Tarkib: Kompyuter haqida umumiy ma'lumot Kompyuter tarixi Bugungi kunda kompyuterlardan qanday foydalaniladi? Statsionar kompyuter qanday tarkibiy qismlardan iborat? Kompyuterning ishlashi uchun qanday qismlar kerak?
Download 153.5 Kb.
|
Kompyuter qismlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor xotira, tovush va video palatasi
Kompyuter haqida(davomi...)
Sistema bloki.Asosiy palata Biz bilamizki, fleshka va disklarni sistema blokiga o’rnatish uchun fleshkani maxsus joylarga, diskni esa disk yurituvchiga qo’yamiz. Ular asosiy palatadagi maxsus portlarga o’rnatiladi.Portlar ham uchga bo’linadi:parallel(LPT), ketma-ket(COM) va universal ketma-ket(USB). Ketma-ket port protsessordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Ularda muammo yoki kompyuterga xavf borligini bilish uchun qurilmalarni kontrollerlar tekshiradi. Kontrollerlar qurilmalarni tekshirishdan tashqari ularni boshqarishda ham ishtirok etadi. Protsessor Protsessorning vazifasi arifmetik amallarni bajarish, qurilmalarni boshqarish va xotira bilan bog’lanishdir.Zamonaviy protsessorlar 10 mm dan kichik bo’ladi. Ularing ichida millionlab tranzistorlardan iborat mikroprotsessor joylashgan. Misol sifatida ko‘radigan bo‘lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o‘z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi. Protsessorning tezligi razryadlar soniga bog’liq. Razryadlar Gs(Gers) bilan o’lchanadi. Masalan, Intel Pentium IV ning tezligi 1700 MGs ya’ni 1700 mln/s amal. Hozirgi kunda 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda. Protsessorlar, asosan, quyidagi qismlardan iborat: • arifmetik-mantiqiy qurilma; • ma’lumotlar va adreslar shinasi; • registrlar; • buyruq jamlagichi; • kesh, ya’ni kichik hajmli o‘ta tezkor xotira; • qo‘zg‘aluvchan vergulli sonlar matematik soprotsessori. Tezkor xotira, tovush va video palatasi. Tezkor xotira qurilmasi (TXQ)da ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma’lumotlar kompyuter elektr manbayidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o‘chib ketadi. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr –ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda “1”ni, zaryadlanmagan holatda “0” ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya’ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o‘z tartib raqamiga, ya’ni adresiga ega bo‘ladi. Uyachaning sig‘imi mashina so‘zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so‘zining uzunligi baytlarda o‘lchanadi. Ushbu uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo‘lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to‘rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so‘zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o‘z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang‘ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi – RAM (Random Access Memory – tanlov bo‘yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish imkoniyati mavjud. Ba’zida,tovush va video platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo‘lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko‘rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi. Download 153.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling