Mavzu:Kompyuter va hisoblash texnikasi haqida(1-qism).
Matematika fanidagi mukammal amallarni yecha olmasak, kalkulyatordan foydalanamiz. Agar kalkulyator orqali ham topa olmasak kompyuterdan foydalanamiz. Yuqorida keltirilgan kalkulyator va kompyuter EHM (keng. Elektron hisoblash mashinasi ) dir. EHM lar 1-2 mm dan tortib hatto juda katta bo'lishi mumkin. Bunday mashinalar bilan soniyasiga 100 mln yoki undan yuqori tezlikda matematik funksiyalar, logarifmlar, arifmetik amallar va boshqa ko'rinishdagi misollarni bajarish mumkin.
Kompyuter nima o'zi?
Computer- (ing. ) hisoblash degan ma'noni anglatadi. Dastlabki kompyuterni Stiv Jobs asos solgan "Apple Computer" firmasi 1977-yil ishlab chiqaradi. Hozir kompyuterlar juda ommalalashib, rivojlanib ketgan. Shunday kompyuterlarga misol qilib 1-2 mm li minikompyuter. U nerv sistemasi kasalliklari bor bo'lgan yoki o'simta joylashgan bemorlarning miyasiga jarrohlik amaliyoti orqali qo'yiladi.
Kompyuter qismlari
Kompyuter qismlari 2 ga bo'linadi:
1. Asosiy
2. Qo'shimcha
Asosiy qismlarni kompyuterdan ajratganda kompyuterda ishlab bo'lmaydi yoki ishlamaydi. Bunday qismlar uchta : sistema bloki, monitor, klaviatura. Qo'shimcha qismlar alohida sotib olinadi. Agar qo'shimcha qismlarni sotib olsangiz kompyuter samaradorlik oshadi va qo'shimcha imkoniyatlar paydo bo'ladi. Bunday qismlarga sichqoncha, printer, web-kamera, audiokarnay, quloqchin, mikrofon, manipulyator, skaner, modem va boshqalar misol bo'ladi.
Sistema bloki
Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy palata, protsessor, xotira qurilmalari(C va D disklar, tezkor xotira), mikrosxemalar va quvvat blokidan iborat. Asosiy palata yaxlit asosga yig'ilgan elektron sxemadir. Palatada shinalar(berilganlar, adreslar, boshqarish), mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz,video va tarmoq platalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |