Tarmoq texnologiyalari va vositalari Telekommunikatsiya vositalari va dasturiy majmualar


Download 23.35 Kb.
bet2/7
Sana21.04.2023
Hajmi23.35 Kb.
#1371900
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarmoq texnologiyalari va vositalari

Elektron pochta dasturlari turli ma’lumotlarni (xat va xabarlarni, maqolalarni va h.k.) kerakli elektron manzilgohga yetkazib berishga va aksincha, shunday ma’lumotlarni foydalanuvchining elektron manzilgohiga qabul qilinishiga xizmat qiluvchi vositalardir. Bunday dasturiy vositalar (Outbook Express,E-Mail , 1S: elektron pochta), o’zlarining brauzerlari bilan birgalikda yagona majmuani tashkil qiladi.
Masalan, Outbook Express elektron pochta dasturi Microsoft Internet Explorer boauzeri tarkibida bo’lsa, Opera brauzeri tarkibida ham uning o’ziga mos bo’lgan elektron pochta dasturi mavjuddir. Lekin, boauzerlarsiz o’zlari alohida ishlovchi vositalar ham mavjuddir. Bularga, The Bat!, Eudora, Pegasus Mail kabi vositalarni keltirish mumkin.
Web-peyjerlar Internet tarmoqlari orqali mijozlar bilan to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot almashishga xizmat qiluvchi vositalardir. Odatda, bunday vositalardan masofada turgan kompyuterlar o’rtasidagi o’zaro aloqani o’rnatishda foydalanishadi. Hozirda bunday vositalarning ICQ, QIP, Windows Messenger, Trillian Miranda, Skype, Gogle Talk kabi turlaridan keng foydalanilmoqda.
Bunday vositalar, nafaqat o’zaro ma’lumot almashishga balki, kerakli paytda kerakli mijozlarga qo’ng’iroq qilishga, ular bilan turli tasvirlarni almashishga (Web-kamera yordamida) xizmat qilishi ham mumkin.
Ayniqsa. masofaviy videokonferensiyalarni tashkil qilishda benday vositalarning roli beqiyosdir.
Faks-dasturlar nomidan ma’lumki, bunday vositalar faks-modem yordamida kompyuterlararo o’zaro faksimial (yoki qisqachasiga - faks) ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. Hozirda, bunday maqsadlar uchun eng ko’p qo’llaniliyotgani WinFax Pro, BinFax, Fax-It hamda Venta Fax dasturiy vositalaridir.



Download 23.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling