Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)


Download 330.67 Kb.
bet2/5
Sana23.02.2023
Hajmi330.67 Kb.
#1224117
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-ma\'ruza KT

SNMP protokoli
SNMP konsepsiyasining asosiy maqsadini quyidagilar tashkil etadi:
- uncha qimmat boʻlmagan agent boshqarish dasturiy taʻminotini saqlash
- internet resurslaridan foydalanishda toʻla darajada masofadan boshqarishning funksiyalarini qoʻllab-quvvatlash.
- SNMP arxitekturalari xususiyatlarini kengaytirish.
- SNMP arxitekturalarini oʻziga xos host-mashina va shlyuz turiga bogʻliq boʻlmagan holda saqlash.
SNMP protokoli agent bilan menejer o‘rtasida axborot uzatish
uchun ancha ishonchli TSR protokolining o‘rniga xabarlarni
yetkazishda ishonchliligi kam bo’lgan, biroq boshqariluvchi
qurilmani kam yuklovchi UDP deytogrammali transport protokolini ishlatadi.
SNMP protokolini loyihalashtirish AQShning bir nechta universitetlari va laboratoriyalarida ilmiy tadqiqot ishlaridan boshlandi. SNMP protokolining birinchi dasturiy maxsuloti 1988 yilning oxirida bir nechta internetni (Cisco, Advanced Computer Corporation va Proteon) takomillashtiruvchi firmalarda tayorlandi. Shundan buyon deyarli hamma internet mahsulini yetkazib beruvchilar takomillashdi va SNMP mahsulotlarini sota boshladi.
Protokol arxitekturasi oldin qoʻllanilgan, 1987 yilda yaratilgan shlyuzlarni boshqarishning sodda protokoli (SGMP) bilan bogʻlangan. SGMP SNMP uchun asos boʻlib xizmat qilsada, u faqat shlyuzlarni nazorat qilish uchun moʻljallangan.
SNMP protokolining administrativ aloqasi 3-rasmda tasvirlangan. SNMP arxitekturasida bir qator atamalardan foydalaniladi. Tarmoqni boshqarish markazida joylashgan obyektlar va tarmoq elementlari SNMP protokolidan foydalanib bir biri bilan aloqa qiladi. Bu obyektlar SNMP ilovalari obyektlari deyiladi (SNMP application entities).
3-rasm. SNMP protokoli administrativ aloqasi
Boshqarish tizimining tarkibi. Odatda menejer bir nechta agentlar bilan muloqotda bolib, alohida kompyuterda ishlaydi. Agentlar boshqariluvchi qurilmaga joylashtirilishi mumkin va boshqariladigan obyekt bilan bogiangan alohida kompyuterda ishlashi ham mumkin. Obyektdan talab etilgan axborotni olish uchun va shuningdek uni boshqarish uchun boshqarish ta’sirini berishga agent u bilan muloqot
qilish imkoniyatiga ega bolishi kerak. Biroq boshqariladigan obyektning turli-tuman bolganligi sababli obyekt bilan agentning muloqot usulini standartlashtirib bo‘lmaydi. Bu masala agentni kommunikatsiya qurilmasiga yoki operatsion tizimiga joylashtirish vaqtida loyihalashtiruvchi tomonidan hal qilinadi.
“Menejer - agent - boshqariluvchi obyekt” sxemasi tashkiliy
jihatidan yetarli darajada murakkab bolgan taqsimlangan boshqarish tizimini qurishga imkon beradi
2-rasm. Boshqarish tizimining tarkiblari.

Download 330.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling