Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi
Download 133.5 Kb.
|
4-5
Berilgan bir va ikki nuqtadan o`tuvchi to`g`ri chiziq tenglamalari. To`g`ri chiziqlar orasidagi burchak. To`g`ri chiziqlarning parallellik va perpendikulyarlik shartlari
Berilgan M0(x0; y0) nuqtadan o`tuvchi va burchak koeffitsienti k ga teng bo`lgan to`g`ri chiziq y – y0 = k(x – x0) tenglama bilan aniqlanadi. Koordinatalar tekisligida berilgan ikki M1(x1; y1) va M2(x2; y2) (M1 ≠ M2) nuqtalardan o`tuvchi yagona to`g`ri chiziq tenglamasi ko`rinishga ega. Burchak koeffitsientli y = k1x + v1 (l1) va y = k2 x + v2 (l2) tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi φ burchak kattaligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi (5 – rasm): Oxirgi formuladan burchak koeffitsientlar tilida l1 va l2 to`g`ri chiziqlarning perpendikulyarlik va parallellik shartlari kelib chiqadi: l1 ^ l2: 1 + k1 k2 = 0 , l1 || l2: k1 = k2 . Koordinatalar tekisligida umumiy ko`rinishdagi A1x + B1y + C1 = 0 (l1) va A2x + B2y + C2 = 0 (l2) tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi φ burchak kattaligi l1 va l2 to`g`ri chiziqlarning normal n1(A1; B1) va n2(A2; B2) vektorlari orasidagi burchak kattaligiga teng. Ushbu tasdiq umumiy shakldagi tenglamalari bilan berilgan to`g`ri chiziqlar orasidagi burchakni topish masalasini ularning normal vektorlari orasidagi burchakni topish masalasi bilan almashtirish imkonini beradi: A va B koeffitsientlar tilida l1 va l2 to`g`ri chiziqlarning perpendikulyarlik va parallellik shartlari quyidagi munosabatlardan iborat: l1 ^ l2 : A1A2 +B1B2 = 0, l1 || l2 : 5-rasm. 6-rasm. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling