Таркибида терпеноидлар бўлган доривор ўсимликлар ва маҳсулотлар


Mahsulotning tashqi ko’rinishi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/57
Sana15.02.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1199945
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Bog'liq
efir mojlari va iridoidlar saqlovchi dorivor osimliklar va maxsulotlar (1)

Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot yashil-qo’ng’ir rangli, har 
ikki uchi bir oz toraygan, osonlik bilan ikki bo’lakka ajraladigan qo’shaloq 
donchadan iborat. Yarimta mevaning tashqi tomoni do’ng, ichki tomoni tekis. 
Yarimta mevalarda beshtadan turtib chiqqan qovurg’alar bo’lib, uchtasi do’ng 
tomoniga, ikkitasi yon tomonga joylashgan. Mahsulot o’ziga xos xushbo’y hid va 
shirin o’tkir mazaga ega. 
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Yumshatilgan mevadan ko’ndalangiga 
kesib preparat tayyorlanadi va xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskopning 
kichik ob’yektivida ko’riladi. Har qaysi yarimta mevadagi 5 ta qovurg’alar 
mikroskopda yaxshi ko’rinadi. O’tkazuvchi to’qima bog’lamlari shu qovurg’alarda 
joylashgan. Har qaysi bo’lakda 6 tadan efir moyli kanalchalar bo’lib, shundan 4 
tasi mevaning bo’rtib chiqqan tarafidagi qovurg’alar orasida, qolgan 2 tasi esa tekis 
tomonida joylashgan. 
Fenxel mevasining ko’ndalang kesimi. 
1 – epidermis (ekzokarp); 2 – mezokarp; 3 – efir moyli kanalcha; 4 –
endokarp; 5 – endosperma; 6 – urug’ pallalar; 7 – o’tkazuvchi to’qima bog’lamlari. 


45 
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 4-6% efir moyi, 20% gacha yog’ va oqsil 
moddalar bo’ladi. Efir moyi tarkibida 50-60% anetol, 20% fenxon keton, pinen, 
kamfen, dinenten va metilxavikol birikmalari bo’ladi. 
CH
3
O
CH
CH
CH
3
 
Anetol 
Ishlatilishi. Ukropning mevasi va preparatlari balg’am ko’chiruvchi, ich 
yumshatuvchi hamda yel haydovchi dori sifatida me’da-ichak kasalliklari va 
meteorizm (qorin dam bo’lishi) da ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Efir moyidan ukrop suvi tayyorlanadi. Meva 
poroshogi qizilmiya ildizining murakkab poroshogi tarkibiga kiradi. 
Ukrop mevasi yel haydovchi, ich yumshatuvchi choylar tarkibiga kiradi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling