Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Download 64.25 Kb.
bet2/12
Sana19.06.2023
Hajmi64.25 Kb.
#1612080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xolida Toshtemirova

Soʻroq gap — gaplarning kuzatilgan maqsadga koʻra turlaridan biri; soʻzlovchining biror nomaʼlum va noaniq narsahodisani bilish uchun tinglovchiga murojaatini ifodalovchi, soʻroq mazmunli ran. Asosiy xususiyati (vazifasi)ga koʻra so`roq gaplar 2 turli boʻladi: sof so`roq gaplar va ritorik so`roq gaplar. Sof so`roq gaplar tinglovchidan javob talab qiladi (Olimjonni kachondan beri bilasiz?). Ritorik so`roq gaplar oʻzida tasdiq yoki inkor mazmuni boʻlgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gapdir (Shunday goʻzal vatan bormi dunyoda? Bolani kim sevmaydi?). Baʼzi so`roq gaplarda soʻroq mazmuni bilan birga shubha, hayrattaajjub, buyruq maʼnolari ham sezilib turadi (Yopiray, shu ishni sen bajardingmi? Tezroq bormaysizmi? — Tezroq boring).
So`roq gaplar quyidagi vositalar yordamida tuziladi: 1) ran tarkibida mustaqil soʻroq soʻzlar (kim, nima, qachon, qayerda, qancha, necha, nega kabi soʻroq olmoshlari) yordamida (Uni kim koʻribdi? Qachon kelasiz?); 2) mi, chi, a(ya) va boshqa soʻroq yuklamalari yordamida (Kecha teatrga bordingmi? — Yoʻq. — Bugunchi? Bugun borasana?); 3) soʻroq olmoshlari va soʻroq yuklamalari boʻlmaganda, soʻroq ohangining oʻzi bilan hosil qilinadi (Familiyangiz? Ismingiz? Kecha koʻrinmadingiz?).
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishini maqsadi Nemis va o'zbek tillaridagi so'roq gaplarning tarjimalarda berilishi qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Maqsad quyudagi vazifalarni o`z ichiga oladi:
1. Nemis va o'zbek tillaridagi so'roq gaplarning tarjimalarda berilishi.
2. Nemis tilida so`roq gaplarni berilishi.
3. O`zbek leksikasida so`roq gaplar .
4. O`zbek va nemis tillarida ritorik so’roq gaplar.
Kurs ishining o`rganilish darajasi: Kurs ishini tayyorlashda S. Saidovning “Deutsche crammatik in ubungen” kitobidan foydalanildi va mavzu qiyosiy tahlil qilindi.
Kurs ishining tuzulishi: Nemis va o'zbek tillaridagi so'roq gaplarning tarjimalarda berilishi mavzusida kirish, 2 bob va 4 paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlardan iborat.


Download 64.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling