Tarmoq operatsion tizimlari


Download 472.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana13.01.2023
Hajmi472.81 Kb.
#1091248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KT Лек 29



29-ma’ruza 
TARMOQ OPERATSION TIZIMLARI 
 
Reja: 
1. NetWare va Windows NT tarmoq operatsion tizimi oilasi 
2. UNIX operatsion tizimlar oilasi 
 
29.1. NetWare va Windows NT tarmoq operatsion tizimi oilasi 
“Qaysi tarmoq OT lari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga 
tegishli gazeta va jurnallarda juda ko‘p muhokama qilinadi.
Kimdir Windows NT – eng ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts 
“Windows NT – UNIX” ning, UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan. 
Har bir o‘z fikrini bildirayapgan mualliflar, o‘quvchilarning hammasida 
narhi qimmat qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.
Biz esa amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda, asosiy tarmoq OT larini 
ya’ni Novell Netware 4.1, Microsoft Windows NT Server 4.0 va UNIX OT larni, 
ularni adminstrlash va real ko‘p platformali geterogen platformada ishlatish 
xususiyatlariga asoslanib, ularning asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz. 
Albatta, bu OT lardan boshqa OT lar ham ko‘p, ammo biz o‘zimizda, SNG 
davlatlari va Rossiyada ko‘proq foydalanilgan shu OT larni misol qilib oldik. 
Albatta, bu OT larning ham turli versiyalari mavjud, ba’zi hollarda ularni ma’lum 
ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz ularning umumiy 
xarakteristikasi bo‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
ularni ko‘rib chiqamiz. 
OT lar asosiy xarakteristikalari 
Bu uchchala OT lar ko‘p masalalidir. Ammo Netware da ko‘p masalalik-
kooperativdir, shu bilan bir qatorda, jarayonlar serverda tizim yadro rejimida 
bajariladi (ya’ni jarayonlar xotirasi ximoyasi yo‘qdir). 
Bu xususiyat esa o‘z navbatida bu tizimni, ilovalar serveri sifatida qo‘llashni 
xavfli qilib qo‘yadi, chunki ixtiyoriy noto‘g‘ri yozilgan ilova serverni “osib” 
qo‘yishi mumkin. Shu bilan birga aynan shu xususiyat, OT ni yuqori darajada 
unumdorlikka erishishiga olib keladi, chunki bu xossa jarayondan jarayonga 
o‘tishda, foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga o‘tishda va teskarisida ham 
xarajatlarni kamaytiradi va tez o‘tishga imkon beradi, natijada tizim katta tezlikda 
ishlaydi. Bir xil sharoitda, Netware Windows NT yoki UNIX ga nisbatan yuqori 
unumdorlikka ega.


Uchchala OT ham simmetrik, ko‘protsessorli ishlov berishni quvvatlaydi 
(SMP) ammo bu xususiyat Netware uchun muhim emas, shuning uchun ham buni 
faqat sertifikatsiyalangan serverlarning tor doirasida ishlatiladi. Albatta 
ko‘protsessorli ishlov berishni Windows NT yoki UNIX uchun qo‘llash qulay, 
ya’ni shuni ta’kidlash mumkinki, UNIX ning ko‘p versiyalari, o‘nlab protsessorli 
serverlarda a’lo darajada ishlaydi, ularning masshtablashtirilganli Windows NT ga 
nisbatan yuqori. 
UNIX asosidagi klaster tizimlari ham o‘zlarini yaxshi ko‘rsatganlar, ammo 
bu uchun UNIX ning hamma versiyalari ham yaray bermaydi. Windows NT uchun 
klaster tizimi tugallangan emas. Netware to‘liq apparat qat’iylikni ta’minlaydi. 
(SFT III), Windows NT da bunday o‘xshash imkoniyat yo‘q, (bunday xususiyat 
individual bo‘lib, apparat ta’minotga bog‘liq bo‘lsa ham) Buzilishlarga qat’iylik 
uchun namuna albatta – meynfreymlardir. 

Download 472.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling