47
Ishlatilishi. Sudralib o’suvchi tog’jambil preparatlari
tibbiyotda bronxit va
yuqori nafas yo’llari kasalliklarida balg’am ko’chiruvchi vosita, radikulit va nevrit
kasalliklarida og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama, suyuq ekstrakt - Pertussin tarkibiga,
shuningdek, mahsulot balg’am ko’chiruvchi yig’malar – choylar tarkibiga kiradi.
Tog’rayhon yer ustki qismi – Herba Origani
O’simlikning nomi. Oddiy tog’rayxon - Origanum vulgare L.
Oilasi. Yasnotkadoshlar – Lamiaceae.
Ko’p yillik, bo’yi 30-60, ba’zan 90 sm ga yetadigan xushbo’y o’t o’simlik.
Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi sershoxli, tukli va to’rt qirrali bo’ladi.
Bargi oddiy, cho’ziq
tuxumsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali bo’lib, bandi bilan
poyada qarama-qarshi o’rnashgan. Gullari mayda, barg qo’ltig’ida 2-3 tadan
joylashib, qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Qalqonsimon to’pgullar
poya uchida
ro’vaksimon to’pgulni vujudga keltiradi. Mevasi – kosachabarg bilan birlashgan
to’rtta yong’oqcha.
Iyun oyidan boshlab sentyabrgacha gullaydi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot barg va gullar
aralashmalaridan iborat. Bargi qisqa bandli, cho’ziq tuxumsimon,
tekis qirrali,
uzunligi 1-3 sm, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni kulrang. Gullarining
uzunligi 5mm gacha bo’lib, gulkosachasi qo’ng’iroqsimon, besh tishli,
og’izchasida oq tuklar bo’ladi. Gultojisi ikki labli, och qizil rangli.
Mahsulotning
o’ziga xos xushbo’y hidi, o’tkir mazasi bor.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib va suvda
yuvilgan bargning tashqi tuzilishi xloralgidrat eritmasida mikroskop ostida
ko’riladi. Barg plastinkasining ustki epidermis hujayralari biroz egri-bugri devorli,
ba’zan tasbehsimon qalinlashgan, pastki epidermis hujayralarining devori ko’proq
egri-bugri.
Ustitsalar, efir moyli bezlar va tuklar bargning har ikala tomonida
joylashgan, lekin pastki tomonida ko’proq . Ustitsalar ikkita epidermis hujayrasi
bilan o’ralgan, ularning devorlari ustitsa yorig’iga nisbatan perpendikulyar holda
bo’ladi. Efir moyli bezlar radius bo’yicha joylashgan efir
moyi ishlab chiqaruvchi
8 ta hujayradan tashkil topgan. Tuklar ikki xil: oddiy, 1-5 hujayrali, so’galli va
ko’p miqdorda hamda bir hujayrali oyoqchali va bir hujayrali, oval shaklli
boshchali tuklar bo’lib, ular butun barg plastinkasi bo’ylab uchraydi.
Efir moyli
bezlar o’rnashgan yerda epidermis hujayralar radius bo’yicha joylashib, rozetka
hosil qiladilar.