Tarmoqlararo dinamik balans modeli Reja: Milliy iqtisodiyotda tarmoqlarning o`rni


Download 154 Kb.
bet2/6
Sana02.11.2023
Hajmi154 Kb.
#1738986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarmoqlararo dinamik balans modeli Reja Milliy iqtisodiyotda ta

1-kvadrant shaxmat taxtasi kabi tuzilgan bo`lib, unda ishlab chiqarish vositalarining oqimi akslanadi. 1 qism ma’lumotlari tarmoqlar moddiy xarajatlari tarkibini tahlil qilishda, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish bog`lanishlari va proportsiyalarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2-kvadrantda barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining pirovard mahsuloti ko`rinadi. Pirovard mahsulot deb ishlab chiqarishdan tashqaridagi iste’mol va jamg`armadagi mahsulotlar yig`indisiga aytiladi. Pirovard mahsulot tarkibiga kiruvchi ijtimoiy iste’mol ta’lim tarbiya, fan, sog`liqni saqlash, mudofaa, boshqaruv, sport kabi sohalardagi iste’moldan tarkib topadi. Shunday qilib, 2-kvadrantdagi ma’lumotlar milliy daromadning tarmoqlar bo`yicha moddiy tuzilishi, uning jamg`arma va iste’mol fondlariga taqsimlanishini xarakterlaydi.
3-kvadrant ko`rsatkichlari ham milliy daromadni xarakterlaydi, faqat bunda uning qiymati tarkibi, ya’ni barcha tarmoqlarda mehnatga to`langan haq va sof daromad yig`indisi sifatida qaraladi. 3-kvadrant ma’lumotlari moddiy ishlab chiqarishda zaruriy va qo`shimcha mahsulot orasidagi hamda yangidan yaratilgan va ko`chirilgan qiymatlar nisbatini tahlil qilish uchun zarurdir.
2- va 3-kvadrantlarning umumiy yig`indisi o`zaro tengdir. Barcha tarmoqlar bo`yicha (1) tenglamani jamlab quyidagini hosil qilamiz:
(3)

  1. tenglamani i bo`yicha jamlasak

(4)

  1. va (4) tengliklarning chap qismida bir xil kattalik - yalpi ijtimoiy mahsulot X hosil bo`ladi. Tengliklarning ung qismidagi 1- qo`shiluvchilar ham bir xil, ya’ni 1-kvadrantning jamiga tengdir. Demak, tengliklarning qolgan qismlari ham tengdir:

(5)
(5) tenglikning chap qismida 3-kvadrantning jamlanmasi, ung qismida esa 2-kvadrant jamlanmasi hosil bo`ldi, ya’ni milliy daromadning moddiy-mahsulot va qiymat tarkiblari bir xil bo`lishi ko`rindi.
4 kvadrant TAB ning pirovard mahsulotlar ustuni va daromadlar satrining kesishgan joyida bo`lib, bu yerda milliy daromadning qayta taqsimlanishi va foydalanishi o`z aksini topadi. Dastlab yaratilgan milliy daromadning qayta taqsimlanishi oqibatida aholining korxonalarning va davlatning pirovard daromadlari yuzaga keladi. 4-qism ma’lumotlari tarmoqlararo modellarda aholining daromad va chiqimlarini ko`rsatishda muhim rol o`ynaydi. Shunday qilib, TAB yagona iqtisodiy-matematik model tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari balansi, yalpi mahsulot balansi, milliy daromad balansi hamda aholining daromad va xarajatlari balanslarini birlashtiradi.
Tarmoqlar orasidagi texnologik bog`lanishlar bevosita (to`g`ri) moddiy xarajatlar koeffitsiyentlari (aij) bilan o`lchanadi.
(6)
Bu koeffitsiyent j- tarmoqning bir birlik mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositasi sifatida i-tarmoqning qancha birlik mahsuloti sarflanishini ko`rsatadi. Bevosita moddiy xarajatlar koeffitsiyentlari kvadrat matritsa xosil qiladi:


  1. tenglikdan quyidagini hosil qilamiz:

(6’)
Bu ifodani (2) tenglikda o`rniga qo`ysak:
(7)
TAB asosiy modelining shaklini o`zgartirish yordamida yana bir necha iqtisodiy ko`rsatkichlarni, jumladan, bevosita va to`la mehnat xarajatlari koeffitsiyentlarini ham aniqlash mumkin. Bu holatda tabiiy (natural) o`lchovdagi mahsulotlararo balansga asoslanamiz. Balans satrlarida har bir mahsulotning boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga va pirovard iste’molga taqsimlanishi hamda barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga jonli mehnat sarflanish taqsimoti ko`rinadi. (Mehnat sarflari bir xil murakkablikda deb olinadi).
j - j-mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan jonli mehnat xarajatlari,
Xj - j-mahsulotni ishlab chiqarish hajmi bo`lsin.
U holda - j-mahsulotning bir-birligini ishlab chiqarishdagi bevosita mehnat xarajatlarini ko`rsatadi. To`la mehnat xarajatlari tushunchasi bevosita jonli mehnat xarajatlari bilan moddiylashgan mehnat xarajatlari yig`indisi sifatida qaraladi va quyidagicha hosil bo`ladi:

Bu shaklda har bir j- mahsulot uchun:
Tj - j-birlik mahsulotga sarflangan to`la mehnat xarajatlari koeffitsiyenti;
tj - birlik mahsulotga sarflangan bevosita jonli mehnat xarajatlari koeffitsiyenti;
aijTi - i- ishlab chiqarish vositasi yordamida j-mahsulotga kuchirilgan moddiylashgan mehnat xarajatlari.
(10)
Bu tenglamadan zarur almashtirishlar yordamida quyidagi tenglamani olish mumkin:
,
bu yerda bij - to`la xarajatlar koeffitsiyentlaridir. Demak, har qanday j-mahsulot uchun to`la mehnat xarajatlari miqdori barcha xildagi mahsulotlar turlariga sarflangan bevosita mehnat xarajatlarining solishtirma yig`indisi sifatida aniqlanishi mumkin.
To`la mehnat xarajatlari ko`rsatkichlari har bir mahsulot turi bo`yicha bir-birlik mahsulotga sarflangan haqiqiy ijtimoiy mehnat xarajatlarini akslantiradi.

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling