Tarkib: Kompyuter haqida umumiy ma'lumot Kompyuter tarixi Bugungi kunda kompyuterlardan qanday foydalaniladi? Statsionar kompyuter qanday tarkibiy qismlardan iborat? Kompyuterning ishlashi uchun qanday qismlar kerak?


Kompyuter qismlari haqida ma'lumot(2-qism )


Download 153.5 Kb.
bet8/8
Sana26.01.2023
Hajmi153.5 Kb.
#1123870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kompyuter qismlari

Kompyuter qismlari haqida ma'lumot(2-qism )

Sichqoncha 
Sichqoncha – bu kompyuter ekranidagi elementlarni ko‘rsatish va tanlash uchun ishlatiladigan katta bo‘lmagan qurilma hisoblanadi. Garchi sichqoncha turli xil shaklda bo‘lsa ham, odatda, sichqoncha haqiqatan ham ozgina haqiqiysiga o‘xshab ketadi. U kichkina, cho‘zinchoq bo‘lib tizimli blokiga dumga o‘xshagan uzun shnur bilan ulanadi. Ba’zi bir yangiroq sichqonchalarda sim mavjud emas.Sichqoncha odatda ikkita tugmaga ega bo‘ladi: Asosiy tugma (odatda chap tugma) va ikkilamchi tugma. Ekrandagi ma’lumotlarni ravon aylantirish uchun ko‘pgina sichqonchalarda ikki tugma orasida g‘ildirakcha mavjud bo‘ladi. Ekrandagi kursor o‘sha yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. (Kursor ko‘rinishi ekrandagi joylashuvga qarab o‘zgarishi mumkin.) Elementni tanlash uchun uni ko‘rsatish va asosiy tugmani chertish (bosib qo‘yib yuborish) kerak. Sichqoncha bilan ko‘rsatish va chertish kompyuter bilan o‘zaro aloqaning asosiy usulidir. Zamonaviy sichqonchalarda 5 yoki undan ko’p tugmalar mavjud bo’lib, ko’plab vazifalarni bajaradi 
oladi. 
Klaviatura 
Klaviatura asosan kompyuterga matn kiritish uchun ishlatiladi.Yozuv mashinkasi tugmalariga o‘xshab, u ham harflar va sonlarni o‘z ichiga oladi, lekin u ba’zi maxsus tugmalarga ham ega: 
• Yuqori qatordagi funksional tugmalar qayerda ishlatilishiga qarab turli funksiyalarni bajaradi. 
• Ko‘p klaviaturalarning o‘ng tomonida joylashgan raqamli klaviatura sonlarni tezkor kiritishga imkon beradi. 
• Yo‘nalish tugmalari hujjat ichidagi yoki veb-sahifalardagi joylashishni o‘zgartirish imkonini beruvchi yo‘nalishli tugmalarni o‘z ichiga oladi. Sichqoncha bilan bajariladigan ko‘plab amallarni, klaviatura orqali ham bajarish mumkin. 
Monitor 
Monitor ma’lumotlarni matn yoki grafika yordamida visual ko‘rinishda aks ettiradi. Monitorning ma’lumotlarni aks ettiruvchi qismi ekran deb ataladi. Televizor ekrani kabi kompyuter ekrani ham harakatsiz va harakatlanuvchi tasvirlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega.Monitorning ikki asosiy turi mavjud: Katod nurli trubkali (CRT) monitorlar va yangiroq Suyuq kristal ekranli (LCD) monitorlar. Ikkala turdagi monitorlar ham aniq ravshan tasvirlarni beradilar, lekin LCD- monitorlarning afzalligi shundaki, ular nisbatan ingichka va yengilroq. 
Printer 
Printer kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga tushiradi. Kompyuterni ishlatish uchun printer shart emas, lekin printer e- pochta xabarlarini, tabriknomalarni, taklifnomalarni, e'lonlarni va boshqa materiallarni chop etish imkonini beradi.Ko‘pchilikka rasmlarni uyda chiqarish imkoniyati yoqadi.Printerlarning ikkita asosiy turi mavjud, bular: siyohli printerlar va lazerli printerlar. Ular yordamida oq-qora va rangli tasvirlarni, hamda yuqori sifatli rasmlarni maxsus qog‘ozda chiqarish mumkin. Lazer printerlar katta hajmdagi ishlar uchun tezroq va ancha qulay hisoblanadi. 
Dinamiklar 
Dinamiklar ovoz chiqarish uchun qo‘llaniladi. Ular tizimga o'rnatilishi yoki kabel orqali unga ulanishi mumkin. Dinamiklar kompyuterdagi musiqa va ovozli effektlarni eshitish imkonini beradi.Dinamiklarni tovush palatasi nazorat qiladi. 
Modem 
Kompyuterni Internetga ulash uchun modem kerak bo‘ladi. Modem – bu telefon tarmog‘i yoki yuqori-tezlikdagi kabellardan kompyuter ma’lumotlarini yuboruvchi va qabul qiluvchi qurilma. Ba’zan modemlarni tizimli blok ichiga qo‘yiladi, biroq yuqori tezlikdagi modemlar odatda alohida tarkibiy qism bo‘ladi.
Download 153.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling