki Rahmon zikridan (Qur'on nasihatlaridan) ko'r bo'lib olsa (yuz o'girsa), Biz unga shaytonni yaqin qilib qo'yarmiz, bas, u unga hamrohdir. 37. Albatta, ular (shaytonlar) yo'ldan to'sib turib, yana o'zlarini hidoyat topuvchilar, deb hisoblaydilar. 38. To qachonki, Bizning huzurimizga kelgach, (o'sha shaytonga qarab): "Qani endi, men bilan sening o'rtang Sharqu G'arbning o'rtasidagi uzoqlik kabi bo'lsa. Bas,(sen) naqadar yomon hamroh", - der. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling