Tarmoqlararo dinamik balans modeli Reja: Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni
Download 154 Kb.
|
Tarmoqlararo dinamik balans modeli Reja Milliy iqtisodiyotda ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini aniqlash. Tarmoqlararo balans modeli
- Tarmoqlararo balans modeli yordamida
Tarmoqlararo dinamik balans modeli Reja: 1. Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni. 2. Tarmoqlararo balansning umumiy tuzilishi. 3. Balans modellaridagi matematik bog`lanishlar. 4. Tarmoqlararo balans qismlarining xarakteristikalari. 5. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsiyentlarini aniqlash. 6. Mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini aniqlash. Tarmoqlararo balans modeli – bu matritsaviy makroiqtisodiy model. Tarmoqlararo balans modeli – milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o`z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir. Tarmoqlararo balans modeli yordamida – milliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi. Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlar – bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir. Tarmoqlararo balansning matematik modeli – bu matematik tenglamalar sistemasidir. Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari xamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o`z aksini topadi. Xalq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli.
Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz: a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymiz; i=1,2,3,...,n; j=1,2,3,...,n. b) xalq xo`jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi xamda iste’molchi sifatida qatnashadi; v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi. Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko`rsatadi. Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o`z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11, X12, X13,..., X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o`zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan mikdorini ko`rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashkaridagi sarflanishi, ya’ni sunggi (pirovard) iste’molni y1 ko`rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi. 1-satrdagi barcha kattaliklar yigindisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yigindisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko`rinishiga teng bo`lishi kerak: (1) Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun: (2) Tarmoqlararo balans modeli to`rtta qism - kvadrantlardan iboratdir. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling