Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, nms)


Domen – Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri)


Download 330.67 Kb.
bet4/5
Sana23.02.2023
Hajmi330.67 Kb.
#1224117
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-ma\'ruza KT

Domen Domain Name Server (DNS – domen nomlari serveri) deb ataluvchi kompyuterlar domen nomlarini sonli manzillarga aylantirib beradi. Bu bir qancha belgilar boʻyicha birlashtirilgan kompyuterlar guruhidir. Domen tizimi ierarxik strukturaga ega: yuqori (birinchi) daraja domenlari; ikkinchi daraja domenlari; uchinchi daraja domenlari.
Internetdagi biror resursga ulanish kerak bo`lganda, bu resurs joylashgan manzil xaqiqiy IP manzilga aylantirilishi kerak bo`ladi. Bunda sizning kompʻuteringiz avval sizga xizmat ko`rsatuvchi internet provayderining mahalliy domen nomlari serveriga murojaat qiladi. Agar bu resurs sizning kompyuteringiz joylashgan tarmoqda bo`lsa, resursning IP manzili shu serverdan topiladi va topilgan manzil sizning kompyuteringizga jo`natiladi. Sizning kompyuteringiz xaqiqiy IP manzilni olgach, bu manzilga murojaat qiladi va kerakli ma`lumotlarni oladi.
Agar so`ralgan resurs mahalliy tarmoqqa tegishli bo`lmasa, domen nomlarining mahalliy serveri bu manzilni topa olmaydi. Bu holda mahalliy server internetga murojaat qiladi va domen nomlari serverlarining eng asosiysi InterNIC ga murojaat qiladi. InterNIC qidirilayotgan resurs nomi qaysi domen nomlari serverida saqlanishini aniqlab, bu server manzilini sizning serveringizga jo`natadi.
DNS server
Domain Name System - yani "Domen nomlari tizimi" DNS serverlari tushunchasi ostida ishlaydi. DNS serverlar vazifasi ko'plab serverlar ip (Internet Protocol) manzillarini saqlash va talab etilgan vaqtda tezkorlik bilan ushbu manzilni taqdim etish. Dunyodagi mavjud barcha local serverlarning ham internetga ulangan web serverlarning ham takrorlanmas ip manzili bor. Masalan infomir.uz web saytining web serveridagi sahifalar va boshqa fayllarni olish uchun browserda https://infomir.uz/ terganimizda DNS server bizni 87.236.16.215 ip manziliga yo'naltiradi. Browser dasturida so'ralagan sayt domen nomi va serverga yuborilgan so'rov o'rtasida DNS server ushbu domen nomi qaysi server ip manziliga bog'langanini aniqlaydi va web hosting serveriga kerakli fayllar so'rovini yuboradi. Aslida biz ham infomir.uz domen nomi o'rniga 87.236.16.215 ip manzilini terib ulanishimiz mumkin ammo ushbu serverda boshqa saytlar va bizga tegishli bo'lmagan fayllar mavjudligi sababli, server bizga barcha fayllarni ko'rishga ruhsat bermaydi va natijada biz umuman biriktirilmagan domen yoki HTTP 406 - hatosi bilan javob olamiz. 

Download 330.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling