(4-slayd)
III. Yangi mavzu bayoni (15 min)
Olinishi. Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini suvda eritib olish mumkin: (8-slayd)
H2 + Cl2 = 2HC1 (suvdagi eritmasi xlorid kislota);
H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi sulfid kislota).
Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin: (9-10-slaydlar)
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4; SO2 + H2O = H2SO3.
Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin: (11-slayd)
2CH3COONa + H2SO4 = 2CH3COOH + Na2SO4;
NaCl + H2SO4(kons.) = NaHSO4 + HCl↑;
Fizik xossalari. Kislotalar qattiq (borat, ortofosfat kislotalari), suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin. Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi va ayrim gazlarning (vodorod xlorid HCl, vodorod bromid HBr, vodorod sulfid H2S) suvda eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi. Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holda bo‘ladi. (12-13-slaydlar)
Kimyoviy xossalari. Kislotalarning kimyoviy xossalari ularni ancha faol moddalar ekanligini ko‘rsatadi:
Laboratoriyada kislotalar bilan ishlaganda qanday texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak? (14-15-slaydlar)
Kislotalar ko‘p indikatorlar rangini o‘zgartiradi. Masalan, quyidagi jadvalda indikatorarning kislotalar ta’sirida rang o‘zgartirishlari keltirilgan.
(Laboratoriya ishi asosida ko’rsatib boriladi) (16-17-slaydlar)
Do'stlaringiz bilan baham: |