Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Mahsulotning tashqi ko’rinishi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot har ikkala tur evkaliptdan 
tayyorlangan barglar aralashmasidan iborat.
Zangori evkaliptning barglari bandli, o’tkir uchli, qalin lantsetsimon, kulrang 
yashil, uzunligi 10-30 sm, eni 3-4 sm bo’lib, o’roqqa o’xshab qayrilgan. Yosh 
barglari esa bandsiz, tuxumsimon, zangori rangli, yumshoq, uzunligi 7-16 sm, eni 
1-9 sm.
Kulrang evkaliptning barglar plastinkasi tekis qirrali, tuksiz, nihoyatda ko’p 
dog’lari bo’lib, xushbo’y hidi va achchiqroq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Evkalipt barglari tarkibida 1,5 - 3% gacha efir moyi, 10% 
oshlovchi moddalar va boshqalar bor. 
O
 
Sineol 
Ishlatilishi. Bargdan tayyorlangan damlama va efir moyi kuchli antiseptik 
xossaga ega bo’lib, me’da–ichak kasalliklari, ginekologik kasalliklarda hamda 
yiringli yaralarni davolashda qo’llaniladi. Bundan tashqari tomoq og’riganda, 
bo’g’ma, qizilcha, bezgak kasalliklarida hamda gijja haydashda ishlatiladi. 
Nastoykasi isitmaga qarshi, bronxit, gripp kasalliklari hamda yo’tal tutganda 
ishlatiladi. Evkalipt moyi nafas yo’llari kasallanganda va xonalarga purkash uchun 
hamda gripp kasalliklarida ishlatiladigan ingafen tayyorlashda qo’llaniladi.
Dori turlari. Bargdan efir moyi, damlama, nastoyka tayyorlanadi. Efir moyi – 
pektussin, evkatol, ingakam, evkamon, ingalipt tarkibiga kiradi. Bargidan xlorfilipt 
tayyorlanadi.
Moychechak guli - Flores Chamomillae 
O’simlikning nomi. Oddiy yoki dorivor moychechak - (gazako’t) 
Chamomilla recutita L. (Matricaria chamomilla L.) 
Yashil moychechak - Chamomilla suaveolens (Porter).
Oilasi. Astradoshlar - Asteraceae
Dorivor moychechak bo’yi 15-40 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi 
tik o’suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari 
ingichka chiziqsimon, o’tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil 
moychechakniki kalta bandli) savatchaga to’plangan gullar bilan tamomlanadi. 


15 
Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon, o’rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, 
naychasimon. Mevasi - qo’ng’ir-yashil pista. 
May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling