Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi


Download 133.5 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi133.5 Kb.
#1509585
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-5


Mavzu:Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi
Reja:

  1. Chiziqli algebra usullarining ba`zi chiziqli iqtisodiy modellarning tahlilida qo`llanilishi

  2. Tekislikda analitik geometriya elementlari. Tekislikda to`g`ri chiziq


Tarmoqlararo balansning matematik modeli. Rejalashtirishning asosiy masalasi

Chiziqli algebra usullari keng ko`lamda iqtisodiyotni rejalashtirish bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llaniladi. Biz quyida asosan, tarmoqlararo balansning matematik modeli bilan tanishamiz.


Iqtisodiyotni sonli tahlil qilish va xususan, ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish masalasi o`zaro ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlar oqimlarini qarashga keltiriladi. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy sistema har biri biror-bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga moslashgan tarmoqlardan iborat deb qaralishi mumkin. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlanadi va tarmoqlar orasida mahsulot oqimlari vujudga keladi. O`zaro mahsulot oqimlarining vujudga kelishi muqarrardir, chunki har bir tarmoq o`z mahsulotini ishlab chiqarish jarayonida o`zga tarmoq mahsulotidan foydalanadi yoki uni sarflaydi.
Iqtisodiyotning normal rivojlanish asosiy shartlaridan biri barcha tarmoqlar bo`yicha ishlab chiqarish sarflari va umumiy yig`indi mahsulot orasida balansning mavjudligidir. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismi ishlab chiqarish tarmoqlari sohasiga qayt-masligini va shaxsiy ehtiyojni qondirishga, jamg`arishga sarflanishini yoki eksportga chiqarilishini e`tiborga olish talab etiladi.
Iqtisodiy sistemaning yalpi mahsuloti uning n ta o`zaro bog`liq tarmoqlarida ishlab chiqariladi deylik. Ishlab chiqarish sikli yakunlanadigan vaqtni o`z ichiga olgan davrni qaraymiz.
x1, x2, …, xn – mos ravishda, birinchi, ikkinchi, …, n – tarmoqlar-ning natural birliklarda ishlab chiqaradigan yalpi mahsulot hajmlari bo`lsin. Aytaylik, qaralayotgan davrda x– metallurgiya tarmog`ining tonna hisobida ishlab chiqaradigan metall miqdori, x– kimyo tarmog`i-ning ishlab chiqaradigan mahsuloti miqdori, x– avtomobilsozlik tar-mog`ining ishlab chiqaradigan yengil avtomobillari soni bo`lsin va ho-kazo.
x(x1; x2; …; xn) – sistemaning yalpi mahsulot vektori deyiladi. k –tarmoqning xk birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i – tarmoq mahsuloti sarfini xik orqali belgilaymiz. Masalan, misolimizda x13 – x3 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun 1-tarmoq mahsuloti metall sarfi miqdorini anglatadi. i - tarmoqning ishlab chiqarish sohasiga qaytmaydigan yakuniy mahsulot miqdori yi bo`lsin. u(u1; u2; …; un) – sistemaning yakuniy mahsulot vektori deyiladi.
Sistemaning i - tarmog`i mahsuloti xi uchun moddiy balans sxemasini «mahsulot ishlab chiqarish va uni taqsimlash» prinsipi bo`yicha qu-yidagicha tasvirlash mumkin.


Moddiy balansning oqimlar tenglamalarini




(1)

ko`rinishda yozish mumkin.


k – mahsulotning bir (shartli) birligini ishlab chiqarish uchun i-mahsulotning bevosita sarfi miqdori aik bo`lsin. aik kattaliklarga bevosita xarajat koeffitsientlari yoki texnologik koeffitsientlar deyiladi.
Masalan, misolimizga qaytsak, a13 – 1 dona yengil avtomobil ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan metall miqdoridir.
O`z-o`zidan ko`rinadiki, i – mahsulotning k - tarmoqqa jami sarfi xik k-tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun i - mahsulotning bevosita sarfi aik ning ushbu tarmoq ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori xk ga ko`paytirilganiga teng: xik = aikxk ya`ni, ishlab chiqarish sarflarida chiziqlilik printsipi o`rinli bo`lsin. (1) tenglamalar sistemasini


yoki

ko`rinishda yozish mumkin. Oxirgi sistemani, o`z navbatida, vektor-matritsa ko`rinishida quyidagicha yozish mumkin:





Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling