Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat?


Download 83.5 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi83.5 Kb.
#256750
  1   2   3
Bog'liq
Tarjima nazariyasi rasulova m


Tarjima nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti va vazifalari nimalardan iborat?

Tarjima turli xalqlar o’rtasidagi do’stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kеngayishiga xizmat qiluvchi vositadir.

Tarjima tushuncha sifatida quyidagilarni ifodalaydi:

-Ilmiy-amaliy jarayon

-Ilmiy-amaliy jarayon natijasi (buyuk adiblar asarlari tarjimasi)

-Tarjima – fan, o’quv predmeti

Tarjima nazariyasi tarjimaning keng jonli amaliyoti bilan bog’liq bo’lgan qarashlar, nuqtai nazarlar, kuzatishlar, rang-barang tajribalarni ilmiy-tanqidiy o’rganadi, tarjima qoidalari va tamoillarini,ularning chegaralari , me’yorlarini bayon qiladi.

Tarjima ilmiy-nazariy o’ganish ob’yekti bo’lishi zarur. Unda tahlil va uyg’unlashtirish jarayoniga, matnda nimaga ahamiyat berish lozimligiga, qanday axborot zarurligi va maqsadga erishish uchun nimalarga e‘tibor qilishga qaratilgan bo’lishi lozim. Tarjima murakkab jarayon bo’lib, tilshunoslik, psihologiya, madaniyat, adabiy jarayon va boshqa omillarni o’z ishiga oladi.

Tarjima nutqning bir turi sifatida tilshunoslik nuqtai nazaridan qarab o’giriladi, ya’ni tarjima jarayoni bu bir tilagi matnni ikkinchi bir tilga ag’darish – transformatsiya qilish demakdir. Mana shu har xil bajariladigan o’zaro ikki til o’rtasidagi ishlar, tilshunoslik nuqtai nazaridan tarjima jarayoni deb aytamiz.

Shunday qilib, “tarjima”ni o’ziga xos transformatsiyalarning bir turi deb qarash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, tarjima nazariyasi predmeti bo’lib tillararo transformatsiyalarga, ya’ni tarjima jarayoniga bo’lgan ilmiy qarashlarning o’rganilishi yoritilishi sanalsa, uning ob’yekti bo’lib esa mavjud tarjimalar xizmat qiladi.

Tarjima qilinayotganda 2ta matn bilan ish ko’riladi, shundan biri ikkinchisiga bog’liq bo’lmagan holda yaratilgan bo’lib, manba matn vasifasini bajaradi, ikkinchisi esa bir qancha amallar, tillararo transformatsiyalar orqali bir matn asosida yaratiladi. Birinchi matn orginal tekst deb atalsa, ikkinchisi tarjima teksti deb yuritiladi. Orginal matn yozilgan til manba til (source language) deb ataladi. Orginal tekst ag’darilayotgan til esa tarjima tili deb yurtiladi (target language).


Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling