Tarmoq iqtisodiyotida elektron tijorat
Internet tarmog’i muhitida internet marketing
Download 37.29 Kb.
|
5 mavzu ma\'ruza elektron tijorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet marketing
- Elektron marketing
3. Internet tarmog’i muhitida internet marketing
Bugungi kunga kelib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi hayotimizning barcha jabhalariga asta-sekinlik bilan o‘z ta’sirini o‘tkazayotganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, global axborot tarmog‘i – Internet imkoniyatlarining kengayib borishi nafaqat undan foydalanuvchilar sonining ortishiga, balki bir qancha yangi yo‘nalishlar, yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga ham olib kelmoqda. Internet marketing ana shunday tushunchalar jumlasidandir. Internet marketing — Internet tarmog‘i muhitida marketingni shakllantirish nazariyasi va usullarini o‘z ichiga oladi. Eng muhimi shundaki, bu o‘rinda marketingning ajralmas qismi hisoblangan reklama iste’molchilarni jalb etish usuligina bo‘lib qolmay, balki bo‘lajak xaridorlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkonini maksimal darajada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun ham, reklamaning faqat bir turi – internet reklamalaridan foydalanishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Internet reklama an’anaviy reklama usullardan farqli ravishda quyidagi afzalliklarga ega: reklama bennerini ishlab chiqish yoki o‘zgartirish vaqti nisbatan qisqa; istalgan badiiy va audiovizual elementlardan foydalanish; tayyor bannerlarni joylashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etilmaydi; tanlangan iste’molchilar guruhiga murajaat qilish; reklama ta’sirini tez va aniq baholash; bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi bozorga chiqish. Internetning taraqqiy etishi va uning jamiyat hayotida muhim o'rin egallashi bilan birga, virtual resurslar xilma-xilligini vujudga keltirdi. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda keng ommalashib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo'lishiga ham zamin yaratdi. 50 million auditoriyalik tinglovchilar ko'rsatkichiga ega bo'lish uchun radioga 38 yil, televideniega esa 13 yil vaqt ketgan. Internet esa bu ko'rsatkichga 4 yilda erishdi. Ijtimoiy tarmoqlar etakchisi sanalgan Facebook auditoriyasining foydalanuvchilari esa 9 oy davomida 100 million foydalanuvchidan oshgan. Bu esa, o'z navbatida, elektron marketing faoliyatining kun sayin shiddatli rivojlanib borayotganligidan darak beradi. Elektron marketing keng ma’noda – internet marketing, web marketing, online marketing yoki dijital marketing, deb ham ataladi. Bu zamonaviy elektron marketingning samarali vositalaridan biri sanalgan ijtimoiy media marketing bilan bog‘liqdir. Ijtimoiy media marketing (Social Media Marketing) – marketing faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar, mavzuli blok hamda foto va video portallar yordamida amalga oshirilishidir. ` Ijtimoiy tarmoq keng imkoniyatlarga ega marketing maydonchasi bo‘lib, iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalar, mijozlar bilan ijtimoiy tarmoq orqali ish yuritishadi. Ijtimoiy tarmoqlar korxonalarga foydalanuvchilar bilan aloqa o‘rnatishga, o‘z mijozlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni tashkil qilishga, korxona brendi va mavqeining mustahkamlanishiga, savdoning o‘sishiga, biznes rivojlanishining boshqa munosabatlariga imkoniyat yaratib beradi. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida korxonalar mahsulot va xizmatlari haqida turli xil fikr va mulohazalar nashr qilinadi, suratlar, videoroliklar va taqdimot materiallari joylashtiriladi, xaridorlar bilan doimiy muloqot olib boriladi. Ijtimoiy medianing maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar xuddi elektron marketingning boshqa vositalari (qidiruv optimizatsiyasi, kontekst va bannerli reklama)ga nisbatan bo‘lganidek, an’anaviy reklama vositalari (tashqi va televizion reklama)ga nisbatan ham qator afzalliklarga ega bo‘lib, ular quyidagilar: Aynan shu mexanizmda shunday atalmish virusli (shiddat bilan tez tarqaladigan) marketing vujudga kelib, brendga bog‘langan qiziqish, kontent mazmuni bo‘yicha foydalanuvchilarning o‘zlari o‘z atrofidagilariga interfaol ilovalarni tarqatishadi. Eng ko‘p, teztez ishlatiladigan virusli formatlar qatoriga videoroliklar, infografika va boshqalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar “Simsiz radio” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ikki asosiy yondashuvi mavjud. Birinchi yondashuv – o‘zaro tarqatilishi, ya’ni foydalanuvchi mahsulot to‘g‘risidagi axborotni o‘z atrofidagi bir yoki bir necha kishiga manzilli yuboradi yoki o‘sha mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan kontentga e’tiborni qaratadi. Ikkinchi yondashuv – ijtimoiy tarqatilishi, ya’ni foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqlarning o‘rnatilgan mexanizmlari (Facebook va ”Vkontakte”, ”Podelitsya”, “Twitter”, “Retweet” buyruqlari) yordamida o‘ziga ma’qul bo‘lgan kontentni o‘z auditoriyasiga tarqatib yuboradi. Marketing nuqtai nazaridan ikkinchi yondashuv samaraliroq, chunki bir qadar kengroq auditoriyani qamrab oladi. Bunday holatda marketologning vazifasi – korxona mahsulot yoki xizmati haqidagi ma’lumotni tarqatish uchun auditoriyaning qiziqishlarini aniqlash, yetaklovchi motivlarni tushunib olish va shu asosda tez tarqaladigan qiziqarli matn, rasm yoki video kontentni shakllantirishdan iborat. OMMAVIY – barcha internet-foydalanuvchilar uchun; istalgan mavzuda muloqotga kirishish mumkin; FOTO VA VIDEO XOSTINGLAR - videoroliklar va suratlarda izohlash orkali mulokotni ko‘zda tutadi; MAVZULI - muloqotning qandaydir (qiziqishlar bo‘yicha yoki kasbiy) yo‘nalishlariga ega. Download 37.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling