Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat
Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari
Download 37.29 Kb.
|
5 mavzu ma\'ruza elektron tijorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron tijorat
2. Elektron tijorat tizimlarida virtual savdo maydonlari
Kompyuterning yaratilishi XX asrning buyuk kashfiyotlaridan biridir. Davr talabiga ko‘ra, bugunga kunga kelib kompyuter texnologiyalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish juda rivojlanib ketdi. Kompyuter tarmoqlari va ularning beradigan imkoniyatlari, qulayliklari katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keltirmoqda. Jamiyat tarakkiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar insonlarning kunlik extiyojlariga bo‘lgan talablarini bajarishda xam o‘z ta’sirini ko‘rsatmokda. Tarmoqning xozirgi kunda ko‘rsatayotgan katta imkoniyati bu elektron tarzdagi savdo – sotiqni amalga oshirishidir. Elektron tarzdagi mahsulotlarning sotilishi va sotib olinishi elektron tijorat tizimiga asos soldi. Elektron tijorat deganda ko‘plab kishilar on-line rejimda mahsulot sotib olishni tushunadi. Elektron tijorat – bu internet texnologiyalaridan foydalanib pul ishlash jarayonidir. Elektron savdo jarayoni modelini tarmoqda ishlatilishning muvaffaqiyati uchta tashkil etuvchidan iborat: Texnologik platformani to‘g‘ri tashkil etish, Raqobatbardosh mahsulotlar, Zarur infratuzilish va biznes jarayonlar. Agar shu uchta tashkil etuvchidan birortasi qatnashmasa ham zamonaviy texnologiyaning qo‘llanilishi muvaffaqiyatga olib kelmaydi. An’anaviy do‘kon tipida tashkil etilgan savdo elektron tijoratning mijoz – biznes tipi deyiladi. Bunday tipdagi Web saytlarga elektron tijoratdagi ko‘plab saytlar kiradi. Elektron tijorat tizimida Web saytlar orqali olib borayotgan savdo sotiq ishining hajmi an’anaviy savdo jarayoniga yaqin bo‘lib bormoqda. Bunday saytlar elektron bozorda eng yaxshi o‘ringa ega va rivojlanib bormokda. Elektron tijorat tizimi shuningdek biznes – biznes bozori muhitida ham ishlaydi. Bunday jarayonda ulgurji savdo qiluvchi kompaniyalar va oddiy sotuvchila birgalikda ishlaydi. Masalan shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchi ishchilar o‘z mahsulotlarini distributorga va yirik sotuvchi kompaniyalarga sotishi mumkin. Elektron tijorat tizimida u yoki bu ko‘rinishdagi savdo maydonini yaratishda mazkur ish faoliyati muhitidagi haridor va sotuvchining o‘zaro ta’sir sferasining darajasi aniqlanadi. Elektron tijoratda virtual savdo maydoni deganda, sotuvchi va haridor orasidagi moliyaviy savdo – jarayonining amalga oshirilishi tushuniladi. Virtual savdo maydonini uchta tipga bo‘lish mumkin: Haridorlar tomonidan yaratilgan (buyer-driven); Sotuvchi tomonidan yaratilgan (supplier- driven, seller-dreven); Uchinchi bir tomondan yaratilgan (third-party-driven). Birinchi tipdagi maydon bitta yoki bir necha katta kompaniyalar bilan yetkazib beruvchi kompaniyalar to‘plamini qiziqtirish uchun yaratiladi. Ikkinchi tipdagi maydon sotuvchilar uchun mijozlar sonini oshirish va xizmat turlari yoki mahsulotlarni ishlab chikarish narxlarini pasaytirish uchun yaratiladi. Uchinchi tipdagi maydonlar sotuvchi va haridor orasida ish bajaruvchi va biznesning aniq sektorini yaxshi tushunuvchilar tomonidan yaratiladi. Odatda bunday maydonlar kim-ki biznesning aniq sektorida va undagi jarayonlarning borishida yaxshi ishlay olsa, ular uchun yaratiladi. Bunday maydon yaratuvchilari, haridor va sotuvchi o‘rtasidagi yetkazib beruvchi kabi bo‘ladi. Hozirgi vaqda virtual savdo maydonini tashkil etishning asosiy uchta modeli mavjud: katalog, auksion va birja. Katalog. Kataloglar zamonaviy kuchli axborot tizimlari imkoniyatlaridan foydalanib, bir necha parametrlar bo‘yicha mahsulotlarni tez tanlash, etkazib berish vaqtini bilish, to‘lov turlari va imkonlarini o‘rganish, xizmatlar haqida axborot olish va boshqa shu kabi axborotlarni olish uchun xizmat qiladi. Bu model, unchalik qimmat bo‘lmagan mahsulotlarning savdo-sotig‘ini tez-tez o‘tkazishda haridor va sotuvchi orasidagi kuchli fragmentni harakterlashda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu modelda narxlarni sotuvchi belgilaydi. Katalog modeli shuningdek, agar kattagina savdo-sotiq mashhur yetkazib beruvchilar va aniq qoidalar asosida amalga oshirilsa, hairdo sotuvchini tanlash uchun kichik yetkazib beruvchilarning ichidan tanishingiz va zarur bo‘lgan holda yaxshi ishlaydi.Bu model narxlar kam o‘zgaruvchi, so‘rovlar aniq aytiladigan bozorlarda yaxshi ishlaydi. Auksion. Narxlar faqat sotuv vaqtida aniq bo‘ladigan modeldir. Auksion-web sayt, unda istalgan odam o‘zining mahsulotlarini sotuvga qo‘yishi mumkin. Narxlarni aniq qo‘yish kerak. Mahsulotga qiziqqanlar esa o‘zlarining narxlarini ko‘rsatishadi. Birja. Narxlar so‘rov va takliflar bilan boshqariladigan va natijada kuchli o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan modeldir. Bugungi kunda on-line sotib olish jarayonida to‘lov vositasi bo‘lib plastic kartochkalar yetakchilik qilmoqda.Lekin yangi to‘lov vositalari ham qo‘llanilmoqda – smart-kartalar, raqamli pul, mikroto‘lov va elektron cheklar kabi. Web-vitrinalarni yaratish va ishlatish internet do‘konlariga nisbatat 2-3 marta arzonroq bo‘ladi. Xozirgi vaqtda bizning mamlakatimizda ham ko‘plab internet savdo maydonlari ishlamoqda. Download 37.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling