Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Mahsulotning tashqi ko’rinishi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot sariq-kulrang yoki 
qo’ng’ir-kulrang qo’shaloq donchadan iborat. Mevasi bandli, tuxumsimon yoki 
teskari noksimon, asos qismi keng bo’lib, uchi qismiga qarab toraya boradi. Meva 
uzunligi 3-5mm, eni 2-3mm. Mevaning yuqori qismida gul qoldiqlari saqlanib 
qolgan. Yarimta mevalarning ichki tomoni tekis, bir-biriga tegib turadi, ustki 
tomoni esa do’ng bo’lib, 5ta uzunasiga joylashgan qovurg’alarga ega. Mevadagi 
tuklar juda mayda, ular faqat lupa yordamida ko’rish mumkin. 
Mahsulot o’ziga xos xushbo’y hid va shirin o’tkir mazaga ega. 
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 1,2-3% efir moyi, yog’ va oqsil moddalar 
bo’ladi. Efir moyi tarkibida 80-90 % anetol, anis aldegidi, anis keton, anis kislota 
va boshqa terpenlar uchraydi. 
CH
3
O
CH
CH
CH
3
 
Anetol 
Ishlatilishi. Arpabodiyon mevasi preparatlari va moyi tibbiyotda bronxit 
kasalligida balg’am ko’chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, yel haydovchi 
dori sifatida hamda farmatsevtikada dorilar mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. 
Mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida, anetol esa parfyumeriyada ishlatiladi. 
Dorivor preparatlar. Efir moyi ko’krak eliksiri, arpabodiyon efir moyi oliy-
benzoy kastoykasi va nashatir arpabodiyon tomchisi va boshqalar tarkibiga kiradi. 
Arpabodiyon mevasi ich yumshatuvchi va ko’krak og’rig’iga qarshi 
ishlatiladigan yig’ma–choylar tarkibiga kiradi. 


44 
Fenxel mevasi va moyi – Fructus et Oleum Foeniculi 
 
O’simlikning nomi. Oddiy fenxel (dorixona ukropi) – Foeniculum vulgare 
Mill. (Foeniculum officinalis All.) 
Oilasi. Selderdoshlar – Apiaceae. 
Ko’p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o’stiriladi), bo’yi 90-200sm ga 
yetadigan o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, ko’p qirrali va sershox. Bargi uch-to’rt 
marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg 
bo’laklari ingichka chiziqsimon yoki ipsimon. Gullari mayda, sariq bo’lib, 
murakkab soyabonga to’plangan. Soyabonda o’rama va o’ramacha barglar 
bo’lmaydi. Kosacha bargi juda mayda, tojbargi 5ta, otaligi 5ta, onalik tuguni ikki 
xonali, pastga joylashgan. Mevasi - qo’shaloq pista. 
Iyul - avgust oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling