Tarjima haqida


Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga


Download 3.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
#78
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72

51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo'lmish zolimlarga 

ham yaqinda yomonliklari yetar. Ular (biror ishni) uddalay oluvchi emasdirlar.  

 

52. Axir, ular Alloh O'zi xohlagan kishining rizqini keng qilishini va (O'zi xohlagan kishining rizqini) 

tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.  

 

53. (Ey, Muhammad,) o'z jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: "Allohning rahmatidan noumid 

bo'lmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag'firat qilur. Albatta, Uning O'zi mag'firatli va 

rahmlidir 

 

54. Sizlarga azob kelib, so'ngra yordam berilmay qolishidan ilgari Rabbingizga qaytinglar va Unga 

bo'yin suninglar! 

 

55. Sizlarga, o'zlaringiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolishidan ilgari, Rabbingiz 

(tomoni)dan sizlarga nozil qilingan go'zal narsa (Qur'on)ga ergashinglar! 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

316


 

56. Biror jon: "Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men 

masxara qiluvchilardan bo'lgan edim", - deb qolmasligi uchun.  

 

57. yoki: "Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta, taqvodorlardan bo'lur edim", - deb qolmasligi 



uchun 

 

58. yoki azobni ko'rgan chog'ida: "Qani edi, men uchun yana bir karra (yashashning imkoni) bo'lsa-yu, 

men ham chiroyli amal qiluvchilardan bo'lsam", - deb qolmasligi uchun (Qur'onga ergashinglar)! 

 

59. "Yo'q, senga Mening oyatlarim kelganida, sen ularni yolg'on degan eding va kibrlanib, kofirlardan 

bo'lgan eding!" 

 

60. Qiyomat Kunida Alloh sha'niga yolg'on so'zlagan kimsalarni yuzlari qoraygan holda ko'rursiz. 

Jahannamda mutakabbir kimsalar uchun joy yo'qmi?! 

 

61. Alloh, taqvo qilgan zotlarni yutuqlari sababli (oxirat azobidan) qutqarur, ularga biror noxushlik 

ham yetmas va ular g'amgin ham bo'lmaslar.  

 

62. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir. U barcha narsaga vakil (homiy)dir.  

 

63. Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. Alloh oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar - ana o'shalargina 

ziyon ko'ruvchilardir.  

 

64. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Hali sizlar meni Allohdan o'zgaga ibodat qilishga 

buyuryapsizlarmi, ey, nodonlar!" 

 

65. Darhaqiqat, Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambarlarga) (shunday) vahiy qilingan edi: "Qasamki, 

agar mushrik bo'lsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib 

qolursan! 

 

66. Balki faqat Allohgagina ibodat qilgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!" 

 

67. Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning 

uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan 

pok va yuksakdir!  

 

68. Sur chalinadi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik 



qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib, 

(Allohning amriga) qarab turarlar.  

 

69. Yer (mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishadi; kitob (nomai a'mol hozirlab) qo'yiladi; 

payg'ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning o'rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm 

qilinadi.  

 

70. Har bir jonga qilgan amali (uchun mukofot yoki jazo) komil qilib beriladi U ularning qilayotgan 

ishlarini juda yaxshi biluvchidir.  

 

71. Kofir bo'lgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydalur. To qachonki, ular (jahannamga) 

kelib yetganlargalarida, uning darvozalari ochiladi va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga 

o'zlaringizdan bo'lgan payg'ambarlar - Rabbingiz oyatlarini sizlarga tilovat qilib sizlarni mana shu 

Kuningizdagi muloqotdan ogohlantirgan hollarida kelmaganmidilar", - deganlarida, ular: "Ha, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

317


(kelganlar), lekin azob So'zi kofirlar bo'yicha muqarrar bo'lgandir",- deydilar.  

 

72. (Shunda ularga) aytiladi: "Jahannam darvozalaridan kiringlar! Sizlar o'sha joyda mangu 

qolursizlar!" Bas, kibrli kimsalarning joylari naqadar yomondir! 

 

73. Parvardigorlaridan qo'rqqan taqvoli zotlar ham guruh-guruh holda jannatga "haydalurlar". To 

qachonki, ular uning darvozalari ochilgan holda ekanida yetib kelganlarida va uning qo'riqchilari: 

"Sizlarga salom! Xush keldingiz! Bas, unga mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz", - 

deganlarida (ular behad shodlanurlar).  

 

74. Ayturlar: "Bizlarga va'dasini rost qilgan va bizlarni (bu) yerga voris qilgan Allohga hamdki, 

jannatdan o'zimiz xohlagan yerdan o'rin olyapmiz", - derlar. Bas, (chiroyli) amal qiluvchilarning 

mukofoti naqadar yaxshidir! 

 

75. (Ey, Muhammad,) Siz (o'sha Kunda) farishtalar Arsh atrofini o'rab olgan hollarida, 



Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh aytayotganlarini ko'rarsiz. (Zero,) ularning o'rtalarida haqqoniy 

hukm qilindi va "Hamd (barcha) olamlarning Parvardigori Allohgadir!" deyildi.  

 

 

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

318


G'OFIR SURASI 

 

Bu surani uch xil nom bilan ataganlar. Birinchisi - suraning o'zidan olingan Allohning ismi - G'ofir, ya'ni, 



gunohni kechiruvchi. Ikkinchisi - Mo’min. U ham suraning 40-oyatidan olingan. Uchinchisi - Ho, mim. Shu 

harflar bilan boshlangani uchun mazkur nom berilgan. Surada Islom aqidasiga oid ma'lumotlar, imon, e'tiqod, 

kufr, shirk, haq va nohaqlik, umuman ezgulik bilan yovuzlik o'rtasidagi kurash, farishtalar va payg'ambarlar 

qissasi, xususan Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida kechgan mojarolar o'z ifodasini topgan.  

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

 

1. Ho, Mim.  



 

2. (Ushbu Qur'on) qudratli va bilimli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.  

 

3. (U) gunohni mag'firat qiluvchi, tavbani qabul etuvchi, azobi qattiq va ehson egasidir. Undan o'zga iloh 

yo'q. Qaytishlik faqat Uning O'zigadir.  

 

4. Allohning oyatlari haqida kofir bo'lganlargina tortishurlar. Bas, ularning shaharlararo kezishlari 

Sizni aldab qo'ymasin!  

 

Izoh: Ya'ni, kofirlarning shaharmashahar tijorat va boshqa sabablar bilan sayru tomosha qilib yurishlari Sizni 



o'ksitib qo'ymasin. Zero, ularning bu dunyodagi yutuqlari ulkan bo'lgani bilan oxiratda ko'radigan zararlariga 

qaraganda arzimagan narsa bo'lib qolishi muqarrardir. Bu nasihat barcha mo’minlarga ham taalluqlidir. 

Foniy dunyo matohi uchun imondan voz kechish, turli makruh va manfur ishlarga qo'l urish nomaqbul 

sifatlardan ekanligiga oyatda ishorat bordir.  

 

5. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi va ulardan keyingi (Od, Samud qabilalari kabi) 



firqalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlar. Har bir millat o'z payg'ambarini 

tutishga (o'ldirishga) qasd qilgan va botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida Haqni yengmoqchi 

bo'lgan edilar. Birdan Men ularni (O'z azobim bilan) tutdim. Bas, azobim qanday bo'ldi?! 

 

6. (Ey, Muhammad, qavmingiz orasida) kofir bo'lgan kimsalar ustiga ham Rabbingiz So'zi (azobi) mana 

shunday muqarrar bo'lgandir - albatta, ular do'zax ahlidirlar.  

 

7. Arshni ko'tarib turadigan va uning atrofidagi (farishta)lar (yakkayu yagona) Parvardigorlariga hamd 

bilan tasbeh ayturlar va Unga imon keltirurlar hamda imon keltirgan kishilarni mag'firat etishini 

so'rarlar: "Parvardigoro, O'zing rahmat va ilm jihatdan barcha narsada kengdirsan. Bas, tavba qilgan 

va yo'lingga ergashgan kishilarni mag'firat et va ularni do'zax azobidan saqla! 

 

8. Parvardigoro, ularni ham, ularning otabobolari, jufti halollari va zurriyotlari orasidagi solih bo'lgan 



kishilarni ham O'zing ularga va'da qilgan mangu jannatlarga doxil qilgin. Albatta, Sen qudrat va 

hikmat sohibidirsan.  

 

9. O'zing ularni barcha yomonliklardan asragin, Kimni o'sha kunda (qiyomatda) yomonliklardan 

asrasang, bas, haqiqatan unga rahm qilibsan. Mana shu ulkan yutuqdir".  

 

10. Kofir bo'lgan kimsalarga (qiyomat kuni): "Sizlarni (dunyoda) imonga chaqirilganda, kofir 

bo'lganingizdagi Allohning yomon ko'rishi (bu Kundagi) o'zlaringizni yomon ko'rishingizdan 

kattaroqdir", - deb nido qilinur.  

 

11. Ular deydilar: "Parvardigoro, Sen bizlarni ikki bor o'ldirding va ikki bor tiriltirding. Bas, bizlar 

(dunyoda qilgan) gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi (bu azobdan) chiqishga biror yo'l bormi?"  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

319


 

11-oyat. Ikki bor o'ldirib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng 

jonlanib, yashab, so'ng ajali yetganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunidagi tirilishdir.  

 

Izoh: Ikki bor o'ldirilib, ikki bor tiriltirishdan murod - ona qornida to to'rt oygacha jonsiz yotish, so'ng 

jonlanib, yashab, so'ng ajal etganda vafot etishi, so'ngra qiyomat kunida tirilishidir.  

 

12. (Yo'q!) Bunga sabab, (sizlarni) Allohga (ibodat qilishga) da'vat qilinganda kofir bo'lib, agar Unga 



shirk keltirilsa, ishonib ketishlaringizdir. Bas, barcha hukm oliy va buyuk Allohnikidir.  

 

13. U sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur va sizlarga osmondan rizq yog'dirur. (Lekin bu alomatlardan) 

faqat (Allohga) inobat (taslim) qiladigan kishigina eslatma olur.  

 

14. Bas, (ey, mo’minlar,) garchi kofirlar yomon ko'rsalar-da, Allohga - Unga dinni xolis qilgan 

holingizda duo (ibodat) qilingiz! 

 

15. (U) darajalarni ko'taruvchi va Arsh sohibidir. Bandalaridan O'zi xohlagan kishilarga - (insonlarni) 

muloqot kunidan (qiyomatdan) ogohlantirishi uchun O'z amri bilan ruh (vahiy) tushirar.  

 

16. Ular (qabrlaridan) chiqadigan Kunda Allohga ulardan biror narsa maxfiy bo'lib qolmas. "Bu Kunda 

podshohlik kimnikidir?" Yagona va g'olib Allohnikidir.  

 

17. Bu Kunda har bir jon o'zi qilgan ishi (amali) bilan jazolanur. Bu Kunda (hech kimga) zulm qilish 



yo'q. Albatta, Alloh hisobi tez zotdir.  

 

18. (Ey, Muhammad,) Siz ularni yaqin kundan (qiyomatdan) ogohlantiring! O'shanda ular yuraklari 

halqumlariga tiqilib, qayg'ularini yutib tururlar. Zolim (kofir) kimsalar uchun (u Kunda) na bir do'st va 

na ma'qullanadigan shafoatchi bo'lur.  

 

19. (Alloh) ko'zlarning xiyonatini (qarash man etilgan narsaga o'g'rincha ko'z tashlashini) ham, dillar 

yashiradigan narsalarni ham bilur.  

 

20. Alloh haqqoniy hukm qilur. Ular (Allohni) qo'yib sig'inayotgan narsalari esa, biror narsaga hukm 

qila olmaslar. Albatta, Allohning O'zi eshituvchi va ko'rib turuvchi zotdir.  

 

21. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avval o'tgan, (imonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari 

qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular (Makka mushriklari)dan ko'ra kuchda va yerdagi osori 

atiqalari jihatidan zo'rroq edilar. Bas, Alloh ularni gunohlari sababli ushladi va ular uchun Allohdan 

o'zga biror saqlovchi bo'lmadi.  

 

22. Bunga sabab - ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular inkor etdilar. Bas, Alloh ularni 

ushladi (halok qildi). Zero, U quvvatli va azobi qattiqdir.  

 

23. Biz Musoni, mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik.  

 

24. Fir'avn, Homon va Qorun huzuriga. Ular: "(Muso) yolg'onchi, sehrgardir", - dedilar.  

 

25. Bas, qachonki, (Muso) ularga Huzurimizdan Haq (payg'ambarlik) bilan kelganida, ular: "U bilan 

birga mo’min bo'lganlarning o'g'illarini o'ldirib, ayollarini tirik qoldiringiz!" - dedilar. (Lekin) 

kofirlarning makrlari, albatta, zalolatda (zoyelikda)dir.  

 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

320


26. Fir'avn dedi: "Menga qo'yib beringlar, Musoni o'ldiray. (Qani) u Parvardigoriga duo qilsin-chi 

(unga najot berarmikan)! Men (Muso) sizlarning diningizni o'zgartirib yuborishidan yoki yer yuzida 

buzg'unchilikni avj oldirishidan qo'rqmoqdaman".  

 

27. Muso aytdi: "Men Rabbim va Rabbingiz (bo'lmish Alloh)dan Hisob kuniga imon keltirmaydigan 

barcha mutakabbirlarning yomonligidan panoh berishini so'rayman.  

 

28. (Shunda) Fir'avn zodagonlaridan bo'lgan, o'zining imonini yashirib yuradigan bir mo’min kishi dedi: 

"Bir kishini, "Mening Rabbim Allohdir", - degani uchun o'ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga Rabbingiz 

tomonidan hujjatlarni keltirgandir. Agar u yolg'onchi bo'lsa, yolg'oni o'ziga! Bordiyu rostgo'y bo'lsa, (u 

holda) sizlarga u va'da qilayotgan (azoblardan) ayrimlari yetib qoladi-ku! Albatta, Alloh haddan 

oshuvchi va yolg'onchi kimsalarni hidoyat qilmas.  

 

29. Ey, qavmim, bugun-ku hukmronlik sizlarniki, (shu) yerda g'olibsizlar. Endi, agar bizlarga Allohning 

azobi kelsa, kim bizlarga yordam berur?!" Fir'avn aytdi: "Men sizlarga faqat o'zim ra'y qilayotgan 

narsani (Musoni o'ldirishni) ko'rsatayapman va men sizlarni faqat To'g'ri yo'lga yetaklayman".  

 

30. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, men sizlarning ustingizga ham xuddi (o'tgan) firqalar kuni 

(tushib qolishi)dan qo'rqaman.  

 

31. (Ular) Nuh qavmi, Od, Samud (qabilalari) va ulardan keyingi (kufr yo'lini tutgan) kimsalarning ishi 

kabidir. Holbuki, Alloh bandalari uchun zulm qilishni istamas.  

 

32. Ey, qavmim, haqiqatan, men sizlarga nidolashuv kunidan (Qiyomat kunidan) qo'rqaman.  

 

33. U Kunda sizlar yuz o'girib qochursizlar, (ammo) sizlar uchun Alloh (azobi)dan saqlovchi bo'lmas. 

Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.  

 

34. Darvoqe, ilgari Yusuf sizlarga (ajdodlaringizga) hujjatlarni keltirganida ham, sizlarga keltirgan 



narsalarga shak(-shubha)da qattiq turib olgan edingizlar. To qachonki, u halok bo'lganida esa: "(Endi, 

Yusufdan) so'ng Alloh sira payg'ambar yubormas", - dedingizlar. Haddan oshuvchi va shak keltiruvchi 

kimsalarni Alloh mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar.  

 

35. Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan (biror) hujjatsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida 

ham, imon keltirgan zotlar nazdida ham katta nafratga duchor bo'lurlar. Alloh har bir mutakabbir va 

zo'ravonning qalbini mana shunday muhrlab qo'yar.  

 

36. Fir'avn aytdi: "Ey, Homon, men uchun bir (baland) minora qurgin, shoyadki men (uning ustiga 

chiqib) yo'llarga yetsam, 

 

37. osmonlarning yo'llariga. (Zora) Musoning ilohini ko'rsam, darhaqiqat, men uni yolg'onchi deb 

gumon qilmoqdaman". Fir'avnga o'zining yomon amali mana shunday chiroyli ko'rsatildi va u (To'g'ri) 

yo'ldan to'sildi. Fir'avnning barcha makri, albatta, halokatdadir.  

 

38. Imon keltirgan kishi dedi: "Ey, qavmim, menga ergashinglar, men sizlarni To'g'ri yo'lga 

yetaklayman.  

 

39. Ey, qavmim, bu dunyo hayoti faqat bir (arzimas) matodir. Albatta, oxiratgina (mangu) barqarorlik 

diyoridir.  

 

40. Kimki biror yomonlik qilsa, unga (oxiratda o'sha yomonligi) barobaridagina jazo berilur. Erkakmi, 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

321


ayolmi - kimki mo’minlik holida biror yaxshilik qilsa, aynan o'shalar jannatga doxil bo'lurlar. U joyda 

ularga behisob rizq berilur.  

 

41. Ey, qavmim, nega men sizlarni najotga (jannatga) chorlasam, sizlar meni do'zaxga 



chorlamoqdasizlar?! 

 

42. Sizlar meni Allohga kofir bo'lishga va o'zim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga 

chaqirmoqdasizlar. Men esa, sizlarni qudratli va o'ta mag'firatli zotga chorlamoqdaman.  

 

43. Shubha yo'qki, albatta, sizlar meni (ibodat qilishga) chaqirayotgan narsalaringiz na dunyoda va na 

oxiratda (hech kimni) da'vat qila olmas. Albatta, (barchamizning) Allohga qaytishimiz bordir. 

Darhaqiqat, haddan oshuvchilar - o'shalargina do'zax ahlidirlar.  

 

44. Hali men sizlarga aytayotgan so'zlarni eslaysizlar. Men o'z ishimni Allohga topshirurman. Zero, 

Alloh bandalarini ko'rib turuvchidir".  

 

45. Bas, Alloh u (imon keltirgan kishi)ni ularning yomon makrlaridan saqladi va Fir'avn zodagonlarini 

yomon azob o'rab oldi.  

 

46. (U azob qabrdagi bir) olovdirki, ular ertayu kech unga toblanurlar. Qiyomat qoyim bo'ladigan 

kunda esa, (do'zax farishtalariga): "Fir'avn zodagonlarini eng qattiq azobga kiritinglar" (deyilur).  

 

47. O'shanda ular do'zaxda o'zaro tortishib, zaiflar mutakabbirlarga (sobiq yo'lboshchilariga): "Bizlar 

sizlarga ergashgan edik, endi sizlar bizlardan do'zax (azobi)ning biror bo'lagini daf qila olurmisizlar?" - 

derlar.  

 

48. Mutakabbir kimsalar ayturlar: "Bizlarning barchamiz, shubhasiz, unda (do'zaxda)dirmiz. Alloh 

bandalari o'rtasida O'z hukmini chiqarib bo'ldi".  

 

49. (Shunda) do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: "Parvardigoringizga duo qilinglar, 

bizlardan biror kun azobni yengillatsin", deganlarida, 

 

50. ular ayturlar: "Axir, sizlarga payg'ambarlaringiz hujjatlar keltirmaganmidilar?!" "Ha, (lekin ularni 



yolg'onchi qilgan edik)" - deydilar. (Shunda farishtalar ularga) ayturlar: "U holda duo qilaveringlar. 

(Lekin) kofirlarning duolari, albatta, zoyedir".  

 

51. Albatta, Biz payg'ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga dunyo hayotida ham, guvohlar (hozir 

bo'lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz.  

 

52. U kunda zolim (kofir)larga uzrlari foyda bermas. Ularga la'nat bo'lur va ularga eng yomon joy 

(do'zax) bo'lur.  

 

53. Biz Musoga hidoyat ato etdik va Isroil avlodiga meros qilib, 

 

54. aqlli kishilarga hidoyat va eslatma bo'lmish Kitob (Tavrot)ni bergan edik.  

 

55. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling! Zero, Allohning va'dasi haqdir va gunohingizga mag'firat so'rang 

hamda tunu kun Rabbingiz hamdi bilan tasbeh ayting! 

 

56. Albatta, Allohning oyatlari haqida o'zlariga kelgan biror hujjatsiz tortishadigan kimsalar, aniqki, 

ularning dillarida shunday kibr bordirki, ular o'shanga yetuvchi emasdirlar. Bas, Siz Allohdan panoh 

so'rang. Albatta, Uning O'zigina eshituvchi va ko'rib turuvchidir.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

322


 

57. Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin, ko'p odamlar 

(buni) bilmaydilar.  

 

58. Ko'r bilan ko'ruvchi va imon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa 

barobar bo'lmas. Eslatmani esa, kamdan kam olursizlar.  

 

59. Albatta, qiyomat keluvchidir, u haqda shubha yo'qdir. Lekin, ko'p odamlar (unga) imon 



keltirmaslar.  

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling