Tarjima haqida
Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir"
Download 3.77 Mb. Pdf ko'rish
|
17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir". 18. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (da'vatlaringizni) to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar". 19. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa (shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!" 20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar! 21. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!"
YIGIRMA UCHINCHI JUZ’ *************************
farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz. 29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo'ldi-yu, birdaniga ular "o'chib" qoldilar. 30. Bandalarga hasrat (nadomat) bo'lgayki, ularga payg'ambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 296
bo'ldilar. 31. Axir, ular o'zlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni – o'shalar ularning oldiga (dunyoga) qaytib kelmayotganini ko'rmadilarmi?! 32. Albatta, barchalari (qiyomatda) Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar. 33. O'lik (qo'riq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir, Biz uni ( suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar. 34. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bog'larni (paydo) qildik va u yerda buloqlarni oqizib qo'ydik. 35. Toki (odamlar) mevasidan yesinlar. Holbuki, u (mevalar)ni o'z qo'llari (bilan) qilmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?! 36. Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o'zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur. 37. Tun ham ular uchun (qudratimizdan) bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug'urib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar. 38. Quyosh (tinmay) o'z qarorgohi sari joriy bo'lur. Bu qudratli va bilimli zotning o'lchovidir. 39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog'idek bo'lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o'lchab qo'ygandirmiz.
bir yoki ikki kecha ko'rinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri ham ozayib-ko'payib turadi. 40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan o'zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar.
qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir. 42. Yana Biz ularga xuddi o'sha (kemaga) o'xshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik. 43. Agar Biz xohlasak, ularni g'arq qilurmiz-da, so'ng ular uchun biror yordamchi bo'lmas va ular qutqarilmaslar ham. 44. Faqat Biz tomondan bo'lgan marhamat sababli va (ma'lum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand bo'lishlari uchun (muhlat berilur). 45. Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi (dunyo)dan qo'rqinglar",- deyilsa, (quloq solmaslar). 46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (o'sha oyatdan) yuz o'giruvchi bo'lurlar. 47. Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 297
bo'lgan kimsalar imon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): "Agar Alloh xohlasa, O'zi oziqlantiradigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar", - derlar. 48. Yana ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (azob) qachon bo'ladi?" - derlar. 49. Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. 50. Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na (oila) ahliga qaytishga qodir bo'lurlar. 51. (Qiyomat kuni) sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sug'urilib chiqurlar. 52. Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan o'yg'otdi?" - deganlarida, (ularga aytilur): "Mana shu Rahmon va'da qilgan va payg'ambarlar so'zlagan rost narsa (qiyomat)dir". 53. Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar. 54. Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar.
56. Ular o'z juftlari bilan birga soyalarda, so'rilarda suyanib o'tirurlar. 57. Ularga u joyda (turli) mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir. 58. (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur). 59. Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi (mo'minlardan) ajralinglar! 60. Men sizlarga tavsiya qilib: "Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir. 61. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir",- demaganmidim?! 62. (Shayton) sizlarning ichingizdan ko'p avlodni yo'ldan ozdirdi. Axir, aql yurituvchi bo'lmadingizlarmi? 63. Sizlarga va'da qilingan jahannam mana shudir! 64. (Dunyoda) kofir bo'lib o'tganlaringiz sababli bu Kunda unda toblaningiz! 65. Bu Kunda Biz ularning og'izlarini muhrlab qo'yurmiz. Bizga ularning qilib o'tgan ishlari haqida qo'llari so'zlab, oyoqlari guvohlik berur. 66. Agar Biz xohlasak, ularning ko'zlarini yo'q qilgan bo'lur edik. Ana u holda ular yo'lga shoshardilar- u, (lekin) qayoqdan (yo'lni) ko'ra olsinlar?! 67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, to'ng'iz yo tosh kabi) narsalarga aylantirib qo'ygan bo'lur edik. So'ng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar va (orqalariga ham) qayta Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 298
olmaslar. 68. Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini xam (egik, zaif) qilib qo'yurmiz. Axir, aql yurgizmaydilarmi?! 69. (Muhammadga) she'rni ta'lim bermadik va unga (shoirlik) mumkin ham emas. U (vahiy) faqat zikr (eslatma) va aniq Qur'ondir. 70. (U) tirik (aqlli) kishilarni ogohlantirish va kofirlarga So'z (azob) muqarrar bo'lishi uchun (nozil qilingan)dir.
ko'rmadilarmi?! Mana ular o'sha (hayvon)larga egadirlar. 72. Biz o'sha (hayvon)larni ularga bo'yin sundirib qo'yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o'sha (hayvon)lardan va o'shalardan yegaylar. 73. Yana ular uchun o'sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir, shukr qilmaydilarmi?! 74. Allohni qo'yib yordam olish umidida "iloh"larni tutdilar. 75. Ular hozirlangan qo'shin bo'la turib, ularga yordam berishga qodir bo'lmaslar. 76. Bas, (ey, Muhammad,) Sizni ularning so'zlari g'amgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz. 77. Inson, Biz uni nutfadan (bir tomchi shahvat suvidan) yaratganimizni, endi esa, u birdaniga (O'zimizga) oshkora xusumat qiluvchi bo'lib qolganini ko'rmadimi?! 78. U Bizga: "Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?"- deb, masal keltirdi-yu, (ammo) o'zining (qanday) yaralganini unutib qo'ydi. 79. (Ey, Muhammad,) ayting: "U (chirigan suyak)larni dastlab paydo qilgan zotning O'zi qayta tiriltirur. U turli xil yaratish(lar)ni biluvchidir". 80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o'shandan olov yoqursizlar. 81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi o'zidek yaratishga qodir emasmi?! Yo'q, (albatta, qodirdir). U yaratuvchi va biluvchidir! 82. Biror narsa (yaratish)ni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bo'l!"- deyishdir. U (narsa) esa bo'lur (vujudga kelur). 83. Bas, barcha narsaning egaligi O'z "qo'li"da bo'lgan (Alloh)ga tasbeh (aytilur). Unga (huzuriga)gina qaytarilursizlar!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 299
VAS-SOFFOT SURASI
"Soffot" - saf tortib turuvchilar. Surada imon-e'tiqod, kufr va shirk, ins va jin, jannat va do'zax, payg'ambarlar, xususan, Ibrohim, Ismoil (a. s.) qissalari va boshqa muhim ma'lumotlar bayon qilinadi. Saf tortuvchilardan murod bu yerda farishtalar va mo'minlardir.
2. (gunoh ishlardan) mudom to'suvchi, 3. (Allohning kalomini) doimo zikr qiluvchi (farishtalar va insonlardan iborat barcha) zotlarga qasamki, 4. haqiqatan, ilohingiz yagonadir! 5. (U) osmonlar, Yer va ularning o'rtasidagi narsalarning Parvardigoridir. (U yana) kunchiqar (va kunbotar) tomonlarning Parvardigoridir. 6. Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatladik. 7. (Uni) har qanday itoatsiz shaytondan (jindan) saqladik. 8. U (jin)lar eng oliy mavjudotlar (farishtalar so'zlari)ni eshita olmaslar, ularga har tomondan (yulduzlar) otilur 9. haydash uchun. Ularga (oxiratda) doimiy azob bordir. 10. Illo, biror marta (biror so'zni) ilib olgani bo'lsa, unga ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar). 11. Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz. 12. Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar. 13. Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar. 14. Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar 15. va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir. 16. Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda (rostdan ham), yana qayta tiriluvchi ekanmizmi?! 17. Avvalgi (o'tib ketgan) ota-bobolarimiz ham-a?! 18. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "O'a! Sizlar (o'sha kuni) xor bo'luvchidirsizlar!" 19. U (ya'ni, qayta tirilish) faqatgina (Isrofilning suri bilan chalinuvchi) bir qichqiriqdir, xolos, bas, ular (qayta tirilib, hukmga) qarab tururlar. 20. "Holimizga voy! Bu jazo kuni-ku!" - deb qolurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 300
21. Mana shu sizlar yolg'on deb o'tgan Ajrim kunidir. 22. (Ey, farishtalar,) zolim (kofir) bo'lgan kimsalar va ularning yoronlarini hamda ibodat qilib o'tgan narsalarini to'plangiz, 23. Allohdan o'zga. Bas, ularni do'zax yo'liga boshlangiz. 24. (Ammo farmonim bo'lguncha) ularni to'xtatib (do'zaxga tashlamay) turinglar! Chunki, ular (qilmishlari to'g'risida) so'raluvchidirlar.
26. Yo'q, ular bu Kunda taslim bo'luvchidirlar! 27. Ularning ba'zisi ba'zisiga qarab savoljavob qilurlar: 28. (Aldanganlar o'z peshvolariga): "Haqiqatan, sizlar bizlarga o'ng tomondan (ya'ni, ishonchli tomondan) kelar edinglar", - deydilar. 29. (Peshvolar) ayturlar: "Yo'q, sizlar o'zlaringiz mo'min bo'lmagan edinglar. 30. (Axir) bizlar uchun sizlarning ustingizdan hukmronlik yo'q edi-ku! Yo'q, sizlar o'zlaringiz haddan oshuvchi qavm edingizlar. 31. Bas, endi bizlarga Parvardigorimizning So'zi (azobi) muqarrar bo'ldi. Bizlar (uni) totuvchidirmiz. 32. Chunki, bizlar yo'ldan ozuvchi bo'lganimiz sababli sizlarni ham yo'ldan ozdirdik". 33. Bas, albatta, ular (ozganlar va ularning peshvolari) o'sha Kunda azobda sherik bo'luvchidirlar. 34. Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz. 35. Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar. 36. Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar. 37. Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi. 38. (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar! 39. Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar. 40. Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki, 41. aynan o'shalar uchun ma'lum rizq, 42. (turli) mevalar bo'lur. Ular izzat-ikromdadirlar, 43. ne'mat bog'larida, 44. so'rilar ustida bir-birlariga ro'baro' bo'lib o'tirurlar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 301
45. Ularga oqin chashmadan qadahlar aylantirilur. 46. Ichuvchilar uchun lazzatli, oppoq (qadahlar)dir (ular). 47. U (sharob)da aqldan ozdiruvchi narsa bo'lmas va ular undan mast bo'lmaslar. 48. Yana ularning oldilarida nigohlari (begonaga qarashdan) chegaralangan, keng-katta ko'zli (hur qiz)lar bo'lur. 49. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar. 50. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar. 51. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi.
53. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi. 54. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi. 55. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach, 56. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding. 57. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim. 58. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?! 59. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?! 60. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir! 61. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!" 62. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi? 63. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik.
daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi. Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.
65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshar. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси 302
66. Bas, ular (do'zax ahli), albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan to'ldiruvchidirlar. 67. So'ngra, albatta, ular uchun uning (zaqqum mevalari) uzra qaynoq suvdan aralashtirish bordir. 68. So'ngra ularning qaytishlari, albatta, do'zax sari bo'lur. 69. Albatta, ular (Makka mushriklari) o'zlarining ota-bobolarini adashgan holda topdilar. 70. Bas, o'zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar. 71. Ulardan avval o'tganlarning ko'plari ham yo'ldan ozgan edilar. 72. Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi (payg'ambar)larni yuborgan edik. 73. Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring! 74. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (halokatga duchor bo'lmadilar). Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling