Tarmoqlarini loyixalash


Download 114.59 Kb.
bet4/5
Sana08.04.2023
Hajmi114.59 Kb.
#1341165
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Tik zovur xisobi.
Vertikal drenaj xisobining bir necha turlari mavjud. Buning uchun quyidagi ma’lumotlar zarur:
1)Er yuzasidan quduqning chuqurligi. 2)Filtratsiya koeffitsiyenti ,Kf.
Quduq diametri, dk
Suv to’sar qatlam joylashish chuqurligi. 5)Sizot suvlari satxi.
6)Infiltratsiya suvlarining o’rtacha yillik miqdori, R. 7)Bir yilda vertikal drenajning ishlash davomiyligi.
8)Zax qochirish normasi. Aniqlanadi:
1)Xar xil pasayishda quduqning ta’sir radiusi, Rs. 2)Drenaj moduli va quduq debiti.
3)Quduqning samarali ta’sir radiusiRsam. 4)1 ta quduqning ta’sir maydoni.


Quduq debiti shu quduq joylashgan xudud to’progi Kf siga bogliq. Ekspluatatsiya paytida chiqarib tashlanadigan suv miqdori suv muvozanati kirim va chiqim qismi farqiga qarab belgilanadi.
Pasayish chuqurligi ortishi uchun quvvatli nasos o’rnatish talab qilinadi. SHuning uchun xam vertikal drenajni loyixalashda iqtisodiy qulay sizot suvlari pasayish chuqurligi va dk o’rnatilishi lozim.
Buning uchun Ci + EH ( Ki = min bo’lishi kerak. Bu yerda Ci - maxsulot tannarxi
EH - 0,15.me’yoriy koeffitsiyent Ki - kapital qo’yilmalar, so’m/ga.
Agarda vertikal drenaj bir paytda sugorish uchun xam ishlatilsa, xarajatlar tez qoplanadi.
Tik zovurning rejada joylashishi.
Vertikal drenajni rejada joylashtirishning 3 xil sxemasi mavjud bo’lib,ular ixtiyoriy, chiziqli, bir tekis joylashishi mumkin.
variant. Qachonki suvli qatlamning turlicha to’yinishiga mos ravishda Q, S va R xar xil bo’lgan xolda.
variant. Bunda quduqlar 1 yoki 2 qator qilib massiv atrofida joylashtirib chiqiladi. Bu variant xududlarni chetdan oqib keluvchi sizot suvlari kelishidan ximoya vositasida ishlatiladi.
variant. Ma’lum maydondagi sizot suvlar satxini bir tekisda pasaytirish uchun ishlatiladi.
U yoki bu variantni tanlash quyidagi faktorlarga bogliq:
Quduqning vazifasiga.
Gidrogeologik va meliorativ sharoitlarga.
Iqtisodiy sharoitlarga.
Quduq konstruktsiyasiga.
Kerakli surib chiqarish rejimiga.
Rostlovchi sigimning bor yoki yo’qligiga.
Chiziqli joylashtirishda quduqlar soni quyidagicha aniqlanadi:

N L
2R

, dona (2.18)



Bir tekis joylashtirishda esa:





N
R

2

сам
; dona (2.19)

Vertikal drenaj ishlatilganda uni boshqarishni avtomatlashtirish va dispetcherlik xizmatini qo’llash imkoniyati paydo bo’ladi.

Suv qabul qilgichlarning turlari va ularga qo’yiladigan talablar

Magistral (asosiy) kollektorlarga tushgan suvlar daryolarga, ko‘llarga yoki tabiiy pastliklarga oqiziladi. Shuning uchun daryolar, ko‘llar va pastliklar suv qabul qilgichlar hisoblanadi. Masalan, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Sirdaryo viloyati- ning sug‘oriladigan yerlaridagi kollektor-zovur tarmoqlari suvlari magistral kollektorlar orqali Sirdaryoga, Jizzax vilo- yatining zax suvlari Arnasoy ko‘liga, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlarining zax suvlari Zarafshon daryosi o‘zaniga, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining zax suvlari esa Amudaryoga, Qarshi cho‘lining zax suvlari Sandiqli ko‘lga, Xorazm viloyati zax suvlarining bir qismi Sariqamish


ko‘liga oqiziladi.
Suv qabul qilgichlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- Suv qabul qilgich havzasi har doim magistral kollektordan chuqurda joylashgan bo‘lishi, ya’ni kollektorda oqayotgan suv to‘siqsiz suv qabul qilgichga oqishi zarur.
- Sug‘oriladigan maydonlardan to‘plangan zax suvlari uzluk- siz ravishda mavsum va yillar davomida suv qabul qilgichga oqishi ta’minlanishi kerak. - Suv qabul qilgichlar toshqin yoki qirg‘oqlarning yemirili- shi natijasida, loyqa va boshqa cho‘kindilar bilan to‘lib oqib kelayotgan suvlarning tezligiga va hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak .
- Suv qabul qilgichlarning o‘zanlari va qirg‘oqlari mustah- kam bo‘lishi kerak.
Daryo o‘zanlirini rostlash yo‘li bilan ham suv qabul qilgich- lar faoliyatini oshirish mumkin.
O‘zanlarni rostlash. Daryo o‘zanlari qanchalik o‘zgaruvchan bo‘lsa, u shunchalik ko‘p zarar keltiradi. Masalan, daryoning toshqin paytida o‘zani kengayib, atrofdagi ekin maydonlarini, yo‘l va gidrotexnik inshootlarni (nasos stansiyalar, suv olish, suv tushirish) yuvib ketadi.
Suv oqimi bilan o‘zanni bir-biriga moslashtirish tadbirlari o‘zanni rostlash deyiladi.
O‘zanlarni rostlashda 3 xil tadbir o‘tkaziladi:
- Oqimning yo‘naltirish dambalarini barpo qilish.
- O‘zanning suv o‘tkazish qobiliyatini oshirish.
- O‘zanning suv sarfini kamaytirish.
Oqim yo‘naltirish dambalari keng sohilli daryolarda qo‘lla- nilib, dambalar bo‘ylama va ko‘ndalang holda o‘rnatiladi



Download 114.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling