Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat?


Tarjimaning turlari va usullari haqida yozing


Download 83.5 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi83.5 Kb.
#256750
1   2   3
Bog'liq
Tarjima nazariyasi rasulova m

Tarjimaning turlari va usullari haqida yozing.

Tarjimaning quyidagi turlari mavjud:

-Ketma-ket tarjima

-Vizual tarjima qilish (Sight translation)

-Sinxron tarjima



Ketma-ket tarjima qilish bu bir tildagi ogʻzaki axborot berilgandan soʻng uni boshqa tilga tarjima qilishdir. Tarjimon soʻzlovchining umumiy fikrlari yoki eng kamida asosiy abzasni tinglaydi va soʻng tinglash chogʻida yozib olingan eslatmalar (notetaking) yordamida nutqni tarjima qiladi. Ketma-ket tarjima soʻzlovchining nutqini tinglangandan soʻrigʻ bajariladi. Bunday vaziyatda axborotning barcha mazmunini yodda saqlab qolish zarur. Ketma-ket tarjima muzokaralar, konferensiyalar davlat arboblari va siyosiy shaxslaming uchrashuvlarida va delegatsiyani kuzatib yurish chogʻida qoʻllaniladi. Ketma-ket tarjima qilishning 3 ta asosiy prinsipi mavjud: Anglash, tahlil qilish va qayta ifoda qilish.

Anglash prinsipida soʻzlar emas, fikrlar tarjima qilinishi kerak. Agar tarjimon soʻzlovchining nutqidagi biron bir soʻzning tarjimasini bilmasa, u bu soʻzning maʻnosini kontekstdan anglab yetishi zarur. Soʻzlovchining nutqini eʻtiʻoor bilan tinglash juda muhimdir. Maʻnoni eslab qolish uchun asosiy fikrlami va ular orasidagi bogʻlanishlarni bilish muhimdir.



Vizual tarjima qilish bir tilda yozilgan matnni boshqa tilga oʻgirib oʻqishga aytiladi. Ogʻzaki va voziladigan axborotni koʻrish jarayoni qamrab olinganligi sababli koʻrib tarjima qilishni yozma tarjimaning maxsus turi, shuningdek, ogʻzaki tarjimaning oʻziga xos varianti sifatida qabul qilish mumkin. Vizual tarjima qilish

ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak.



Sinxron tarjimada, tarjimon tarjima qilish kabinasida oʻtiradi va naushnik (quloq eshitgich) orqali soʻzlovchini tinglaydi, soʻng tinglash chogʻida mikrofon orqali tarjima qiladi. Konferensiya xonasidagi delegatlar asosiy tilni naushnik orqali tinglashadi. Sinxron tarjimon imo-ishoralar orqali ham bajariladi (kar va soqovlar uchun). Soʻzlangan tildan imo-ishora tiiiga tarjima qilinadi. Imo-ishorada tarjimonlar kabinada oʻtirishmaydi: ular soʻzlovchini koʻra oladigan va boshqa qatnashchilarga koʻrina oladigan konferensiya xonasida turishadi. Pichirlab tarjima qilish sinxron tarjimaning shunday shakliki, bunda, tarjimon konferensiya xonasining kabinasida emas, balki tarjima kerak boʻlgan delegatning ortida oʻtiradi va nutqning asosiy mazmunini delegatning quloqiariga pichirlaydi.


Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling