Tarjimada lakuna va realiya tushunchasi (o‘zbek va turk tillari misolida) Oybek Sheraliyevich Jumaboyev


Download 50.5 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1409955
  1   2
Bog'liq
TARJIMADA LAKUNA VA REALIYA TUSHUNCHASI


Lingvomadaniyatshunoslik va madaniyatlararo muloqot masalalarisho‘basiga


TARJIMADA LAKUNA VA REALIYA TUSHUNCHASI
(o‘zbek va turk tillari misolida)


Oybek Sheraliyevich Jumaboyev,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti.
e-mail: oybekjumaboyevtdshu@gmail.com


Аннотация
Madaniyatlaro muloqot mavzusini o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur maqolada madaniyatlararo muloqot jarayonida uchraydigan lakuna, realiy hodisalari va ular orasidagi farq o‘zbek va turk tillari misolida ko‘rib chiqilgan bo‘lib, chiqariladigan xulosalar ushbu tillar orasida amalga oshiriladigan tarjima jarayonlarida mutaxassislarga qo‘l keladi.
Аннотация
В данной статье, посвященной изучению темы межкультурной коммуникации, автор рассматривает понятия лакуны и реалий, возникающие в процессе межкультурной коммуникации на примере узбекского и турецкого языков, различия между данными понятиями. Выводы, сделанные в ходе исследования могут помочь специалистам при переводе между этими языками.


Annotation
In this article, written within the framework of the topic of intercultural communication, the author examines the concept of lacuna and realia that occurs in the process of intercultural communication. The difference between these concepts has been studied based on the examples of Uzbek and Turkish languages and the conclusions derived from the study can help translating between these languages.

XX asrning 90-yillarida vujudga kelgan, madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasi hisoblangan lingvomadaniyatshunoslik madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’siri, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi. Lingvokulturologiya tilni madaniyatning fenomeni, tashuvchisi sifatida o‘rganadi. Mazkur fan doirasida leksik darajaning til birliklari semantikasidagi madaniyatshunoslikning tarkibiy qismlari va madaniy ma’nolar o‘rganiladi.


Muloqot jarayonida asosiy vosita til ekanligini hisobga olinsa, tarjima jarayonida ma’lumot yetkazishda manba tilda so‘zning mavjudligi, tarjima tilida esa uning muqobili mavjud emasligi lakunaviylik muammosini vujudga keltiradi. Lakuna atamasi lotincha “lacuna” so‘zidan olingan bo‘lib, “chuqurlashish, depressiya, bo‘shliq, fransuz tilidan esa, “bo‘shliq, bo‘sh joy” ma’nolarini bildiradi. Tarjimashunoslikka oid ruscha-o‘zbekcha terminlar izohli lug‘atidida lakuna terminiga “ biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari”1 deb ta’rif beriladi. Lakunlarga yaqin va chalg‘ituvchi yana bir tushuncha realiylar bo‘lib, yevropalik taniqli olimlar S.Vlaxov va S.Florinlar realiyni “biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bo‘lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari”2 sifatida talqin qilgan. Chunki lakunalar ham realiyalar singari o‘ziga xos birliklar sanaladi. Ularning realiyalardan farqi shundaki, lakunalar ijtimoiy-madaniy, subyektiv yoki milliy-psixologik, faoliyat-kommunikativ, matniy, madaniy makondagi lakunalar va paralingvistik lakunalarga ajratib o‘rganiladi.
Realiyani o‘zbek tilshunosi Q.Musayev milliy xos so‘zlar deb ataydi: “.....bir xalq moddiy hayotida mavjud muayyan tushunchalar, voqe’a-hodisalar, urf-odatlar ikkinchi xalq turmushida uchramasligi, tabiiy ravishda ular nomlarining tabiiy ravishda yo‘qligi bilan izohlanadi”3. Masalan, realiya yoki milliy xos so‘zlarga misol tariqasida, o‘zbek madaniyatiga aloqali sandal, palov, chopon, rubob, to‘n, qo‘biz, turk tilidagi fes (bosh kiyimi), fincan (chashka), kaftan (to‘nga o‘xshash ust kiyim), baklava (shirin pishiriq turi) va b. keltirib o‘tish mumkin.
O‘zbek va turk tillari qardosh bo‘lgani bois ushbu tillarda realiya va lakunani bir-biridan farqlash birmucha qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, o‘zbek tilida ota va onaning otasi – buva (bobo), onasi – buvi (momo) deb nomlansa, turk tilida otaning onasiga – baba anne, onanikiga – ana anne deyiladi. Qiyoslanadigan bo‘lsa, rus tilida xola va amma umumiy qilib тётя deyiladi, “ovsin” yoki “kundosh” tushunchalari so‘z shaklida tilda o‘z ifodasini topmagan.
Turk tilida ayol kishining avvalgi turmushidan o‘zi bilan olib kelgan farzandiga taygeldi4 deyilsa, ushbu tushuncha o‘zbek tilida alohida so‘z bilan ifodalanmaydi. Ammo qashqadaryo shevasida uning “ergashma” (qiz, o‘g‘il) muqobili keng qo‘llaniladi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ushbu sheva unsuri kiritilmagan. Misolga muraojaat qilamiz: Dunyanin en dakik insanlari nerede? (So‘zma-so‘z: Dunyoning eng daqiq insonlari qayerda?). Mazkur gapdagi dakik so‘zi “tartibli ishlaydigan, biron yumushni o‘z vaqtida bajaradigan” ma’nosini ifodalab keladi (rus. пунктуальный), o‘zbek tilida buni bitta so‘z bilan ifodalash imkonsiz ko‘rinadi. Yoki Seyyar satıcılık5 bazı bölgelerde kanunen yasaktır (So‘zma-so‘z: Sayyor sotuvchilik ba’zi hududlarda qonunan taqiqlangan). Bizda “sayyor” tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilar mavjud bo‘lsada, u alohida so‘z bilan nomlanmaydi6.
Umuman olganda, “lakuna” tushunchasi ham “realiya” tushunchasi singari bugungi tarjimashunoslikning dolzarb mavzusi hisoblanadi va istiqbolda tarjimashunoslik tadqiqotlarini mazkur yo‘nalishda davom ettirilishi, amaliy tarjima jarayonida ijodkorlar duch kelayotgan muammolarning ijobiy yechimiga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling